2. P. R. 01imxo‘jayeva —


mavzu. ONTOGENEZNING QALTIS DAVRLARI. RIVOJLANISH ANOMALIYALARI VA NUQSONLARI. GOMEOSTAZ. REGENERATSIYA. TRANSPLANTATSIYA



Download 4,54 Mb.
bet85/227
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#199132
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   227
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

mavzu. ONTOGENEZNING QALTIS DAVRLARI.
RIVOJLANISH ANOMALIYALARI VA
NUQSONLARI. GOMEOSTAZ. REGENERATSIYA.
TRANSPLANTATSIYA


Mavzuning mazmuni.

Ontogenezning qaltis davrlari — rivojlanayotgan organizmning tashqi va ichki ta’sirotlarga eng sezgir va chidamsiz davri. Odam ontogenesida 3 ta asosiy qaltis davr tafovut etiladi:

  1. Implantatsiya (otalanishdan keyin 6-7- kunlar).

  2. Platsentatsiya (homilaning 2- haftasi oxiri).

3.. Perinatal (tug‘ilishga yaqin, tug‘ilish va ilk chaqaloqlik davrlari).

  1. Implantatsiya davrida blastotsistaning bachadon devoriga yopishishi, homilaning ovqatlanishi, gaz almashinishi o‘zgarib, yangi sharoitga moslashishi kuzatiladi.

  1. Platsentatsiya davrida yo'ldosh rivojlanadi. Homila yo'ldosh orqali ovqatlanish va gaz almashinishiga o‘tadi, yangi moslashishlar pay do bo‘ladi.

  2. Perinatal davr — pusht va chaqaloqning yashash sharoiti keskin o‘zgarishi, hamma sistemalar faoliyatning qayta o‘zgarishi bilan bog'liq.

Rivojlanish anomaliyalari va nuqsonlari.

Organizmning rivojlanishi buzilishiga olib keluvchi muhit omil- larini teratogen omillar deb ataladi. Teratogenlarga quyidagilar kiradi:



  1. Fizikaviy (rentgen nurlari, ionlashtiruvchi nurlar, muhitning har xil kuchli fizik omillari).

  2. Kimyoviy (sanoat chiqindilari, pestitsidlar, gerbitsidlar, turmushda ishlatiladigan ba’zi moddalar).

  3. Alkogol, nikotin, giyohvand moddalar.

  4. Viruslar, bakteriyalar, parazitlarning toksinlari.

Embriogenez buzilishlari, ularning mexanizmlari, oldini olish yo‘llarini teratologiya fani o‘rganadi.

Tug‘ma nuqsonlar — prenatal ontogenezda (tug'ilguncha) kelib chiqadigan a’zoning tuzilishi va funksiyalarida buzilishlardir. Anomaliyalarning nuqsonlardan asosiy farqi - - odatda funksiyaning buzilishi kuzatilmasligidir.

Nuqsonlar morfo-fiziologik buzilishlar xiliga qarab quyidagi- larga bo‘linadi:



  1. Aplaziya — a’zoning yoki uning bir qismining bo'lmasligi.

  2. Gipoplaziya — a’zoning sust rivojlanganligi.

  3. Gipotrofiya — tana yoki a’zo massasi kamavishi.

  4. Gipertrofiya — tana yoki a’zo massasi ortishi.

  5. Gigantizm — tana o'lchami ortishi.

  6. Geterotopiya (ektopiya) — a’zoning notipik joylashishi.

  7. Geteroplaziya — to‘qimalar differensiatsiyalanishi buzilishi.

  8. Stenoz — kanal yoki teshik torayishi.

  9. Atreziya — kanal yoki teshik bo'lmasligi.

Kelib chiqish sabablariga ko‘ra nuqsonlar quyidagilarga ho'linadi:

  1. Genetik (gen, xromosoma mutatsiyalari natijasida).

  2. Ekzogen (tashqi muhitning zararli omillari ta’sirida).

  3. Multifaktorial (aralash) — genetik va ekzogen omillar natijasida.

Qanday bosqichlarda kelib chiqishiga qarab:

Gametopatiyalar, blastopatiyalar, embriopatiyalar va fetopatiyalar tafovut etiladi.

Embriopatiyalar homilaning 15- sutkasidan 8 haftali davrigacha kelib chiqadi va nuqsonlarning asosiylarini tashkil qiladi. Fetopatiyalar 9-10- haftadan keyin kelib chiqadi, ularda qo‘pol morfologik buzilishlar kuzatilmaydi, asosan ruhiy rivojlanish buzilishlari, massa kamayishi, funksional buzilishlar kuzatiladi.

Kelib chiqish kelma ketligiga qarab: Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar kuzatiladi. Ikkilamchi nuqsonlar birlamchi nuqsonlar asorati sifatida yuzaga chiqadi.

Filogenetik ahamiyatiga qarab:

  1. Filogenezga bog'liq nuqsonlar (ularni atavistik nuqsonlar ham deyiladi).

  2. Nofilogenetik nuqsonlar infovut etiladi. Filogenetik nuqsonlar xordalilar vakillarida ucliraydigan a’zolarga o'xshaydi (bo‘yin va bel umurtqalari, qattiq tanglay qo’shilmaganligi va boshqalar).

Nofilogenetiк nuqsonlar ajdodlar a’zolariga o'xshamaydi va embriogenez bnzilislilari ta’sirida kelib chiqadi.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish