53- rasm. Odam ajdodlarining kalla suyaklari. a—sinantrop; b—neandertal; d—kromanon.
yaqin joyda eng qadimgi odamlarga mansub bo'lgan sinantrop va Germaniyada Geydelberg odamlari aniqlangan.
Eng qadimgi odamlardagi tik yurish holati old oyoqlarni yurish vazifasidan ozod qilib, mehnat qilish a’zosi — qo‘lga aylantiradi. Miya hajmining kattalashuvi va jamoa hosil qilib mehnat qilish antropogenezda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Nutq, fikr yuritish, jamoa bo‘lib yashash, mehnat qilish odam evolutsiyasini yanada yuqori ko‘taruvchi jarayonlardir. Paleo- antroplarda ana shu xususiyatlar yanada mukammallashadi. Natijada, ular birmuncha murakkab qurollar yasay oladilar, jamoada o‘zaro munosabatlar ham yuqori pog'onaga ko‘tariladi.
Paleoantroplargn 1856 yilda Germaniyaning Neander daryosi yaqinida topilgan neandertal odam kiradi. Qadimiy odamning qoldiqlari Surxondaryoning Teshiktosh g‘orida, Qrimda ham topilgan.
Neandertal odamning bo'yi 158 sm, miya hajmi 1400 sm3 bo‘lib, noqulay ob-havo sharoillnridn ynshagan. Shu sababli ularda dinning kurtaklari shakllangnn. Dnstlnbki hozirgi zamon odamlari Fransiyaning Kromanon volinsi yaqinida topilgan. Ularning bo‘yi 180 sm, miya liajnii 1600 snr1, ko‘z kosasida do‘nglik yo‘qolgan, peshonasi keng, nutq yaxshi rivojlanishi sababli pastki jag‘ suyagi birmuncha turtib chiqqan. lllar o‘zlari yashagan g‘orlar devorlariga rasmlar chizishgan, ularda tosh qurollardan tashqari, suyakdan yasalgan ignalar ham bo‘lgan, kulolchilik hunarining kurtaklari ham paydo bo‘lgan. Din ham rivojlana boshlagan.
Kromononlar va hozirgi zamon odamlari — Homo sapiens ongli odam turini hosil qiladilar.
Odam Yerning qaysi qismidan kelib chiqqanligi muammosi bo‘yicha fanda monotsentrizm va politsentrizm nazariyalari mavjud. Monotsentristlar fikriga ko‘ra, odam Yer sharining bir qismida (masalan, Janubiy Afrikada) shakllangan va keyinchalik Yerning qolgan qismlariga tarqalib ketgan. Politsentrik nazariya, aksincha, odam Yerning turli qismlarida paydo bo‘lgan. Yerning ma’lum hududlariga moslanishi natijasida turli irqlar kelib chiqqan, degan g‘oyani ilgari suradilar. Masalan, politsentrik nazariyaga asosan, mongoloid irq sinantroplardan, negroid irq pitekantroplardan rivojlangan degan fikr mavjud.
Gominidlar filogenezi „Mozaik evolutsiya“ bo‘lib hisoblanadi. Chunki a’zo va sistemalar bir me’yorda rivojlanmaydi. Homo sapiens- dan boshlab miya intensiv rivojlana boshlaydi. Ana shu holat antropogenezning o‘ziga xos xususiyatlaridan bo‘lib, tashqi muhit hodisalarini o‘rganish, ulardan amaliy foydalanish (fikr yuritish, 25- mavzu. Antropogenez. Bosqichlari, yo‘naltiruvchi kuchlari. Odam irqlari 209 tafakkur qilish) jamoa bo‘lib yashashning mukammallashuvini ta’minlagan.
Antropogenez natijasida faqat bir tur — Homo sapiensning kelib chiqishi ham odam evolutsiyasi xususiyatlaridan hisoblanadi. Antropogenezning harakatlantiruvchi kuchlari, biologik va ijtimoiy omillarning odamning kelib chiqishiga ta’siri haqida fanda qarama- qarshi fikrlar mavjud. Ayrim antropologlar biologik va ijtimoiy omil dastlab birgalikda ta’sir ko'rsatib, keyingi bosqichlarda ijtimoiy omil yetakchi ahamiyatga ega bo'lgan degan fikrni aytadilar.
Ikkinchi guruh antropologlar biologik omil — tabiiy tanlash va yashash uchun kurashning ahamiyati katta deb da’vo qiladilar. Ana shu oqim antropologlari Ch.Darvin evolutsion g‘oyalarini soxtalash- tiradilar va fanda yangi bir reaksion oqim — ijtimoiy darvinizmning shakllanishiga olib keladilar.
Umuman olganda, bioijtimoiy omillar jamoaning yashab qolishini, oila, qabilalarning kelib chiqishini ta’minlaydi. Natijada, morfo- fiziologik xususiyatlar shakllanadi, tik yurish, qo‘l kafti, bosh miya, ijtimoiy munosabatlarning mukammallashuviga sabab bo‘ladi.
Bioijtimoiy tanlash natijasida odam biologik tur sifatida shakllanadi. Shuni ham aytib o‘tisli kcrakki, bunday tanlash shu kunlarda ham davom etmoqda, odam turining yanada mukammallashuviga olib kelmoqda. Biologik evolutsiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u odamlar orasida morfologik belgilarning polimorfizmini hosil qiladi. Ayniqsa, odamlar bir-birlaridan tashqi ko'rinishlari bilan juda farqlanadilar. Insoniyat soni juda katta (6 milliard) bo‘lishiga qaramasdan bir-biriga o‘xshash ikki odamni topish mumkin emas (bundan monozigot egizak mustasno). Ular butun tuzulishi, ko‘z joylashishi, teri chiziqlari, yurishi, so'zlashishi, muloqat qilishi, hulq-atvori, qobiliyati va boshqa-boshqa sifat hamda belgilari bilan farqlanadilar. Ana shunday farq qiluvchi polimorf belgilar odamning irsiy omillari bilan ta’minlanadi.
Odamlardagi polimorfizmni fiziologik belgilarda ham kuzatish mumkin. Yer sharining ayrim joylarida yashovchi mahalliy populatsiyaga mansub kishilarda ma’lum kasalliklarga nisbatan lug‘ma immunitet kuzatiladi. Afrika va O‘rta Yer dengizi atrofida yashovchi odam populatsiyalari tropik bezgak paraziti ta’siriga Lurg'un, ya’ni ularda immunitet tug‘ma bo‘ladi. Bu immunitet balanslashtiruvchi (tenglashtirUvchi) tanlash natijasidir. Bunda geterozigot organizmlar ikkala gomozigotalar ustidan ustun keladilar. Yer sharida qon guruhlarining tarqalishi ham o‘ziga xosdir. Jiiiinbiy Amerika, Yevropa populatsiyalarida asosan I qon guruhi
Ы Tibbiy biologiya va genetika juda keng tarqalgan. Osiyo populatsiyalarda esa II qon guruhining ko‘proq tarqalganini ko‘rish mumkin.
Kichik populatsiyalarda ko‘pincha tanlash yuzaga chiqmaydi, ularning faqat genetik strukturasi o'zgarib boradi va bu holat genlar dreyfi deb yuritiladi. Ba’zan odamning kichik populatsiyalari izolatsiyalangan bo‘ladi. Ana shunday kichik populatsiyalarda ham genlar dreyfini kuzatish mumkin. Masalan, Shimoliy Grenlandiyadagi izolatsiyalangan eskimoslar populatsiyasida 270 kishi bo‘lib, ularda A guruhli qon 90% ni tashkil etadi. Ana shunday holatni Avstraliya aborigenlarida, Shimoliy Amerika diniy sektalari orasida ham kuzatish mumkin.
Odamlarning bar xil geografik va iqlim sharoitida yashashi ularning tashqi tuzilishiga ta’sir ko'rsatadi. Ana shunday belgilarga teri, soch va ko'zlarning rangi, qovoq, burun, lablar, yuz, bosh skeleti shakllari, tana uzimligi va tana a’zolarining o‘zaro proporsiyalari kiradi.
Somatometrik va somatoskopi к tekshirishga asoslanib, odamlarning yashash joylariga qarab antropolog olimlar odamlarni bir necha antropologik guruhlarga ajratadilar (54- rasm).
Zamonaviy tasnif bo'yicha antropologlar uchta katta irqni ajratadilar:
Negroid — Afrika, Avstraliya.
Yevropoid — Yevropa, Osiyo.
Mongoloid — Osiyo, Amerika.
Do'stlaringiz bilan baham: |