2. xojalik hisobidagi o'lchov birliklari tasnifi Hisob turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari



Download 18,9 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi18,9 Kb.
#436369
Bog'liq
2 5188155944780961130



2. xojalik hisobidagi o'lchov birliklari tasnifi


Hisob turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari

Xozirda respublikamiz hisob tizimida quyidagi o‘lchov birliklaridan foylalaniladi:


– natura o‘lchovi birligi;
– vaqt (mehnat) o‘lchov birligi;
– pul o‘lchov birligi.
Natura o‘lchov birligi tezkor hisobda, statistik hisobda, buxgalteriya hisobining analitik
hisobida keng qo‘llaniladi. Bu o‘lchov birligi bir turdagi buyumlar hisobi uchun kerak
bo‘ladi.Masalan, bolalar oyoq kiyimini, muzlatkichlar soni, gazlama metri va shu kabilar
(metr, kg,dona, juft, litr va h.k).
Pul o‘lchov birligi xo‘jalik jarayonlari (operatsiyalar) va vositalarini yagona o‘lchovda
(pulda) umumlashtirishda qo‘llaniladi, ya’ni barcha mablag‘lar qiymat o‘lchov birligida
ifodalaniladi. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchov birligi sifatida so‘m, tiyin qabul qilingan.
Vaqt (mehnat) o‘lchov birligi (oy, kun, soat, minut, sekunt) esa biror bir statistik yoki
xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va
hokazolarni aniqlashda qo‘llaniladi. Savdo korxonasida esa ma’lum bir tovar oborot 
miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi va hokazoni aniqlashda 
kerak bo‘ladi. Vaqt o‘lchov birligi xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarni olib borishda ham ahamiyatlidir. Vaqt o‘lchov birliklari natura o‘lchov birliklari bilan
birgalikda mehnat unumdorligini bildiradi.
34. hisobdor shaxslardagi mablag'larni xisobga olish
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo’jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to’lashda sodir bo’ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo’jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag’larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xo’jalik ehtig’jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog’liq. Safar xarajatiga pul berishda yo’lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug’i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.
Belgilangan me’yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o’tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o’tkaziladi.11
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’g’ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko’paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so’ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar to’g’risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova qiladi.
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo’lib, birovga berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo’yicha qarzi bo’lmagan holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan me’yordan ortiqcha qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo’shib daromad solig’iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’g’ri eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi.
50.Balans turlarini tasniflang
Buxgalteriya balansi - xo'jalik yurituvchi korxonalarda har oyning birinchi sanasida xo'jalik mablag'larining turlari va tashkil topish manbalari bo'yicha iqtisodiy guruhlashtirish hisoblanadi.
Balansning bir qancha turlari mavjud:
- joriy balans – har oy yoki chorakda tuziladi;
- yillik balans – yil yakuni bo'yicha tuziladi;
- kirish balansi – yangi tuzilgan korxona tomonidan birinchi marta tuziladigan balans;
- tugatish balansi – korxona tugatilishida tuziladigan oxirgi balansi;
- yig'ma balans – vazirlik, idora, konsernlar tomonidan alohida tuzilgan balanslarni umumlashtirish natijasida tuziladi;
- umumlashgan (konsidasiyalashgan) balans – alohida balansga ega bo'lgan, iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan bog'liq bo'lgan yuridik shaxslarning balansini bosh korxona tomonidan umumlashtirish natijasida tuziladigan balans;
- balans-brutto (ital. brutto - qo'pol) «Asosiy vositalarning eskirishi», «Nomoddiy aktivlarning amortizasiyasi», «Savdo ustamasi», va «Shubhali qarzlar bo'yicha rezervlar» kontraktiv schetlarini o'zida qamrab turuvchi balans;
- balans-netto (ital. netto - sof) yuqorida sanab o'tilgan moddalarni ayrib tashlaydi.
Download 18,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish