Platsentatsiya davrida yo'ldosh rivojlanadi. Homila yo'ldosh orqali ovqatlanish va gaz almashinishiga o‘tadi, yangi moslashishlar pay do bo‘ladi.
Perinatal davr — pusht va chaqaloqning yashash sharoiti keskin o‘zgarishi, hamma sistemalar faoliyatning qayta o‘zgarishi bilan bog'liq.
Rivojlanish anomaliyalari va nuqsonlari.
Organizmning rivojlanishi buzilishiga olib keluvchi muhit omil- larini teratogen omillar deb ataladi. Teratogenlarga quyidagilar kiradi:
Fizikaviy (rentgen nurlari, ionlashtiruvchi nurlar, muhitning har xil kuchli fizik omillari).
Kimyoviy (sanoat chiqindilari, pestitsidlar, gerbitsidlar, turmushda ishlatiladigan ba’zi moddalar).
Alkogol, nikotin, giyohvand moddalar.
Viruslar, bakteriyalar, parazitlarning toksinlari.
Embriogenez buzilishlari, ularning mexanizmlari, oldini olish yo‘llarini
teratologiya fani o‘rganadi.
Tug‘ma nuqsonlar — prenatal ontogenezda (tug'ilguncha) kelib chiqadigan a’zoning tuzilishi va funksiyalarida buzilishlardir.
Anomaliyalarning nuqsonlardan asosiy farqi - - odatda funksiyaning buzilishi kuzatilmasligidir.
Nuqsonlar morfo-fiziologik buzilishlar xiliga qarab quyidagi- larga bo‘linadi:
Aplaziya — a’zoning yoki uning bir qismining bo'lmasligi.
Gipoplaziya — a’zoning sust rivojlanganligi.
Gipotrofiya — tana yoki a’zo massasi kamavishi.
Gipertrofiya — tana yoki a’zo massasi ortishi.
Gigantizm — tana o'lchami ortishi.
Geterotopiya (ektopiya) — a’zoning notipik joylashishi.
Geteroplaziya — to‘qimalar differensiatsiyalanishi buzilishi.
Stenoz — kanal yoki teshik torayishi.
Atreziya — kanal yoki teshik bo'lmasligi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra nuqsonlar quyidagilarga ho'linadi:
Genetik (gen, xromosoma mutatsiyalari natijasida).
Ekzogen (tashqi muhitning zararli omillari ta’sirida).
Multifaktorial (aralash) — genetik va ekzogen omillar natijasida.
Qanday bosqichlarda kelib chiqishiga qarab:
Gametopatiyalar, blastopatiyalar, embriopatiyalar va
fetopatiyalar tafovut etiladi.
Embriopatiyalar homilaning 15- sutkasidan 8 haftali davrigacha kelib chiqadi va nuqsonlarning asosiylarini tashkil qiladi.
Fetopatiyalar 9-10-
haftadan keyin kelib chiqadi, ularda qo‘pol morfologik buzilishlar kuzatilmaydi, asosan ruhiy rivojlanish buzilishlari,
massa kamayishi, funksional buzilishlar kuzatiladi.
Kelib chiqish kelma ketligiga qarab: Birlamchi va
ikkilamchi nuqsonlar kuzatiladi. Ikkilamchi nuqsonlar birlamchi nuqsonlar asorati sifatida yuzaga chiqadi.
Filogenetik ahamiyatiga qarab:
Filogenezga bog'liq nuqsonlar (ularni atavistik nuqsonlar ham deyiladi).
Nofilogenetik nuqsonlar infovut etiladi. Filogenetik nuqsonlar xordalilar vakillarida ucliraydigan a’zolarga o'xshaydi (bo‘yin va bel umurtqalari, qattiq tanglay qo’shilmaganligi va boshqalar).
Nofilogenetiк nuqsonlar ajdodlar a’zolariga o'xshamaydi va embriogenez bnzilislilari ta’sirida kelib chiqadi.