9-Amaliy ish POrtLOVCHI MODDA ISH BAJARISH QOBILIYATI VA PORTLASHNING BAJARGAN ISHINI ANIQLASH.
Portlovchi modda portlaganda ajralib chiqadigan issiqlik hajm o’zgarmas bo’lganda va hech qanday tashqi ish bajarmaganda uning umumiy energiyasini tavsiflaydi. Bunda ajralib chiqqan issiqlikning mexanik ishga aylanishi yetarlicha miqdorda yo’qotilishlar bilan kechadi. Portlash vaqtida portlovchi moddaning kimyoviy reaksiyaga kirishishi ham to’liq bo’lmaydi.
Portlashning to’liq issiqlik energiyasi deganda portlovchi modda portlash energiyasidan kimyoviy yo’qotilishlarni ayirmasi tushuniladi.Ushbu energiya ham issiqlik (termodinamik) yo’qotilishlar hisobiga to’liq mexanik ishga sarflanmaydi.
Portlashning bajargan ishini portlash mahsulotlarining atmosfera bosimigacha adiabatik kengayishi sifatida qarash mumkin.
Portlash mahsulotlarining atmosfera bosimigacha kengayishida bajarilgan ish portlashning to’liq ideal ishini (kJ/kg) tavsiflaydi va I.M. Chelsov formulasi bo’yicha quyidagicha hisoblanadi:
,
bunda Q – portlovchi modda potensial energiyasi (to’liq issiqlik energiyasi), kJ/kg;
V1va V2– boshlang’ich va oxirgi solishtirma hajmlar,m3/kg;
- adiabat ko’rsatgichi bo’lib, bosim va hajm o’zgarmas bo’lganda issiqlik sig’imlari nisbatiga teng.
Formuladagi solishtirma hajmlar nisbati o’rniga portlashda hosil bo’ladigan gazlarning boshlang’ich р1 va ushbu gazlar A ishni bajargandan keyingi р2 bosimlar nisbatini qo’ysak, quyidagiga ega bo’lamiz:
.
Portlatish ishlari havoda amalga oshirilganda(р2=105Pa) portlovchi modda to’liq ishbajarish qobiliyati quyidagiga teng bo’ladi:
.
Portlash vaqtida yo’qotiladigan q = Q – Aп issiqlik– portlash mahsulotlarining bosimi atmosfera bosimiga yetguncha portlash mahsulotlarida qoladi.Ushbu issiqlikni hisobga olganda, mazkur gazlar ish bajara olmaydi chunki ularning bosimi atmosfera bosimiga teng.Ushbu qoldiq issiqlik portlash mahsulotlari kengayganidan so’ng ularning alangalanishiga sabab bo’ladi.
Portlash biror bir muhitda amalga oshirilganda, masalan p2 = 107Pa bo’lganda
,
portlashning to’liq bajargan ishi kamayadi va qoldiq q = Q – Aп issiqlik esa ortadi.
Portlash to’liq bajargan ishining portlash issiqligiga nisbati Ап/Q = п adiabat ko’rsatgichiga ta’sir qiluvchi portlash mahsulotlarining xossalariga bog’liq bo’ladi. Agar portlash mahsulotlarida 2/3 molekula ikki atomli va 1/3 molekula uch atomli gazlar mavjud bo’lsa (masalan geksogen), k=1,25 bo’ladi. Agar aksincha portlash mahsulotlarida 2/3 molekula uch atomli va 1/3 molekula ikki atomli gazlar mavjud bo’lsa (masalan nitrogliserin), k=1,2 bo’ladi.Portlash mahsulotlarida to’rt atomli va besh atomli gazlar mavjud bo’lsa hamda NaCl, Al2O3 kabi qattiq mahsulotlar hosil bo’lsa k ning qiymati pasayadi (bunga mos holda ning qiymati ham pasayadi). Bunday hollarda k = 1,15, 1,1 va 1,05 bo’ladi.
Portlovchi modda ish bajarish qobiliyati deganda portlovchi modda birlik massasiga to’g’ri keladigan to’liq bajarilgan ish tuishuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |