2. Tadbirkоrlik faоliyatining shakllari. Tadbirkоrlik kapitalining mohiyati,uning harakati va doiraviy aylanishining bosqichlari


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi va rag’batlantirilishi



Download 95,79 Kb.
bet8/16
Sana11.06.2022
Hajmi95,79 Kb.
#654347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
18.Tadbirкоrliк faоliyati va tadbirкоrliк кapitali

3. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi va rag’batlantirilishi

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali quyidagi uchta muhim masalaning hal etilishi ko’zda tutilishini belgilab berganlar:
1) yaqin besh-o’n yil ichida ushbu sohada yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizini ishlab chiqarishga erishish;
2) bu sohani rivojlantirish aholini ish bilan ta’minlash va uning daromadlari o’sishining eng muhim manbalaridan biriga aylanishi;
3) mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning poydevori bo’lmish kichik va o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish.
Mamlakatimizda kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli darajalarda qo’llab-quvvatlashning samarali tizimi katta ta’sir ko’rsatdi. Davlat tomonidan uning me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi, kichik korxonalarni moliya-kredit va investitsiya jihatidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat va mintaqaviy dasturlari ishlab chiqildi va bugungi kunda ham hayotga izchil ravishda tatbiq etilmoqda. Bu sohada mintaqalararo va xalqaro aloqalar yo’lga qo’yilmoqda, hukumatlararo va xalqaro shartnomalar tasdiqlanmoqda, tadbirkorlarning jamoatchilik uyushmalari faoliyati jonlantirilmoqda, axborot ta’minoti tizimi vujudga keltirilmoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining shakllanishi va mustahkamlanishida Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi, «Madad», «Kafolat», «O’zagrosug’urta» kabi qator sug’urta kompaniyalari, Respublika biznes-inkubatori, Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasi kabi byudjetdan tashqari jamg’armalarning roli juda katta bo’ldi.
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirish va rag’batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari jadallashtirildi, biznesni ro’yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari bilan shug’ullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. Xususan, 2017 yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 13 foizdan 10 foizga tushirildi.
SHuningdek, tadbirkorlarga, avvalo, kichik biznes sub’ektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo’lgan moddiy resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Masalan, o’tgan yilda O’zbekiston tovar-xomashyo birjasida umumiy savdo aylanmasi qariyb 2 barobar oshdi. Bugungi kunda birja tarkibida markaziy savdo maydonchasi va viloyatlardagi 12 filiallar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda akkreditatsiyadan o’tgan 2300 dan ziyod brokerlar xizmat ko’rsatadi. Ixtisoslashgan savdo maydonchalarining (xorijiy mamlakatlardagi maydonchalar bilan birga) soni 340 tadan oshib ketgan. Mazkur savdo maydonlarida paxta va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, neft mahsulotlari, qora va rangli metallar, polietilen, un, shakar, paxta yog’i, mineral o’g’itlar va boshqa tovarlar sotilmoqda. Jumladan, birja tovar aylanmasining 2017 yildagi tarkibi quyidagicha bo’lgan: iste’mol tovarlari – 22%, qurilish materiallari – 23%, neft mahsulotlari – 13%, paxta va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar – 7%, qora va rangli metallar – 6%, suyultirilgan gaz – 4%, polietilen – 4%, boshqalar – 21%.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarasi o’laroq, keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi sezilarli ravishda ortib bormoqda.
«2018 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi barqaror rivojlandi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining 10 foizdan 8 foizga, 2019 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so’nggi olti yil mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari soni 1,9 barobar ko’paydi va 2018 yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi.
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi
Mamlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki ham yildan-yilga kengayib bormoqda.



Download 95,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish