20-mavzu: Huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatning xalqaro obro’si yuksalishidagi roli



Download 114 Kb.
bet1/5
Sana09.07.2022
Hajmi114 Kb.
#760549
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 20 mavzu Huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo


20-mavzu: Huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatning xalqaro obro’si yuksalishidagi roli


Rеja



  1. Davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari.

  2. Adolatga intilish - xalqimiz ma’naviy - ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat.

  3. O‘zbekiston ijtimoiy siyosatidagi barqaror o‘zgarishlar.



Davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari
Oʼzbekistonda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash uzluksiz taʼlim tizimining mustaqil bosqichi hisoblanadi. Yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi muhim oʼrin egallaydi.
Oʼzbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan soʼng yurist kadrlarga boʼlgan ehtiyoj yanada ortib, zamonaviy yurist kadrlarga qoʼyiladigan talab ham oʼzgardi. Istiqlolning dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek murakkab jarayonlarning huquqiy jihatlarini taʼminlab berishga qodir boʼlgan mutaxassislar kerak edi.
Shu sababli Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 19 yanvardagi “Oʼzbekiston Respublikasi adliya organlari va sudlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʼgʼrisida”gi 18-sonli qarori bilan adliya xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari negizida Sud va adliya organlari xodimlari malakasini oshirish instituti tashkil qilindi. Davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning yuqori malakali kadrlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish, zamonaviy bilimlar asosida huquqshunos xodimlarning kasbiy tayyorgarligini hamda ularni qayta tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek, huquqshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar saviyasini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʼrganish ishini yaxshilash haqida”gi PF-1791-sonli Farmoni asosida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi 364-sonli qarori bilan Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tashkil etildi.
Markazning asosiy vazifasi sud, adliya, advokatura idoralarining vakillari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yuridik xizmatlarining xodimlarini qayta tayyorlashdan iborat etib belgilan. Markazda bir yilda oʼrtacha 500-800 yurist oʼqitilgan boʼlsa, soʼnggi yillarda bu koʼrsatkich 3000 dan ortgan. Bugungi kunda Markaz yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida yetakchi taʼlim muassasasi hisoblanadi. Markazda yuridik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tizimli va yuqori saviyada olib borilishi yoʼlga qoʼyilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 iyuldagi 212-son qarori bilan Yuristlar malakasini oshirish markazining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlangan edi. Ushbu hujjat Markazning vakolatlari hamda vazifalarini davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda aniqlashtirib berdi.
Markazda ushbu qaror asosida 5 ta kafedra: Fuqarolik-huquqiy fanlar, Jinoiy-huquqiy fanlar, Davlat-huquqiy fanlar, Xalqaro huquq va inson huquqlari, Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari hamda 5 ta boʼlim: Oʼquv-uslubiyot boʼlimi, Xalqaro aloqalar boʼlimi, Axborot-kompyuter boʼlimi, Nashriyot boʼlimi va Xoʼjalik boʼlimlari faoliyat yuritgan.
Kafedralarda yuqori malakali huquqshunoslar hamda sud, prokuratura hamda adliya organlarida faoliyat yuritgan, katta amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan yuqori salohiyatli professor-oʼqituvchilar faoliyat olib borgan.
Markazda oʼquv jarayonini yanada yuqori saviyada oʼtkazilishida mamlakatimizning Adliya vazirligi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Respublika sud ekspertizasi markazi, Advokatlar palatasi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelingan. 
Markazda 1997-2019 yillar davomida 30 mingdan ortiq tinglovchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʼqitilgan: 2000 yillarda har bir oʼquv yilida oʼrtacha 600-800 nafargacha tinglovchilar malaka oshirgan boʼlsa, 2017-2018 hamda 2018-2019 oʼquv yillariga kelib, bu koʼrsatkich yiliga 3000 nafar tinglovchini tashkil etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyunda “Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisidagi” 531-sonli qarori qabul qilingan. Shu asosda Markaz Ustavi ham qabul qilingan.
Mazkur Ustav Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining (keyingi oʼrinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, maqsadi, vazifalari va faoliyati asosiy yoʼnalishlarini, huquq va majburiyatlarini, oʼquv jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Markaz adliya organlari hamda advokatura xodimlarini, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlarini (yuristkonsultlar) qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat taʼlim muassasasidir.
Markazda hozirgi kunda 6 ta kafedra: Davlat va jamiyat qurilishi kafedrasi, Fuqaroviy-huquqiy fanlari kafedrasi, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi, Jinoyat-huquqiy fanlari kafedrasi, Qonunchilik texnikasi va korruptsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi, Ijtimoiy fanlar va psixologiya, yuridik etika kafedralari faoliyat yuritadi.
Kafedralarda yuqori malakali, salohiyatli katta amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan huquqshunos professor-oʼqituvchilar faoliyat olib borishadi.
Markazda Fan, innovatsiya va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, Oʼquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʼlimi, Taʼlim sifatini uslubiy taʼminlash, monitoring qilish va baholash, Buyurtmalar portfeli va marketingni shakllantirish boʼlimlari faoliyat yuritishadi.
Bundan tashqari Markaz tarkibiy tuzilmasiga Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va masofadan oʼqitishni tashkil etish, Xalqaro hamkorlik, Tahririy-nashriyot, Maʼmuriy xoʼjalik, buxgalteriya, Axborot-resurs markazi, kadrlar boʼyicha katta inspektor kabi boʼlimlar kiradi.
Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019 yil 31 yanvardagi 54-mh-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Mediatorlarni tayyorlash dasturi”ga muvofiq 2019-2020-oʼquv yilidan boshlab Markazda professional mediatorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.
Mediatorlar guruhi tinglovchilariga malakali professor-oʼqituvchilar xorijiy mamlakatlarning mediatsiya institutlari mutaxassislari tajribalaridan foydalangan holda, tinglovchilar guruhiga oʼz bilimlarini yetkazishadi.



Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish