20-bilet
Til to‘g‘risida qanday maqollarni bilasiz? Yozib, ma‘nosini izohlab bering. Odobning boshi til. Tiling bo’lsa boling kulib turat iqboling.Ochiq til osh yedirar, achchiq til tosh. Yo’l quvgan xazinaga yo’liqar, so’z quvgan baloga. So’z inson ziynati. Til yaxshisi bor etar, til yomoni xor etar Adabiy til meyorlari haqida gapirib beringAdabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan.Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi.
Lotin alifbosi haqida ma`lumot bering Lotin alifbosi — yozuv tizimidir. roman, olmon va boshqa koʻpchilik tillarning asosiy yozuvi hisoblangan hozirgi lotin alifbosi 26 harfdan iborat. Harflar har tilda har xil nomlanadi. Lotin alifbosi asosidagi yozuvdan roman, olmon, kelt va baltiy guruhlari barcha tillari, shuningdek slavyan, fin-ugor, turk, semit va eron guruhlarining ayrim tillari, alban, bask tillari, shuningdek ayrim Hindi-xitoy (vetnam tili), Myanma tillari, Zond arxipelagi va Filippin, Afrika (Saxara janubi), Amerika, Avstraliya va Okeaniya koʻpchilik tillari foydalanadilar. Lotin alifbosi Qadim Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining („lotin“ soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 9—8-asrlarda hozirgi Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat miloddan avvalgi 4—3-asrlardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qad. yodgorliklarda (miloddan avvalgi 6—4-asrlar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, miloddan avvalgi 4-asrdan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf boʻlgan, miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 -a.da W harfi, 16-asrda xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi.Hozirgi Lotin alifbosi 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi — „antikva“) va got yozuvi („fraktura“ deb ham ataladi). Ularning birinchisi, yaʼni lotin harflari eng qad. alifboga yaqin boʻlib, hozirgi amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi.Rim imperiyasi kulagach, xususan, 8-asr dan eʼtiboran Lotin alifbosi Gʻarbiy Yevropadagi koʻplab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos boʻldi. Hozirgi davrda dunyo tillarining 30—35 %i Lotin alifbosidan foydalanadi. Oʻzbekistonda ham 1929—40 yillarda shu alifbo asosidagi oʻzbek yozuvi amalda boʻlgan (qarang Yozuv, Oʻzbek lotin alifbosi). Milliy yozuv tizimlari Lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qad. Lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi.[2]
Takror so‘zlarga misollar keltiring Katta-katta, chopa-chopa, hamma-hammasi, bitta-bitta, uy-uyiga, ming-minglab, Biroq oʻzi takror soʻz boʻlmay, gapda takrorlanadigan soʻzlar ham bor. Bunda takrorlanuvchi soʻz orasiga vergul qoʻyiladi: kulib,kulib.qani,qani
Do'stlaringiz bilan baham: |