2. P. R. 01imxo‘jayeva —



Download 4,54 Mb.
bet100/227
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#199132
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   227
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

ABD

E

G
Ontogenez va filogenez ora­sidagi bog‘Ianishlar. Xordalilar tipining har xil sinflari va turlari vakillarining homilalari rivojlani- shi bosqichlarini solishtirib o‘rga- nish natijasida K.Ber homilalar o‘xshashligi qonunini kashf etdi (38- rasm). Bu qonunning asosiy qoidalari quyidagicha ta’riflanadi:

38- rasm. Turli sinflarga mansub и in urtqali hayvonlarning embrional rivojlanishi: A—baliq; В—salaman- ilrn; l)-toshbaqa; E—qush; F—qu- yon; (1—odam.

  1. Bir sinfga kiruvchi hayvonlar homilalari rivojlanishning ilk bosqichlari o‘xshash bo‘ladi.

  2. Homilalarda awal tipga xos umumiy belgilar, keyin esa sinfga, avlodga, turga va individga xos belgilar rivojlanadi.

  3. Bir tipga kiruvchi homilalar tobora bir-biridan farqlanib boradi.

K.Ber evolutsionist bo‘lmagani uchun bu qonunni filogenez bilan bog‘lay olmadi.

1866- yilda E.Gekkel va F.Muller asosiy biogenetik qonunni kashf etishdi. Bu qonunga asosan ontogenez filogenezning qisqacha va tez takrorlanishidir. Ajdodlar uchun xos bo'lgan belgilarning qaytarilishi rekapitulatsiya deyiladi. Homilaning ilk rivojlanishi bosqichlari konservativ xarakterga ega bo'lib, to‘liq yuzaga chiqadi. Bunday belgilarga xorda, nerv naychasi ichak, somitlar rivojlanishi misol bo‘la oladi. Konservativ belgilar rekapitulatsiyasi pallingenez deyiladi. Ontogenez jarayonida faqat eski belgilar takrorlanmasdan homilalar va lichinkalarning muhit sharoitiga moslashishini ta’minlovchi yangi o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Bu yangi o‘zga- rishlarni senogenezlar deyiladi. Senogenezlar keyingi avlodlar embriogenezida ham qaytariladi, lekin yetuk organizmlarda saqlanmaydi. Ularga provizor a’zolar: amnion, xorion, allontois, sariqliq qopchasi, platsenta misol bo'la oladi. Sunday qilib, senogenezlar ontogenezning ilk bosqichlarida adaptiv ahamiyatga ega.



Filembriogenezlar yangi hosil bo‘ladigan o‘zgarishlarning ikkinchi xili bo‘lib, ular homila davrida hosil bo‘lsa ham ularning adaptiv ahamiyati yetuk organizmlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, sutemizuvchilarda jun qoplami kurtaklari embriogenezning ilk bosqichlarida paydo bo‘ladi, lekin uning ahamiyati yetuk organizmda yuzaga chiqadi. Filembriogenezlar to‘g‘risidagi ta’limotni rus olimi A.N.Seversov yaratgan.

Filembriogenez qanday bosqichlarda yuzaga chiqishiga qarab 3 tipga ajratiladi:



  1. Anaboliyalar — homila rivojlanishi oxirida, a’zo deyarli to‘liq rivojlanib bo‘lganidan keyin kelib chiqadigan o'zgarishlar. Ularga odam homilalarida miya qutisi choklari birikishi, qon tomirlarining qayta taqsimlanishiga ta’sir qiluvchi o‘zgarishlarni misol qilish mumkin.

  2. Deviatsiya — embriogenezning o‘rta bosqichlarida kuzatiladi. Bunga sutemizuvchilar va odamda yurak qorinchalari orasida to'siqning hosil bo'lishi misoldir.

  3. Arxallaksis — embriogenezning ilk bosqichlarida hosil bo‘ladi, yangi kurtaklar rivojlanadi. Uning misoli sifatida sutemizuvchilarda jun qoplami kurtaklari hosil bo'lishini keltirish mumkin.

Shunday qilib, arxallaksis o‘zgarishlar natijasida rekapitulatsiya kutilmasligini, deviatsiya natijasida faqat ilk belgilar rekapitu- latsiyalanishini, anaboliyada esa rekapitulatsiya to'liq namoyon bo'lishini tushunish qiyin emas.

Ontogenez evolutsiyasini tushunishda geteroxroniya va geterotopiya katta ahamiyatga ega.



Geteroxroniya — a’zo kurtagi paydo bo’lish vaqti o’zgarishi. Evolutsion ahamiyati yuqori bo’lgan a’zolar kurtagi tezroq rivojlanishi mumkin. Masalan, odamda oldingi miya miyaning boshqa qismlariga nisbatan tez rivojlanadi.

Geterotopiya — a’zo kurtagi joyi o'zgarishi. Geterotopiyaga yurakning sutemizuvchilarda, baliqlarga nisbatan joyining o'zgarishi misol bo‘la oladi.

Mashg‘ulotning maqsadi.

Talabalarda a’zolar va sistemalarning filogenezida morfologik va funksional o‘zgarishlar qonuniyatlari, bu bilimlarning tibbiyotdagi ahamiyatlari, bu o‘zgarishlar zamini, prinsiplari, uslublari, ontogenez va filogenez orasidagi bog‘lanishlar, ularning tibbiyotdagi ahamiyati haqida bilimlarni shakllantirish.

Talabalaming mustaqil tayyorlanishi uchun topshiriqlar.



  1. Mavzuni o'rganing, quyidagi savollarga javob toping:

  1. Evolutsion morfologiyaning tibbiyotdagi ahamiyatini bilasizmi?

  2. Evolutsion morfologiyaning asosiy vazifalari va metodlarini nytib bering.

  3. Evolutsion morfo-fiziologik o'zgarishlarining asosiy prinsiplari va zaminlari qanday?

  4. A’zolar evolutsion o‘zgarishlari uslublarini misoliar yordamida l.ushuntiring.

  5. Ontogenetik va filogenetik korrelatsiyalar turlarini misoliar yordamida tushuntiring.

(>. Homilalar o‘xshashligi qonuni va asosiy biogenetik qonunni I iiHhimtirib bering.

  1. Rekapitulatsiya, pallingenez, senogenez tushunchalarini izohlab bering, misoliar keltiring.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish