4.Investor terminini izohlang Doimiy ravishda pul olib turish uchun siz o'z biznesingizni tashkil qilishingiz yoki kompaniyada ishlashingiz mumkin. Hamma narsaga qo'shimcha ravishda, daromad olishning muqobil usuli ham mavjud. Uning nomi bor - investitsiya. Ushbu turdagi faoliyat bilan shug'ullanadigan kishi o'z mablag'larini qimmatli qog'ozlarga, ko'chmas mulkka mablag 'kiritadi yoki shaxsiy bank hisob raqamlarini ochadi va shu bilan o'z kapitalini ko'paytiradi. 3)Chiziqcha bilan yozish imlosi Juft so‘z va takror so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi:el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, 1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;2) juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-otdi, borasan-qo‘yasan,Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-aTartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7-sinf, 5-“A”
4)Sohaga oid matn tuzish.. Haqiqatan ham, raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish salohiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston 2000-yillarning boshlaridanoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish va raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat bera boshladi. Jumladan, “2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi”, “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” va “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
24-bilet
Atama nima? 1)Atama- lotincha chegara ma’nosini bildirib anglatib, turli sohalarda, aniq tushunchani ifodalash uchun qo`laniladigan so`zga aytiladi. Atamalarning o`zgarishi til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham qimmatli manbaa hisoblanadi. Atama-ma’lum fan yoki hunar sohasiga oid Tushunchalarni qayd qilish, saqlash va bu sohada to’plangan bilim, tajriba, texnik mahorat va malakani boshqalarga berish vositasidir. Atama ifoda etilayotgan tushunchani o’zida to’la mujassamlashtirishi kerak.. Atamalar adabiy tilning bir tarmog’i bo’lib, Uning ichki qonuniyatlariga bo’ysunadi. Asossiz tanlangan atama davr o’tishi bilan iаfodalangan tushuncha mazmuniga mos kelmasa, iste’moldan chiqadi va uning o’rniga yangi atama yaratiladi yoxud uning ma’qul sinonimi o’rnini egallaydi. Atama-ma’lum fan yoki hunar sohasiga oid tushunchalarni qayd qilish, saqlash va Bu sohada to’plangan bilim. Atamalarining aniqligi va qat’iylashishi mazkur millatning fani, maorifi, Madaniyati darajasini belgilaydi. Atamalar adabiy tilning bir tarmog’I bo’lib, Uning ichki qonuniyatlariga bo’ysunadi.
3)Adabiy til meyorlari haqida gapirib bering Adabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan.Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi.
4) “Men sevgan soha” mavzusida matn tuzing Raqamli iqtisod - xo’jalik yuritishning yangi zamonaviy shakli bo’lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni, masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida maxsulot yetishtirishni va uni yetkasib berishni, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |