I
5(i- Гант. I.oynluiiaiiiyii.
a—xo‘jayin lnijayi'asidn xivchiiiHizlar; l> nun’iy o'wtirilgan xivchinli
leyshmaniyalar. 1 leyslinianiyalar, 2 -xo'jayin liujayrasi yadrosi.
tekshirish orqali tashliis qo’yilndi. Leyshmaniyalarni sun’iy ozuqa muhitlarida o‘stirish miniikin.
Profilaktika. Shaxsiy choralar iskabtoparlar chaqishidan himoyalanish. Jamoat choralnii iskabtoparlar ko‘payishiga qarshi choralarini amalga oshi pish, kemiruvchilarni va daydi itlarni yo‘qotish.
Leyshmaniya (Leishmania tropika)
Leishmania tropika Leri, leyshmaniozi (Borovskiy kasal- ligi)ning qo‘zg‘atuvchi.si.
Ikkita asosiy shakli: L.lropica maior va L.tropica minor mavjud. Teri leyshmaniozi qo'zg'atuvchisi toshkentlik olim P.F.Borovskiy tomonidan kashf etilgan.
Xo‘jayin organizmda joylashishi. Xivchinsiz shakllari odam va hayvonlar terisidagi fagotsitar hujayralar sitoplazmasida yashaydi. Xivchinli shakllari esa iskabtopar organizmida yashaydi.
Geografik tarqalishi. Yevropa, Osiyo, Amerika, Markaziy Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarida uchraydi.
Morfologiyasi. Ichki leyshmanioz qo'zg'atuvchisidan deyarli farqlanmaydi.
Hayot sikli. Yuqish manbai odamlar, qumsichqonlar, yumron- qoziqlar, olmaxon va boshqa sahro, yarimsahro kemiruvchilari hisob- lanadi. Ichki leyshmaniyaga qaraganda teri leyshmaniozi tarqalishida odam ishtiroki ancha kamdir. Odamga iskabtopar chaqishi natijasida yuqadi.
Patogen ta’siri. Tananing ochiq joylarida juda qiyin tuzaluvchi yaralar kuzatiladi. Yaralar bitganidan keyin o'rnida chandiqlar qoladi.
Laboratoriya tashhisi. Yaralardan surtmalar olib, bo‘yab, mikroskop ostida tekshirish orqali tashhis qo‘yiladi.
Profilaktikasi. Shaxsiy choralar — iskabtopar chaqishidan saqlanish. Jamoat choralari — odamlarni emlash, tashuvchilar, daydi itlar, kemiruvchilarni yo‘qotish. Teri leyshmaniozida mustahkam immunitet hosil bo'ladi.
Leyshmaniozlar tabiiy-manbali kasalliklar guruhiga kiradi. Odam ishtirokisiz yovvoyi tabiatda manbai bo'lgan, odam borib qolganda yuqish mumkin bo'lgan kasalliklarga tabiiy-manbali kasalliklar deyiladi.
Leyshmaniozlar yana amtropozoono2lar guruhiga ham kiritiladi. Odamda ham hayvonlarda ham uchraydigan kasalliklar shunday ataladi.
Tripanosomalar (Trypanasoma) avlodi
Trypanasoma gambiense — tripanosomoz (Afrika uyqu kasalligi) qo‘ zg‘atuvchisi.
Xo‘jayin organizmida joylashishi. Qon plazmasida, limfada, limfa bezlarida, orqa miya suyuqligida, bosh va orqa miya to‘qimalarida parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Ekvatorial Afrikada uchraydi.
Tripanosomoz antropozoonoz, tabiiy-manbali, transmissiv kasal- likdir. (Qon so‘ruvchi, tashuvchilar orqali yuqtiriladigan kasalliklarni transmissiv kasalliklar deyiladi).
Morfologiyasi. Parazitning xarakterli belgisi pellikula (hujayra qobig‘i) va xivchin orasida to'lqinlanuvchi membrana mavjudligidir (57- rasm).
Hayot sikli. Yuqish manbai odamlar, echkilar, bug‘ular, cho‘chqalar, qo‘ylar, itlar hisoblanadi. Uning maxsus tashuvchisi se-se pashshasi (Glossina palpalis)dir. Xo‘jayinlar almashtirib, murakkab rivojlanish siklini o‘tadi, jinssiz ko‘payadi.
Patogen ta’siri. Kasallarda seruyqulik, mushaklar holsizligi alomatlari kuzatilib, kasallik 7-10 yilgacha davom etadi va ko‘pincha o'limga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |