1. Yuzi gul, kiprigi derlar tikandur,
Ne bor andoqqi hargiz bor ekandur.
“Farhod va Shirin” dostonidan olingan ushbu parchada qanday she’riy san’atlar qoʻllangan?
A) tanosub, tarse’ B) tashbeh, tanosub C) tazod, talmeh D) talmeh, tashbeh
2. “Bir tup oʻrik. . .
Bodroq-bodroq boʻlib gullaganida
Koʻlankasi bilan doʻst tutinibdi”, degan misralar muallifini aniqlang.
A) Muhammad Yusuf B) Toʻra Sulaymon C) Mirtemir D) Asqad Muxtor
3. Aysh-u tarab gulbunigʻa suv berib,
Gʻussa niholini quritmoq kerak. Ushbu baytda qoʻllangan she’riy san’atlarni toping.
A) tanosub, tazod B) tashbeh, irsoli masal C) tanosub, talmeh D) tazod, ishtiqoq
4. Odil Yoqubov qalamiga mansub dramani aniqlang.
A) "Larza" B) "Muqaddas" C) "Qaydasan, Moriko" D) "Chin muhabbat"
5. Poʻlat nayza qor ustida yotarmi,
Temir nayzang egovlasang oʻtarmi,
Sening toʻrang nomardlardan emasdir,
Mard oʻgʻlon sevdigin tashlab ketarmi?...
Ushbu misralar qaysi doston qahramoni tilidan aytilgan?
A) "Rustam"da Rustam
B) "Kuntugʻmish"da Kuntugʻmish
C) "Alpomish"da Alpomish
D) "Ravshan"da Ravshan
6. Qaysi gʻazalda oshiq koʻzlaridan qonli yoshning toʻkilishi bahor faslida soylardagi suvlarning loyqalanib oqishiga mutanosib tasvirlangan?
A) Mashrabning “Oʻttum” radifli gʻazalida
B) Zahiriddin Boburning “Mening koʻnglumki. . .” gʻazalida
C) Ogahiyning “Navroʻz” radifli gʻazalida
D) Fuzuliyning “Mani jondan oʻsondirdi” gʻazalida
7. "Sayohatnoma" asarida Muqimiy:
Bir koʻcha ketguncha doʻkon,
Shoʻx odami, ichmay piyon,
Mast otasi bezor ekan...
misralarida qaysi joyni ta'riflagan?
A) Nursuxni B) Doʻrmanchani C) Oltiariqni D) Zohidonni
8. Qoplonbek va Oymomo Togʻay Murodning qaysi asari qahramonlari
hisoblanadi?
A) “Ot kishnagan oqshom” B) ”Otamdan qolgan dalalar”
C) “Oydinda yurgan odamlar” D) “Yulduzlar mangu yonadi”
9. Asl yigitning sifatlari
“Yigit uldir, soʻzga aylasa amal
Qoʻldan kelmas ishga aylasa jadal. . .” misralari orqali tasvirlangan she’r hamda uning muallifini aniqlang.
A) ”Oʻgut”, Furqat
B) “Ajab ermas”, Zavqiy
C) ”Tor koʻngullik beklar...”, Turdi Farogʻiy
D) “Adolat yaxshi”, Maxtumquli
10. Tashbeh haqida berilgan qaysi hukm notoʻgʻri?
A) koʻpincha tashbehning asos unsuri tushib qoladi
B) mutloq tashbehda tashbehning toʻrt unsuri qatnashishi shart
C) tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha oʻxshamish deyiladi
D) faqat oʻxshatilmish saqlangan, boshqa unsurlari tushirib qoldirilgan
tashbeh kinoya tashbeh deb yuritiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |