20 tema. Zarafshon ekonomikalıq rayonı qalaları


Samarqand viloyati shaharlarining shakllanish xususiyatlari



Download 109,5 Kb.
bet4/4
Sana23.11.2022
Hajmi109,5 Kb.
#870978
1   2   3   4
Bog'liq
20 tema qalalr geo

Samarqand viloyati shaharlarining shakllanish xususiyatlari
Samarqand viloyati Ózbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysining o‘rta qismida qadimgi karvon yo‘llari (Buyuk Ipak yo‘li) kesishgan hududda joylashgan. Mintaqa sharq va g‘arb mamlakatlari bilan savdo iqtisodiy munosabatlami olib borishda katta mavqega ega qadimiy sivilizatsiyaning asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Hozirda ham bu hududdan mahalliy va xalqaro avtomobil hamda temir yullaming o‘tganligi mintaqa shaharlar geografiyasining shakllanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Biroq, viloyat tabiiy sharoitining turlicha ekanligi va tabiiy resurslarining notekis taqsimlanganligi, orografik hamda boshqa to‘siqlaming mavjudligi aholi manzilgohlami qulay geografik o‘ringa ega bolgan Zarafshon vodiysida joylashishiga zamin yaratgan.
Mamlakat geourbanistik tizimida mintaqa shaharlar to‘ri va tizimi zichligi, funksional xususiyati, sanoat tarmoqlarining diversifikatsiyasi bilan yuqori pog‘onada turadi. Jumladan, 1970-yilgi aholi ro‘yxati davrida mintaqada 13ta shahar manzilgohlari, shu jumladan 3 shahar va l0ta shaharchalar ro‘yxatga olingan bo‘lsa, (1959-yilda 3 va 6ta;), 2008-yilda llta shahaf'12ta shaharcha hamda 2017-yilda 1 Ita shahar 88ta shaharcha qayd etilgan. Viloyat shaharlar to‘ri va tizimi bu yerda rayon hosil qiluvchi tarmoqlaming xususan, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining keng taraqqiy etganligida o‘z ifodasini topadi.
“Qadimgi Sharq jannati” - Samarqand (eramizgacha IV asr) Zarafshon daryosi chap sohilida joylashgan, dunyodagi eng ko‘hna shaharlardan biridir. Hozirda ham Samarqand shahri n^faqat 0 ‘zbekiston, balki Órta Osiyodagi eng yirik sanoat, ilm-fan va madaniyat markazidir. Ushbu shahar o‘zining yuksak ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyatiga asoslangan holda respublikadagi yirik Samarqand aglomeratsiyasini shakllantiradi.
Samarqandning ko‘p asrlik tarixi davomida vayronaga aylantirilishi, yangidan qayta tiklanishi, gurkirab o‘sishi va rivojlanishiga uning qulay iqtisodiy geografik o‘rni katta ta’sir ko‘rsatgan. Viloyat markazida azaldan fan, madaniyat, savdo va hunarmandchilik rivoj topgan. Ko'hna Rim va Bobilga tengdosh mazkur shahaming mavqeyini ayrim tarixchi va yozuvchilar “Sharq Rimi”, “Jahonning qimmatbaho gavhari”, “Boqiy shahar”, “Sayqali ro‘yi zamin”nomlari bilan ta’riflashgan. Samarqand XIV-XV asrlarda nafaqat Órta Osiyo balki, butun sharqda Buyuk Temur imperiyasining siyosiy-ma’muriy, iqtisodiy va madaniy poytaxti sanalgan.
XIX asrga kelib Ózbekiston hududidan Farob (Turkmaniston) Samarqand, Toshkent-Turkmanboshi, Toshkent-Dushanbe, Samarqand-Qarshi, Toshkent-Uchquduq-Qo‘ng‘irot temir yo'llarining o‘tishi uning transport geografik o‘mini yanada kuchaytirdi. Shahar 1938-yildan buyon viloyat markazi funksiyasini bajaradi.
Dastlabki aholi ro'yxati ma’lumotlariga ko‘ra 1959-yilda shaharda eng ko‘p 196,4 ming, 1970-yilda 266.8 ming aholi yashagan bo‘lsa, 1990-yilda 364 ming, 2009-yilda 372.7 ming, hozirgi kunga kelib jami 496.1 mingga yetdi va mintaqa shaharliklarining ulushi 38 foizdan ortib ketdi (2-ilova). Zamonaviy Samarqand hozirda respublikaning birinchi darajali turizm va haqiqiy muzey shahri sanaladi. Samarqandning me’moriy tarixiy yodgorliklari 2001-yilda YUNESKOning Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida Jahon meresi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Amerikaning nufzli “Xafington post” internet nashri Samarqandni inson o‘z umri davomida hech bo‘lmaganda bir marta borib ko‘rishi albatta zamr bo‘lgan dunyodagi 50ta shahaming biri sifatida e’tirof etdi va mazkur shaharlar ro‘yxatiga kiritdi.
Samarqand aholi soniga ko‘ra, respublikamizning an’anaviy “ikkinchi shahri”, va uning dastlabki poytaxti hisoblanadi. Viloyat marffezi hissasiga Ózbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining 2.6 foizi to‘g‘ri keladi. Unda Zarafshon iqtisodiy rayonining 20.8 foiz aholisi istiqomat qilg|ni holda, 45.3 foiz sanoat mahsuloti yaratiladi.
Shahar iqtisodiyoti, eng avvallo mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, engil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining ustuvor rivojlanganligi bilan belgilanadi. 1930-yillardayoq pillakashlik va shoyi to‘qish fabrikalari, meva konserva zavodi, choy qadoqlashfabrikasi qurilgan. 1940-70-yillarga kelib, Samarqandda “Krasniy dvigatel”, “Kinap”, tamaki-fermentatsiya zavodlari, yigiruv fabrikasi, superfosfat zavodi, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari, uysozlik kombinati, chinni zavodi va b. korxonalar ishga tushirilgan. Shahaming yuksak ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va infrastruktura salohiyati bu yerda ko‘plab qo‘shma korxonalaming vujudga kelishi bilan izohlanadi. Hozirda shaharda lift, avtomobil, sovutgich, shisha-chinni idishlar, kimyo, konserva, vino zavodlari, ipak gazlama, tamaki, choy qadoqlash fabrikalari faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunda ishlab chirqarish mujassamlashuv darajasi yuqori ko‘plab korxonalar shahaming umumiy iqtisodiy geografik holatini belgilaydi. Jumladan, “Samavto” avtomobil zavodida besh xil rusumdagi avtobuslar, 8 turdagi yuk avtomobillar, 35 xil kuzovlar ishlab chiqarmoqda.
Iqtisodiy, madaniy, turistik, ilm-fan salohiyatiga ega bo‘ lgan yirik shahaming rayon hosil qiluvchi muhim xususiyati asosida yirik Samarqand aglomeratsiyasi shakllangan. Shahar tizimining “tabiiy to‘siqlarsiz” tog‘oldi va tekisliklar bo‘ylab yoyilishi ko‘plab “yo‘ldosh” shahar manzilgohlarining vujudga keltirgan. Hozirda Urgut, Jomboy, Bulung'ur, Xishrav, Kimyogarlar, Farhod, Juma, Loish, Chelak, Dahbet, Charxin, Gulobod singarj eng ko‘p manzilgohlami o‘z ichiga olgan mazkur agloaieratsiyada 600 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Viloyat markazidan 44 km janubi-g‘arbda Zarafshon tizma tog‘ining shimoliy yon bag‘rida-eng qadimiy va yo'ldosh shaharlardan biri Urgut shahri qad rostladi (1973-y.). Shahar “Bobumoma”da Arkat qish!og‘i sifatida tilga olingan. Keyinchalik bu so‘z o‘zgarib “Urkent”, Ur-balandlik, kent-shahar yoki balandlikdagi shahar ma’nosini anglatadi. Demak, Urgut oykonimi vujudga kelishiga uning geografik o‘mi muhim asos bo‘lgan.
Shahaming shakllanishida rivojlangan qishloq xo'jalik rlyonida ekanligi, aglomeratsiya “yadro”siga yaqinligi, yirik transport tugunida joylashganligi muhim rol o‘ynadi.
Jomboy shahrida faoliyat yuritayotgan iqtisodiyotimizning lokomotivi bo‘lgan Germaniyaning “MAN Avto” kompaniyasi yiliga 4600ga yaqin yuk avtomobili va 1350dan ortiq pritsep (tirkama)lar ishlab chiqarmoqda.
Juma shahrining shakllanishi transport (temir yo‘l stansiyasi) infratuzilmasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Shahar janubidan Toshkent-Buxoro avtomobil yo‘li o‘tganligi, “bosh shahardan” atigi 25 km shimoli-g‘arbda joylashganligi uning iqtisodiy rivojlanish imkoniyatini yaxshiladi. Jumladan, paxta tozalash, remont-mexanika zavodlari, 2ta MTP, avtomobil-avtobus parklari, yirik don bazasi bor. Shahar hozirgi kunda Pastdarg‘om tumanining ma’muriy markazi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Mintaqaning birinchi va ikkinchi shaharlari orasidagi masofa, tabiiy sharoiti, tarixiy rivojlanishi va rayon hosil qilish qudrati bois viloyatda Samarqand hamda ichki cho‘l va tog‘ oldi hududlarini egallagan Kattaqo‘rg‘on guruh rayonlari ajratiladi.
Savol va topshiriqlar
1.Zarafshon mintaqasi shahar manzilgohlarini retrospektiv tahlil qiling.
2.Cho‘l va voha sharoitida rivojlanayotgan shaharlarni o'zaro qiyoslang. 3.Samarqand va Kattaqo‘rǵon guruh rayonlari shaharlari rivojlanishidagi hududiy tafovutlarni aniqlang.
4.Iqtisodiy rayonning ko'p funksfyali va bir funksiyali shaharlariga izoh bering.
Soraw hám tapsırmalar
1. Zarafshon regioni Qala mákan-jayların retrospektiv analiz etiń.
2. Shól hám oazis sharayatında rawajlanıp atırǵan Qalalardı óz-ara salıstırıwlang.
Download 109,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish