Qog`ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazetani yozib, uning ustiga kerakli o`lchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qog`oz qo`yiladi va mo`yqalam yordamida o`rtasidan chetiga avval chap, so`ngra o`ng tomoniga qarab yelim surtiladi. Sirach yoki yelim surtilgan qog`ozni yopishtiriladigan predmetning ustiga qo`yib, uning ustida g`ijimlanishlar bo`lmasligi uchun toza latta bilan bosib tekislanadi. Hajmli predmetlar quritishda qog`oz shimmasligi uchun ham ichki, ham tashqi tomonidan yelimlanadi. Qog`oz bilan ishlashda bizga kerak bo`ladigan jihozlar qalam, o`chirgich, chizg`ich, qaychi, pichoqlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |