12. Qanoat birla qorin toʻydirurmiz,
Qanoat boʻlmasa, koʻp och boʻlursiz.
Qanoatsiz kishi bagʻrini dogʻlar,
Qanoatlik kishi ogʻzini yogʻlar.
Ushbu toʻrtlikdagi oʻzakdosh soʻzlar qaysi gap boʻlaklari vazifasida qoʻllangan?
A) ega, ega, aniqlovchi, aniqlovchi.
B) toʻldiruvchi, ega, aniqlovchi, ega.
C) toʻldiruvchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi.
D) ega, toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol.
13. Qaysi boʻlak doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bogʻlanadi?
A) oʻrin holi.
B) tushum kelishigidagi toʻldiruvchi.
C) qaratqich aniqlovchi.
D) joʻnalish kelishigidagi toʻldiruvchi.
14. Qaysi gap boʻlagi hokim boʻlakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi?
A) qaratqich aniqlovchi. B) ega.
C) aniqlovchi, ega. D) vositasiz toʻldiruvchi.
15. Otlarga qoʻshilib, ularni oʻzidan keyin kelgan boshqa soʻzlarga tobelashtirib bogʻlab keladigan qoʻshimchalar …
A) kichiraytirish qoʻshimchalari.
B) kelishik qoʻshimchalari.
C) koʻplik qoʻshimchasi.
D) egalik qoʻshimchalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |