Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi.
Bu lahja shahar shevalarini va boshqa shahar tipidagi qishloq shevalarini o‘z ichiga oladi. Xususiyatlari:
6 unli fonemaga ega.
so‘z boshida t tovushi ch bilan almashadi: chusht’// (tushdi) ch’sh (tush);
o‘zak va affikslarda so‘z oxiridagi k/q – g/g‘ undoshlarining saqlanishi: kichik/ tәr’q; sәr’g‘, tәr’g‘
turli holatda ham q/x undoshlarining almashinishi: Tosh. Nam. toqta// toxta, baqtuk// baxtuk;
l//n undoshlarining almashinishi: kөynek// kөylәk// kөnglek. Toshk. koynәk//koylәk//koynәy;
to‘liq progressiv assimilyatsiya: Toshk. oshsh’-oshn’//oshn’ng;
qaratqich va tushum kelishiklari uchun bitta -n’ affiksining mavjudligi;
hozirgi zamon davom fe’li formasi: Toshk. borvotmәn; Nam. borut t’mәn; And. baryәppәn; Samarq. Boropman; Park. Boovott’m.
Qipchoq lahjasi.
9 unli mavjud. Singarmonizmli shevalar bo‘lganligi uchun kontrast juft unlilarning borligi. u/ү, o/ө, i/i, a/ә
so‘z boshida kelgan o‘rta ko‘tarilish unlilarning diftonglashuvi ie, ue, uo, (iet,uot,uet);
so‘z boshida y ning dj, v < g, y < g o‘tishi: djigit < yigit, djɔsh b, q>g‘ ning jaranglashuvi: qabiso‘z oxirida k, q ning tushib qolishi. kichchiMorfologik xususiyatlari:
a) 6 ta kelishik mavjud. Qaratqich va tushum kelishiklari affiksida i\d\t tovushlarining (affiksida) almashinishi. -ning//-ning, -ding//-ding, -ting//-ting, -ni//ni -di//-di, -ti//-ti;
b) shaxs olmoshlarining jo‘nalish kelishigi shakli: meңe, seңe, voңa (darsliklarda mag‘an, sag‘an, ug‘an) deb beriladi;
v) hozirgi zamon davom fe’li formasi -yɔtir- yәpti (darsliklarda – djatir (man) deb berilgan).
O‘g‘uz lahjasi.
1) kontrast juft unlilar mavjud. Qisqa va uzun unlilarning farq lanishi, qadimgi turkiy uzun unlilar (birinchi darajali cho‘ziq unlilar) ning mavjudligi. at (hayvon), a:d (ism): ot (o‘simlik), o:t (olov);
2) so‘z boshida t va k tovushlarining jaranglashishi: dil, gel – ad.-orf. til, kel;
jo‘nalish kelishigi affiksining -a/-ә-yә formasida ishlatilishi: uyinә vɔr;
4) qaratqich kelishigi affiksining -in// -ing formasida ishlatilishi koping riziqi kol;
5) bol fe’lidagi b ning tushishi:bol - ol kabilar.
O‘zbek adabiy tiliga asos qilib yuqoridagi sanab o‘tilgan lahjalardan qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga kiruvchi Toshkent shevasi fonetik tomondan, Farg‘ona tip shevalari esa morfologik tomondan asos qilib olingan, deb hisoblanadi.
Lekin o‘zbek tiliga bo‘lgan lahjalar haqida gap ketganda hamma lahjalar ham baravar ishtirok etganligini ta’kidlash o‘rinli.
O‘zbek tili turkiy tillar tasnifiga ko‘ra turkiy tillarning uch gruppasiga kiritilgan. Buning sababi o‘zbek tili o‘zining fonetik strukturasi, grammatik qurilishi va lug‘at tarkibiga ko‘ra turkiy tillar bilan umumiy xususiyatlarga va shuningdek, u tillardan farq qiladigan o‘ziga xos ba’zi xususiyatlarga ham egadir.
O‘g‘uz lahjasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra turkiy tillarning janubiy-g‘arbiy guruhiga kirsa, qipchoq lahjasi shimoliy-g‘arbiy guruhiga kiradi. Shahar shevalariga asoslangan qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi esa janubiy-sharqiy guruhiga kiradi.
O‘zbek adabiy tilida 6 unli tovush bor, boshqa turkiy tillarda esa 9 ta unli mavjud. Qirg‘iz, qozoq tillarida singarmonizm hodisasi kuchli, qirg‘iz tili (koldor, tulku tulkulore), o‘zbek tilida esa singarmonizm hodisasi yo‘q.
Undoshlar tizimi bilan ham o‘zbek tili boshqa tillardan farqlanadi. M., O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan y tovushi qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqalarda dj va j tovushi bilan beriladi. O‘zb. yol, yoq. qoz. jol, joq; qirg‘, djol,joq.
O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan t tovushi turk, ozarbayjon, turkman va boshqa tillarda d bilan beriladi: o‘zb. t’l, tosh; turkm, ozarb, turk, dil, dash.
O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan k tovushi o‘g‘uz guruhidagi tillarda g bilan beriladi: o‘zb. koz, kel; turkm, ozarb, turk, gөz,gel; o‘zb. tɔg‘, bɔg‘; qoz. tau, bau; qirg‘. too, boo.
Ayrim so‘zlar oxirida keladigan sh tovushi qozoq va qoraqalpoq tillarida s tovushi bilan beriladi: o‘zb. bɔsh, tɔsh; qoz, qq. bas, tas.
O‘zbek tilidagi ch tovushi esa qozoq, qoraqalpoq tillarida sh bilan beriladi: o‘zb. ɔch, kuch; qoz. qq. ash, qush kabilar.
Ayrim urug‘ va qabilalar orasidagi qardoshlik aloqalarining mavjudligi, xalqlarning uzluksiz ravishda aralashib turishi murakkab etno – lingvistik taraqqiyotga va ayrim millatlar tili bilan birinchi navbatda o‘zbek tilidagi dialektlarni turli-tuman bo‘lishiga olib keladi.
Turkiy va turkiy bo‘lmagan tillar orasida til aloqasi mavjud bo‘lib va kengayib borishi shu jarayon natijasida turkiy tillarda paydo bo‘lgan ba’zi bir fonetik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida Mahmud Koshg‘ariy ham juda to‘g‘ri ko‘rsatib bergan edi. O‘zbek shevalarining boshqa sistemasidagi tillar bilan, birinchi navbatda tojik tili bilan o‘zaro munosabati juda ham muhim masalalardan biridir.
Turkiy bo‘lmagan tillar ta’siri natijasida tipik turkiy vokalizmda yuz bergan o‘zgarishlar asta-sekin singarmonizmning zaiflashuviga, sanoat markazlari bo‘lgan ilg‘or shaharlar shevalarida esa singarmonizmning butunlay yo‘qolib, turkiy tillarning fonologiya sistemasiga xos bo‘lmagan tovushlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Konvergensiya (orqa va oldingi qator unlilarining birlashishi) o‘zgarishlari singarmonizmlar shevalarga xos bo‘lgan oldingi qator ә, ү, i hamda orqa qator o,u,i kabi turg‘un juft unlilarining vazifasi jihatidan birlashishlariga olib keladi. Natijada Toshkent shevasi tipidagi ilg‘or shahar shevalarining unlilar sistemasi tojik tilining unlilar sistemasiga yaqinlashdi.
O‘zbek xalq shevalarini o‘rganishda rus turkologlarining ishtiroki. O‘zbek dialektologiyasining lingvistik fan sifatida yaratilishi, o‘sishi va rivojlanishi prof. YE. D. Polivanov, Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasining akademigi K. K. Yudaxin, sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining korrespondent ya’zosi prof A.K.Borovkov, RSFSR Pedagogika Fanlar Akademiyasining akademigi prof. V. V. Reshetov va boshqa rus turkolog-olimlarning ilmiy-todqiqot ishlari milliy kadrlarni tayyorlash faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘zbek dialektlarini o‘rganish sohasida 1920-1937 yillar orasida prof. Y.D.Polivanov tomonidan juda ko‘p ishlar qilindi. Prof. Y.D.Polivanov Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Turkiston va boshqa bir qator o‘zbek shevalari haqida qimmatli asarlar yozdi.O‘zbek shevalarini har tomonlama tavsif qilish natijasida o‘zbek shevalarini tasnif qildi. Ayrim kamchiliklardan qat’i nazar prof. Y.D.Polivanov shu sohaga eng birinchilar qatorida o‘z hissasini qo‘shdi.
O‘zbek shevalarini atroflicha o‘rganishga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri prof. K. K. Yudaxindir. 1925 yildayoq prof. K. K. Yudaxinning eski turkiy cho‘ziqlik va qadimgi morfologik formalarni o‘zida saqlagan o‘zbek shevasini o‘rganishga bag‘ishlangan “Qorabuloq shevasining ba’zi bir xususiyatlari” degan ishi bosilib chiqdi. Bundan tashqari “Laylak materiallaridan” kabi asarlari fan uchun ahamiyatlidir. Prof. K. K. Yudaxin o‘zining bu asarlarida o‘zbek shevalarining genezisini o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zbek-uyg‘ur va qirg‘iz-o‘zbek-tojik tillari orasidagi o‘zaro munosabatlar masalaga alohida e’tibor berdi.
O‘zbek dialektologiyasida o‘zining mazmuni va salmog‘iga ko‘ra prof. A. K. Borovkov ilmiy ishlari alohida o‘rin tutadi. Prof. A. K. Borovkov o‘zbek shevalarining ikki xil tasnifini berdi. Uning birinchi tasnifi o‘zbek shevalarining fonetik xususiyatlariga asoslangan holda tuzilgan bo‘lsa, ikkinchisi esa, tarixiy-lingvistik asosda tuzildi. Prof.A.K.Bo rovkov bir qator o‘zbek shevalarini tekshirish bilan birga o‘zbek dialektlarini o‘rganishda eng muhim nazariy masalalardan biri bo‘lgan o‘zbek-tojik tillarining o‘zaro munosabatini ham muvaffaqiyatli yoritdi. O‘zbek xalq shevalari atlasini yaratish uchun shevalarning fonetik va leksik-grammatik xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan 65 so‘roqdan iborat “O‘zbek sheva lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar” anketasi ham prof. A. K. Borovkov tomonidan tuzildi.
O‘zbek dialektologiyasi sohasida katta ishlar qilayotgan dialektolog –olimlardan yana biri prof. V. V. Reshetovdir. U shahar shevalarini tavsif qildi(“O‘zbek tilining Marg‘ilon shevasi”, ”O‘zbek tilining Namangan shevasi haqida”). Shu bilan birga, prof. V. V. Reshetov o‘zbek dialek tologiyasining bir qator muhim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy asarlar yozdi.(O‘zbek xalq shevalarini o‘rganish masalasiga doir”, ”Transkripsiya haqida”, “O‘zbek milliy tilining dialektal asosi” va boshqalar). U o‘zbek shahar shevalarini o‘rganish natijasida shevalarning adabiy tilga bo‘lgan munosabatini yoritib, hozirgi zamon o‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan shevalarni (Toshkent va Farg‘ona shevalari) ham aniqlab berdi.
Prof. V. V. Reshetov faqat shahar shevalarini tekshirish bilan cheklanmay, balki qipchoq shevalarini ham o‘rgandi. Bu sohada u Toshkent vohasidagi qurama shevalarini o‘rganishga bag‘ishlangan “Toshkent oblastidagi qurama shevalari(fonetik va morfologik sistema)” degan monografik asar yozdi. Unda prof V. V. Reshetov butun qurama shevalari bo‘yicha to‘plagan materiallari asosida quramaliklarning genezisini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, quramaliklarning til xususiyatlarini atroflicha yoritib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |