153
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki
ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini
to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga
solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash
tartibi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi
tomonidan belgilanadi.
Bu mavzuda gapirar ekanmiz xalqaro “Egmont” guruhi haqida eslab o’tish joiz. “Egmont”
guruhi — moliyaviy razvedka bo‘linmalari xalqaro tashkiloti bo‘lib, dunyoning 160 dan ortiq
moliyaviy razvedkalarini birlashtiradi.
Davlatlarning jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi
kurashish yoʻlidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish va birlashtirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Tashkilotga 1995 yilda asos solingan boʻlib, uning nomi birinchi forum oʻtkazilgan joy -
Egmont-Arenberg (Bryussel)dan olingan.
Oʻzbekiston «Egmont» guruhiga 2011 yil 1 iyulda (rasmiy sana)
kirgan
.
Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmga qarshi kurashish sohasida AQSh tajribasini
oladigan bo’lsak, Qo’shma Shtatlar Moliya vazirligida “Terrorizm va moliyaviy razvedka
boshqarmasi” bo’limi mavjud bo’lib, ularning vazifasi axborot to’plash va iqtisodiy, pul va
moliyaviy masalalar yuzasidan ekspert baholar tayyorlash, xorijiy davlatlar iqtisodiy ahvolini
o’rganish, AQSh xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan moliyaviy voqealar va
tendensiyalar haqida ogohlantirishdir.
AQSh G'aznachilik Departamenti tarkibida 1961-yilda razvedka bo'limi paydo bo'ldi va
keyinchalik “Milliy xavfsizlik idorasi” deb nomlandi va 1977 yilda u “Razvedka xizmatini qo'llab-
quvvatlash idorasi” deb o'zgartirildi. 2004 yil dekabr oyida u “Terrorizm va moliyaviy razvedka
boshqarmasi” deb nomlandi, ushbu tuzilmaning vazifalari ko'lami sezilarli darajada kengaytirildi -
terrorizm guruhlarini moliyalashtirish va mamlakatlarda ommaviy qirg'in qurollarining tarqalishini
moliyalashtirish monitoringini olib bordi.
Xodimlar soni va byudjet hajmi tasniflanadi, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, 2018 moliyaviy yilda
idoraning byudjeti 84,6 million dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, Argentina Iqtisodiyot vazirligida “Moliyaviy razvedka boshqarmasi” (
Unidad de
Inteligencia Financiera
) bo’limi mavjud bo’lib, uning vazifasi mamlakatda 2000-yilda qabul
qilingan jinoiy daromadlarni yashirish va legallashtirish to’g’risidagi qonunga asosan quyidagi
yo’nalishlarda olingan daromadlarni legallashtirishning oldini olish va unga qarshi kurashish
maqsadida ma’lumotlarni tahlil qilish, qayta ishlash va uzatish:
a)
narkotik moddalar savdosi;
b)
kontrabanda;
c)
noqonuniy tashkilotlar faoliyati;
d)
hukumatga qarshi firibgarliklar va boshqalar.
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg’in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim.
Shuningdek, bu borada jahon hamjamiyati bilan o’zaro tajriba almashish va hamkorlik qilish eng
samarali yo’l desak mubolag’a bo’lmaydi. Zero, bugungi kundagi globallashuv jarayonida yo’l
qo’yilgan har qanday e’tiborsizlik yirik muammolarga sabab bo’lishi hech birimizga sir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: