20-ma`ruza.
Kon korxonalari
REJA:
Yer osti usulda qazib olish korxonalari
Ochiq usulda qazib olish korxonalari
Foydali qazilmalar deb tabiiy yer qa`rida hosil bo’lgan mineral moddalarga aytiladi. Foydali qazilmalar organik yoki noorganik hosil bo’lgan bo’lib va insoniyat tomonidan qazib olinganda iqtisodiy foyda beruvchi moddalarga aytiladi.
Foydali qazilma qazib olish deyilganda ularni yer qa`ri yoki gidrosferadan qazib olish tushuniladi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ma`lum bir vaqt oralig’ida qazib olingan foydali qazilma miqdori tushuniladi ya`ni m3/soat, tabiatda foydali qazilma qattiq, suyuq va gazsimon holda uchraydi.
Foydali qazilmalarni qazib olishni bir nechta usullari bor; yer osti, ochiq yoki (yer usti), aralash ochiq va yer osti (kombinasiyali), geotexnologik va skvajinali. Foydali qazilmani qazib olishni kon korxonalari amalga oshirishadi.
Kon korxona - bu mustaqil foydali qazilmani razvedka, qazib olish va boyitish ishlarini amalga oshiruvchi yagona kon korxonasidir.
Qazish va birlamchi boyitish ishlarini amalga oshiruvchi kon korxonasi kon qazish korxonasi deyiladi. Quyidagi kon korxonalari faoliyat yuritadi: shaxta, rudnik, karer (razrez), priisk, promisel.
Shaxta–bu foydali qazilmani yer osti usulida qazib oluvchi kon korxonasidir.
Rudnik - bu rudani, kon- kimyoviy va qurilish materiallari yer osti usulida qazib oluvchi kon korxonasidir, bu tushuncha bilan bir nechta shaxta (karer) larni ham nomlanadi.
Karer–bu ochiq usulda qazib olish bu bo`lib foydali qazilmani yer osti usulida foydali qazilmani. Razrez–ko`mirni ochiq usulda qazib olish kon korxonasi.
Priisk–bu foydali qazilmani sochma qimmatbaho metallarning qazib oluvchi kon korxonasidir.
Promisel–bu suyuq va gazsimon foydali qazilmani qazib olish kon korxonasidir.
rasm. Ochiq kon qazish ishlari sxemasi:
1 - Ekskavator; 2 - avtosamosval; 3 - bulldozer; 4 - burg`ulash uskunasi; 5 - ish olib borilayotgan gorizont; 6 - portlatlatilgan kon massasi; 7 - foydali qazilma yotqizig`i; 8 - skvajinalar; 9 - chiqish transheyalari; 10 - puch tog` jinslar ag`darmasi
Kon lahimlari yeg`indisi va binolarning texnik joylashishi ko`mir qazib olish ishlarini amalga oshirish mustaqil bir birlikni shaxta deb yuritiladi. Ruda qazib olish kon korxonaga rudnik deb ataladi.
Tog’ jinslarining fizik, mexanik xususiyatlari har- xilligi bilan farq qiladi. Bu xususiyatlar ichida kon ishlariga katta ta’sir etuvchi omillar tog’ jinslarining tuzilishi qatlamliligi chidamliligi, mahkamligi, qayishqoqligi, bukuluvchanligi, qattiqligi, plastikligi, buzuluvchanligi va boshqalar. Tog’ jinsining qattiq, plastik, sochiluvchan va cho’kmaydiganlarga bo’linadi. Qattiq tog’ jinslari mineral zarrachalari bir-biriga molekullyar qo’vishqoqligi va ishqalanish kuchi bilan yopishgan bo’ladi. Tog’ jinsining mexanik xususiyatlari shu fo’rmula orqali aniqlanadi:
bunda siljish maydonidagi zarrachaga tegib turuvchi zo’riqish,
Do'stlaringiz bilan baham: |