Regeneratsiya jarohatlangan yoki yo‘qotilgan tuzilmalarning qayta tiklanishi, fiziologik va reparativ turlarga ajratiladi.
Fiziologik regeneratsiyada normal hayot faoliyati davomida buzilgan hujayralar, to'qimalar qayta tiklanadi. Molekula, hujayra ichi, hujayra, to'qima darajalarida kuzatiladi.
Reparativ regeneratsiya — mexanik jarohatlar, jarrohlik muo- lajalari, kuyish, sovuq urishi, zaharlar ta’siri, ochlik va boshqa ta’sirlar natijasida shikastlangan strukturalarning qayta tiklanishi.
Reparativ regeneralsiyaning quyidagi turlari ma’lum:
Epimorfoz (yo‘qotilgan qismning qolgan qism ustidan o‘sib tiklanishi).
Morfolaksis (a’zoning qolgan qismi qayta qurilib tiklanishi).
Regeneratsion gipertrofiya yoki endomorfoz (ichki a’zolarda) a’zoning qolgan qismi kattalashishi, shakli emas hajmi tiklanishi.
Kompensator gipertrofiya (juft a’zolardan biri yo'qotilganda ikkinchisi kattalashishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |