Ijtimoiy darvinizm. Ch.Darvin o‘z ta’limotida M.Geksli bilan bir qatorda ayrim biologik tushunchalarni jamiyat qonunlarini o'rganishda qo'llab bo'lmasligini aytib o'tgan. Shunga qaramasdan ayrim antropolog olimlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlash kabi biologik tushunchalarni asossiz ravishda ijtimoiy qonunlarni o'rganishga tadbiq eta boshladilar. Natijada, ular odam evolutsiyasida, insoniyatning rivojlanishida tanlash, yashash uchun kurash yetakchi ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatishga urindilar. Ana shu biologik qonuniyatlarni ijtimoiy kategoriyaga aylantirishga uringan oqim biologiyada ijtimoiy darvinizm deb yuritiladi. Ijtimoiy darvinizm- ning o‘zi ikki oqimni hosil qiladi: 1) irqiy antropologiya; 2) irq gigiyenasi (yevgenika).
Irqiy antropologiya tarafdorlari irqlar orasidagi raqobat jamiyat- ning rivojlantiruvchi kuchi deb hisoblaydilar.
Irq gigiyenasi g‘oyasi F.Galton tomonidan ishlab chiqilgan. F.Galton g'oyasiga asosan odamning aqli va ma’naviy saviyasi irsiyat tomonidan belgilanadi. Shu sababli F.Galton fikricha, jamiyatda ijtimoiy tabaqalar — boylar, kambag'allar bo'lishi irsiy omillarning namoyon bo'lishi natijasidir. Natijada, yevropaliklar, Afrika negrlari, Avstraliya aborigenlari aqliy jihatdan har xil pog'onalarda joylashib qolganlar. Bunda yevropaliklar yuqori pog'onadagi jamiyat vakil- laridir, deb da’vo qilinadi.
F.Galton yevgenika terminini fanga kiritib, irq gigiyenasi bilan Hhug'ullanishga da’vat etadi. Irq gigiyenasi tarafdorlari kishilarning turmush sharoitini yaxshilash ishlariga, tibbiyot yutuqlarining yashashga haqqi bo'lmaganlarga, ya’ni kambag'allarga xizmat qilishga qiirshi chiqadilar. Ocharchiliklar, epidemiyalar, bolalar o'limi kabilar jnmiyatning nomunosib kishilarini, ya’ni kambag'allarni o'limga olib kelishi kerakligini uqtiradilar. Kambag'allar oilasida ko‘p bola tug'ilishi aristokrat oilalarga mansub genlarni jamiyatdan siqib chiqaradi, deb hisoblaydilar.
Shunday qilib, antropogenez juda uzoq davom etgan tadrijiy taraqqiyotdir va odamning kelib chiqishida faqat biologik omillargina ahamiyat kasb etmay, ijtimoiy omillar ham yetakchi kuchlardan hisoblanadi.
Mashg‘ulotning maqsadi.
Antropogenezning bosqichlari va omillarini o‘rganish, talabalarda odamning kelib chiqishi masalasi bo‘yicha dialektik dunyoqarashni shakllantirish, odam irqlarining shakllanishini va ular orasidagi morfologik farqlarning koiil) chiqish sabablarini aniqlash, irqlarning hammasi bir biologik turga mansubligi va ularning kelib chiqishining umumiyligi haqida talabalarda tushuncha hosil qilish.
Talabalarning iniiHtaqil tayyoilanishi uchun topshiriqlar.
Mavzuni o'rganing,
Antoropogenezning solishLirma anatomik dalillarini bilasizmi?
Antropogenezning biokimyoviy va immunologik dalillari haqida nimalarni bilasiz?
Antropogenezning silogenetik dalillari haqida nimalarni bilasiz?
Antropogenez bosqichlarida odamning shakllanishiga biologik va ijtimoiy omillarning La’siri qanday?
Antropogenez qanday bosqichlardan iborat?
Ijtimoiy darviniznming qaysi oqimlarini bilasiz va ular qanday g'oyalarni ilgari suradilar?
Odamning hayvonot olamida tutgan o‘rni qanday?
Antropogenezninig monotsentrizm va politsentrizm nazariyalari haqida tushunchalarga egasizmi?
Odam irqlari va ularning xarakterli belgilarni aytib bering.
Yyevgenika haqida qanday tushunchalarga egasiz?
Vaziyatga oid masalalarni yeching, test topshiriqlartni bajaring va javoblaringizni isbotlang.
O‘quv jihozlari.
Rasmlar va jadvallar, antropogenez bosqichlariga mansub qazilma kalla suyaklari, qo‘l va oyoq skeletlari, ajdodlarimiz yasagan mehnat qurollari, videofilmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |