Patogen ta’siri. Askarida metabolitlarining zaharli ta’siri natijasida bosh og‘rig‘i, ko'ngil aynish, mehnat qobiliyati susayishi kuzatiladi. Ayniqsa yosh bolalarda ichakni to‘sib qo'yishi mumkin. Lichinkalar migratsiyasi vaqtida allergik reaksiyalar va pnevmoniya kuzatilishi mumkin (migratsion askaridoz).
Laboratoriya tashhisi. Axlatda tuxumlarni, balg‘amda lichin- kalarni tekshirishga asoslangan.
Profilaktikasi. Shaxsiy profilaktikasi — qo‘lni yaxshilab yuvish, sabzavot va mevalarni issiq suvda yaxslii yuvib iste’mol qilishga asoslangan. Jamoat profilaktikasi odamlar yashash joylarini obodonlashtirish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, kanali- zatsiyalashtirish, kasallarni davolash, degclmintizatsiyalash, pashshalar, suvaraklarga qarshi kurash, sanitariya-oqartuv ishlarini yo'lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Ostritsa (Enterobius vermicularis)
Ostritsa (Enterobius vermicularis) — enterobioz qo‘zg‘atuvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |