T/r
|
Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning manzili
|
Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning nomi
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
1.
|
Nukus shahri
|
44-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
2.
|
Chimboy tumani
|
36-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
3.
|
Xo‘jayli tumani
|
15-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
4.
|
To‘rtko‘l tumani
|
18-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Andijon viloyati
|
5.
|
Andijon shahri
|
35-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
6.
|
Bo‘ston tumani
|
48-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
7.
|
Jalaquduq tumani
|
49-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
8.
|
Xo‘jaobod tumani
|
23-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Buxoro viloyati
|
9.
|
Buxoro shahri
|
35-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
10.
|
Kogon shahri
|
9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
11.
|
Qorovulbozor tumani
|
1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
12.
|
Qorako‘l tumani
|
15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
Jizzax viloyati
|
13.
|
Jizzax shahri
|
22-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
14.
|
Arnasoy tumani
|
22-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
15.
|
Baxmal tumani
|
78-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
16.
|
Zomin tumani
|
60-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
Qashqadaryo viloyati
|
17.
|
Qarshi shahri
|
45-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
18.
|
Nishon tumani
|
35-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
19.
|
G‘uzor tumani
|
53-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
20.
|
Shahrisabz tumani
|
83-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
Navoiy viloyati
|
21.
|
Navoiy shahri
|
1-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
22.
|
Zarafshon shahri
|
1-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
23.
|
Xatirchi tumani
|
88-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
24.
|
Karmana tumani
|
10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
Namangan viloyati
|
25.
|
Namangan shahri
|
58-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
26.
|
Uchqurg‘on tumani
|
6-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
27.
|
Pop tumani
|
11-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
28.
|
Chortoq tumani
|
5-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Samarqand viloyati
|
29.
|
Samarqand shahri
|
1-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
30.
|
Samarqand shahri
|
43-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
31.
|
Kattaqo‘rg‘on shahri
|
11-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
32.
|
Oqdaryo tumani
|
45-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Sirdaryo viloyati
|
33.
|
Guliston shahri
|
16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
34.
|
Sayxunobod tumani
|
41-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
35.
|
Xovos tumani
|
1-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
36.
|
Guliston tumani
|
27-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Surxondaryo viloyati
|
37.
|
Termiz shahri
|
9-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
38.
|
Oltinsoy tumani
|
2-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
39.
|
Uzun tumani
|
4-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
40.
|
Muzrobod tumani
|
8-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Farg‘ona viloyati
|
41.
|
Farg‘ona shahri
|
6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
42.
|
Qo‘qon shahri
|
33-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
43.
|
Oltiariq tumani
|
14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
44.
|
Beshariq tumani
|
15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
Xorazm viloyati
|
45.
|
Urganch shahri
|
24-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
46.
|
Gurlan tumani
|
42-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
47.
|
Yangiariq tumani
|
37-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
48.
|
Shovot tumani
|
53-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Toshkent viloyati
|
49.
|
Chirchiq shahri
|
10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
50.
|
Bekobod shahri
|
9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
51.
|
Parkent tumani
|
5-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
52.
|
Oqqo‘rg‘on tumani
|
49-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Toshkent shahri
|
53.
|
Yashnobod tumani
|
161-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
54.
|
Yakkasaroy tumani
|
172-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
55.
|
Yunusobod tumani
|
58-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
|
56.
|
Olmazor tumani
|
326-son ixtisoslashtirilgan maktab
|
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi 237-son
qaroriga
2-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi o‘rinlarda — maktablar) harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan sinflar) maqsadi va asosiy vazifalarini, ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilarni qabul qilish va ularni o‘qishdan chetlatish, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan sinflarda ta’lim jarayoni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Xalq ta’limi vazirligi) tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya) bilan kelishilgan holda tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan sinflarning maqsadi va asosiy vazifalari
3. Umumiy o‘rta ta’lim fanlari doirasida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarning chuqur ta’lim olishini ta’minlash ixtisoslashtirilgan sinflarning maqsadi hisoblanadi.
4. Ixtisoslashtirilgan sinflarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga va vatanparvarlik tuyg‘usiga ega intellektual rivojlangan yoshlarni tarbiyalash;
ona Vatan kelajagi uchun o‘ziga mas’uliyatni oladigan, Vatan sha’nini himoya qilishga tayyor, mustahkam qarash va qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega o‘quvchi-yoshlarni tayyorlash;
o‘quvchilarda harbiy burch va harbiy xizmatni ado etishda zarur bo‘ladigan professional harbiy va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish;
ta’lim oluvchilarni “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti hamda boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun maqsadli va chuqurlashtirilgan holda tayyorlash.
3-bob. Ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘qishdan chetlatish tartibi
5. Ixtisoslashtirilgan sinflarga maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib o‘qitish belgilangan o‘quv fanlaridan muayyan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘g‘il va qiz bolalar (keyingi o‘rinlarda — nomzod) tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan sinflarga nomzodlarni tanlab olish va o‘qishga qabul qilish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
6. Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablarning rahbariyati har yili 1-iyunga qadar tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi.
7. Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablarda hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlar o‘tkazish, test sinovini o‘tkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda ota-onalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
Qabul komissiyasi tarkibi 7 nafardan kam bo‘lmagan toq miqdorda tashkil etilib, uning tarkibiga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktab direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari vakillari, maktab o‘qituvchilari hamda Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarining mas’ul vakili kiritiladi.
Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktab direktori komissiya raisi hisoblanadi.
8. Nomzodlarning ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish uchun tegishli hujjatlari 1 — 20-iyul kunlari qabul qilinadi.
9. Ixtisoslashtirilgan sinflarga nomzodlar qabuli bo‘yicha ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 21-iyulga qadar umumlashtirilib, Milliy gvardiyaga ma’lumot uchun taqdim etiladi.
10. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktab direktori nomiga ariza;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi;
086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil
kasalliklari dispansyerlari, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar;
3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
o‘qish joyidan tavsifnoma;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchining erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatidan (faxriy yorliq, sertifikat, diplom kabi, agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘chirma.
11. Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari 21-iyul — 5-avgust, tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari 15 — 25-avgust kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.
12. Qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boriladi.
13. Ixtisoslashtirilgan sinflarga tegishli fanlar bo‘yicha test sinovlari hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlari qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
14. Test sinovi hamda jismoniy tayyorgarlik sinovi materiallari va metodikasi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
15. Ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul qilish bo‘yicha tanlov teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.
16. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovda umumiy o‘rta ta’limning 6-sinflar o‘quv dasturi doirasida har bir nomzodga 5 tadan jismoniy mashqlar beriladi. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinov 100 ballik tizimda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq baholanadi.
Yakunlari bo‘yicha 70 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar test sinovlariga qo‘yiladi.
17. Jismoniy tayyorgarlik sinovlariga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha sinovlar o‘tkazilmaydi.
18. Nomzodlar uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini shaxsan tanlagan holda umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida test sinovlari topshiradilar.
19. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.
20. Test sinovlarini o‘tkazish sanasi, joyi va vaqti qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
21. Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim fanlariga qo‘yilgan (5-6-sinflar kesimida) davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.
Test topshiriqlari kitobida har bir fan (tarix, matematika, ona tili) uchun 10 ta topshiriq belgilanadi. Umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Tarix fanidan bitta to‘g‘ri javobga 4 ball, matematika va ona tili fanlaridan bitta to‘g‘ri javobga 3 ball qo‘yiladi.
Nomzodga test topshiriqlarini bajarish bo‘yicha har bir savol uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
Javoblar varaqasini to‘ldirish uchun nomzodga belgilangan vaqt me’yoridan tashqari qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
22. Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida respublika va xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik natijalariga maksimal ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball qo‘shiladi.
23. Nomzodlarning tanlovdagi ko‘rsatkichlari teng bo‘lib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega bo‘ladi:
ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
sport yo‘nalishida viloyat, respublika va xalqaro miqyosda yutuqlarga erishgan o‘quvchilar;
kam ta’minlangan oilalarning farzandlari.
Mazkur band bo‘yicha ko‘rsatkichlar teng bo‘lib qolganda jismoniy tayyorgarlikdan qo‘shimcha sinov o‘tkazilishi mumkin.
24. Jismoniy tayyorgarlik va test sinovlarini topshirgan nomzodlar orasidan ballar yig‘indisi bo‘yicha ketma-ketlikda kamayish tartibida 30 nafari qabul qilinadi.
25. Tanlovning yakuniy natijalari 25-avgust kuni qabul komissiyasi tomonidan ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablarning e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
26. Tanlovdan o‘tmagan nomzodlarning hujjatlari ota-onalariga qaytarib berilmaydi.
27. Tanlovni o‘tkazish jarayonidan norozi bo‘lgan nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq murojaat etishlari mumkin.
28. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 30-avgustga qadar ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktab direktori buyrug‘i asosida o‘quvchilar safiga kiritiladi.
29. Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktabning ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan hamda qoniqarsiz o‘zlashtirishga ega o‘quvchilar tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval o‘qigan sinfi yoki maktabiga (o‘quvchining yashash joyi o‘zgargan taqdirda hududdagi boshqa maktabga) qaytarib yuboriladi.
30. Ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktabda bo‘shab qolgan o‘rinlarga tanlovda ishtirok etib, lekin qabul qilinmay qolgan o‘quvchilar ballar reytingi bo‘yicha ketma-ketlikda qabul qilinadi.
Agar o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, ballar reytingi bo‘yicha navbatdagi yuqori ball to‘plagan o‘quvchi chaqirib olinadi.
Mazkur bandda belgilangan talablar faqatgina ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablarning 7-sinfi o‘quv yilining birinchi yarim yilligi bo‘yicha qo‘llaniladi.
31. Ixtisoslashtirilgan sinflarning 10-sinfiga o‘tish davrida o‘quvchilar soni 30 nafardan kamayganida (“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilinish hisobiga) qolgan bo‘sh o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilishi mumkin.
32. Ixtisoslashtirilgan sinflarning 10-sinfi uchun bo‘sh o‘rinlarga tanlov o‘tkazish, 7-sinflar uchun tanlov o‘tkazish tartibi va muddatlariga muvofiq o‘tkaziladi.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
33. Ixtisoslashtirilgan sinflarda ta’lim 7 — 11-sinflarda kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida olib boriladi.
34. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quv-tarbiya jarayoni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida tashkil qilinadi.
35. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quvchilar bilan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazishda turli zamonaviy shakllar va usullardan, jumladan o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlari hamda o‘quvchilarni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash tadbirlaridan foydalaniladi.
36. Ixtisoslashtirilgan sinflar o‘quvchilari uchun o‘qish, dam olish va turli tadbirlarni qo‘shib olib borishga qaratilgan kun tartibi tuziladi.
37. O‘quv yili yakuni bo‘yicha tarix, matematika, ona tili fanlaridan qoniqarsiz natija ko‘rsatgan ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilari maktab pedagogik kengashi qarori bilan maktabning umumiy sinflariga o‘qishni davom ettirish uchun o‘tkaziladi.
38. O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — ota-onalar) ehtiyojidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilarini darsdan tashqari mashg‘ulotlarga to‘liq jalb etilishiga qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida shartnoma asosida kuzatuv kengashlari tomonidan o‘quvchilarni sog‘lom ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin.
39. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quvchilar soni (har bir sinfda) 30 nafardan oshmasligi lozim.
40. Ixtisoslashtirilgan sinflarning 9-sinfini yakunlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida attestat beriladi.
41. Ixtisoslashtirilgan sinflarni yakunlaganlik to‘g‘risida shahodatnoma (attestat) boshqa ta’lim muassasalariga kirishda qo‘shimcha imtiyoz bermaydi.
5-bob. Ixtisoslashtirilgan sinflardagi o‘quv-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
42. Ixtisoslashtirilgan sinflardagi o‘quv-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan maktablar direktorlari;
ixtisoslashtirilgan sinflarda dars berayotgan pedagoglar.
43. Oliy ma’lumotli, ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘yiladigan malaka talablariga javob beruvchi, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar ixtisoslashtirilgan sinflarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
Sud hukmi asosida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish man etilgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan sinflarda ushbu faoliyatni yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
44. Ixtisoslashtirilgan sinflarda dars berayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
45. Ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Maktab rahbariyati ixtisoslashtirilgan sinflar o‘quvchilarining qonun hujjatlarida belgilangan o‘qish va dam olish sharoitlariga rioya etishi yuzasidan javob beradi.
46. Maktab direktori ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini nazorat qiladi, o‘quvchilarning sifatli o‘qitilishi va tarbiyalanishi, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarining bajarilishi, ixtisoslashtirilgan sinfning o‘quv-metodik va moliya-xo‘jalik faoliyatining zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi.
47. Quyidagilar Xalq ta’limi vazirligining vazifalari hisoblanadi:
Milliy gvardiya bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilar
qabulini tashkil etish;
Milliy gvardiya bilan kelishilgan holda, davlat ta’lim standartlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan sinflar uchun o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlari hamda o‘quv-tarbiya jarayoniga samarali joriy etish bo‘yicha amaliy ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish;
o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ishlab chiqish, nashr etish hamda ixtisoslashtirilgan sinflarni ular bilan ta’minlashni tashkil etish;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Milliy gvardiya bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan sinflar o‘quvchilarini aniq maqsadni ko‘zlagan holda kasbga yo‘naltirish;
Milliy gvardiya ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilishni tashkil etish va nazorat qilish;
ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarni o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, kompyuter texnikasi va tegishli o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;
ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarning ma’muriy, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini, shuningdek moddiy-texnik ta’minotini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Milliy gvardiya va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh gvardiyachilar” tanlovi (harbiy sport musobaqalari), aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar va chet tili fanlari bo‘yicha viktorinalar o‘tkazish;
yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va ixtisoslashtirilgan sinflar bitiruvchilariga shahodatnoma (attestat)lar berish.
48. Quyidagilar Milliy gvardiyaning vazifalari hisoblanadi:
o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda, harbiy mavzudagi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlariga va o‘quv jarayoniga joriy etishda amaliy metodik yordam ko‘rsatish;
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani dasturiga muvofiq ixtisoslashtirilgan sinflarni harbiy-muhandislik asbob-uskunalari va kimyoviy muhofaza vositalari, harbiy mavzudagi o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
ixtisoslashtirilgan sinflar o‘quvchilari bilan Milliy gvardiya ta’lim muassasalari va harbiy bo‘linmalari bazalarida o‘q otish, maxsus tayyorgarlik bo‘yicha (shu jumladan, dala sharoitlarida ham) amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashish;
ixtisoslashtirilgan sinflar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarni Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalariga biriktirish;
Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani dasturini takomillashtirish;
ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilarni qabul qilish, bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlarida qatnashish.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Ixtisoslashtirilgan sinflari mavjud maktablarning faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
50. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan sinflarga nomzodlarni tanlab olish va o‘qishga
qabul qilish
SXEMASI
Bosqichlar
| |
Ijrochilar
| |
Tadbirlar
| |
Bajarish muddati
|
| | | | | | |
I bosqich
| |
Maktab direktori
| |
Ixtisoslashtirilgan sinflarga tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi.
| |
1-iyunga qadar
|
| | |
| | | | | | | | | | |
II bosqich
| |
Qabul komissiyasi
| |
Nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.
| |
1 — 20-iyul
|
| | |
| | | | | | | | | | |
III bosqich
| |
Qabul komissiyasi
| |
1. Jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazadi.
2. Test sinovlarini o‘tkazadi.
| |
1. 21-iyul —
5-avgust
2. 15 — 25-avgust
|
| | |
| | | | | | | | | | |
IV bosqich
| |
Qabul komissiyasi
| |
Kirish imtihonlarining yakuniy natijalarini e’lon qiladi.
| |
25-avgustga qadar
|
| | |
| | | | | | | | | | |
V bosqich
| |
Maktab direktori
| |
Nomzodlarning ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari safiga qabul qilinishi to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
| |
30-avgustga qadar
|
| | |
Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinov natijalarini baholash
MEZONLARI
T/r
|
Sinov mashqlari
|
Natijalari va ballar
|
O‘g‘il bolalar
|
Qiz bolalar
|
20
|
15
|
10
|
5
|
20
|
15
|
10
|
5
|
1.
|
60 metrga yugurish, soniya
|
10,0
|
10,5
|
11,0
|
11,5
|
10,3
|
10,8
|
11,3
|
11,8
|
2.
|
Yugurib kelib uzunlikka sakrash, sm
|
340
|
310
|
270
|
280
|
310
|
270
|
230
|
250
|
3.
|
1000 metrga yugurish, daqiqa
|
4,10
|
4,30
|
5,0
|
5,50
|
5,40
|
6,10
|
6,40
|
7,00
|
4.
|
To‘pni uloqtirish, metr
|
36
|
30
|
21
|
15
|
23
|
18
|
15
|
12
|
5.
|
Baland turnikda tortilish, marta
|
6
|
4
|
3
|
2
|
-
|
-
|
-
|
-
|
6.
|
Gardishni 1 daqiqagacha belda aylantirish, marta
|
-
|
-
|
-
|
-
|
65
|
55
|
40
|
30
|
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2020-y., 09/20/237/0462-son)