20- mavzu. Evolutsiya elementar omillarining odam populatsiyalariga ta’siri 163 kasallik batamom tugatildi. 0‘roqsimon hujayrali kamqonlikka uchrash chastotasi sizning fikringizcha qachon yuqori bo‘lgan? Javobingizni isbotlang.
0‘zbekistonning tog‘li hudadlarida yonma-yon joylashgan ikkita qishloq aholisida IA va IB qon guruhlari chastotasi keskin farqlanadi. Bu hodisaning sababini tushuntirib bering.
G‘arbiy Yevropa va Rossiya hududida yashovchi populatsiyalar orasida IB qon guruhlari chastotasida ancha farq mavjud. Rossiya populatsiyalarida IB chastotasi yuqoriroq. Bu hodisaning qanday evolutsiya omillari ta’siriga bog'liqligini tushuntiring.
Test topshiriqlari. Alohidalanishda ayrim genlar chastotasi ortib ketishi sababini toping:
A. Gametogenezda xatoliklar. B. Autbriding nikohlar. D. Mutat- siyalarning yuqori chastotasi. E. Musbat assortativ nikohlar. F. In- briding nikohlar.
Pomir tojiklari izolatlari orasida nimaga ko‘k ko‘zli, ochrang sochlilar ko‘p?
A. Ular Iskandar Zulqarnayn avlodi degan afsona bor. B. Baland toglarda bu belgilar adaptiv ahamiyatga ega. D. Bu genlar dreyfi natijasidir. E. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida dominant genlar mutatsiyalangani uchun. F. Bunday oilalar serfarzand boTganligi uchun.
Populatsiyalarda individlar soni o‘zgarishlariga nima sabab bo‘ladi?
A. Mutatsion jarayonlar. B. Hayot toTqinlari. D. Alohidalanish. 15. Tabiiy tanlash. F. Sun’iy tanlash.
ABO qon sistemasi guruhlarining yuqumli kasalliklar bilan bog'lanishiga to‘g‘ri misolni toping:
A. О qon guruhli shaxslarda sifilis ko‘proq uchraydi. В. О qon guruhli shaxslar vabo bilan og‘rimaydilar. D. О qon guruhli shaxslar o‘lat bilan ko‘proq kasallanadi. E. A qon guruhli shaxslarda qora chechak kam uchraydi. F. Bunday bog‘lanishlar kuzatilmaydi.
Odam populatsiyalarida „avlod boshi effekti":
A. Yangi populatsiya bir nechta er-xotinlar juftidan boshlab ri vojlanganda kuzatiladi. B. Autbridingda kuzatiladi. D. Kuza- lilmaydi. E. Tanlash omili hisoblanadi. F. Populatsiyada getero- zigotalikni oshiradi.
Genlar dreyfi:
Л. Tanlash ta’sirisiz populatsiyalarda genlar chastotasining tasodifiy
o'zgarishlari. B. Genetik o‘zgaruvchanlikni oshiradi. D. Gete- rozigotalar sonini ko‘paytiradi. E. Gomozigotalar sonini kamaytiradi. F. Populatsiyaning fenotipik barqarorligini oshiradi.
Ona bilan pushtning ABO qon guruhlari mos kelmasligida tanlashning qaysi shakli ta’sir qiladi?
A. Dizruptiv shakli. B. Harakatlantiruvchi shakli. D. Gomozi- gotalarga qarshi. E. Geterozigotalarga qarshi. F. Hamma javoblar bir-birini to‘ldiradi.
Odamlar populatsiyalarida tabiiy tanlash:
A. Ijodiy omil hisoblanadi. B. Dizruptiv shaklda ta’sir qiladi. D. Harakatlantiruvchi shaklda ta’sir qiladi. E. Stabillashtiruvchi shaklda ta’sir qiladi. F. Ta’sir qilmaydi.
Qon guruhlari bo‘yicha polimorfizm:
A. Yomon o‘sma bilan kasallanish xatarini oshiradi. B. 0‘sma kasalligiga moyillik qon guruhlariga bog’liq emas. D. Har xil qon guruhlari ma’lum kasalliklarga moyillik markeri hisoblanashi mumkin. E. Odamlar uchun xos emas. F. Odamning hayvonlardan kelib chiqqanligining misoli bo’lishi mumkin.
Kolonizatorlar Amerika aholisiga qarshi o'lat bakteriyalari bilan zararlangan kiyimlar tarqatib biologik kurash olib borganligining sababini tushuntiring:
A. Bu joylarda II qon guruhlari ko‘p uchraydi. В. I qon guruhlilar o‘lat bilan tez kasallanadi. D. O‘lat bakteriyasida II qon guruhiga antigen mimikriyasi kuzatiladi. E. Amerikaliklar o‘latni davolashni bilishmagan. F. Bu hodisaning qon guruhlari genetikasiga aloqasi yo‘q.