2. Tadbirkоrlik faоliyatining shakllari. Tadbirkоrlik kapitalining mohiyati,uning harakati va doiraviy aylanishining bosqichlari


Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari



Download 95,79 Kb.
bet9/16
Sana11.06.2022
Hajmi95,79 Kb.
#654347
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
18.Tadbirкоrliк faоliyati va tadbirкоrliк кapitali

4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari


Tadbirkor ixtiyorida bo’lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo’ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o’tadi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo’lib, uning qiymati – ko’pchilikka ma’lum bo’lganidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko’plab turdagi va miqdordagi nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini ta’minlashda; v) qisman qiymatning tashkil topishida, ya’ni shakllanishida; g) eng muhimi, qo’shimcha mahsulotni yaratishda va o’zlashtirishda to’liq ishtirok etishi orqali namoyon bo’ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy qismlardan iborat bo’lishidan qat’iy nazar, u barcha ko’rinishlarda ikki tomonlama xususiyatga ega bo’ladi va shu xususiyatlarning birligi sifatida amal qiladi. Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni keltirib chiqaruvchi sabab – tovarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiqadi. CHunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo’lib, tarixiy va mantiqiy jihatdan kapitalning boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatni quyidagicha ifodalash mumkin (1-chizma).
CHizmadan ko’rinadiki, tovardagi ikki tomonlama xususiyat o’z navbatida tadbirkorlik kapitaliga ham o’tadi. CHunki, u pul, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ko’rinishidagi unumli kapital hamda tayyor tovarlardan iborat bo’ladi. Ayni paytda, kapital tovarlari o’sish xususiyatiga ega bo’lgan qiymatni ham namoyon etadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan, ya’ni – bir turdagi naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o’tishi va miqdor jihatdan ko’payishi hamda qiymatning o’sish jarayonidan iborat.

Download 95,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish