2. O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi


yilda har ming kishiga nisbatan O‘zbekistonda tug‘ilish 24,3%, o‘lim 5,1% va tabiiy ko‘payish 18,9%ni tashkil etadi



Download 158,45 Kb.
bet4/14
Sana02.01.2022
Hajmi158,45 Kb.
#309774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O'IIG

2020 yilda har ming kishiga nisbatan O‘zbekistonda tug‘ilish 24,3%, o‘lim 5,1% va tabiiy ko‘payish 18,9%ni tashkil etadi. Mamlakatimizda 2020 yilda 653,7 ming (1,9%) kishiga ko‘paymoqda. O‘lim darajasida keskin o‘zgarishlar bo‘lmaganligi sababli aholining tabiiy ko‘payishi asosan uning tug‘ilish ko‘rsatkichlariga bog‘liq.

O‘zbekiston sharoitida kichik shaharchalarning ko‘pchiligida real demografik vaziyat oddiy qishloqlardagi holatga o‘xshab ketadi. Ammo, shu bilan birga ta’kidlash lozimki, ba’zi bir yuqori darajada sanoatlashgan shaharlarda tug‘ilish darajasi ancha past. Chunonchi, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tug‘ilish har 1000 aholiga Chirchiq, Yangiobod, Kogon kabi shaharlarda 12-13 kishi atrofida. Hatto tipik sharqona shaharlarimizda ham (Samarqand, Buxoro, Qo‘qon va boshqalar) mazkur ko‘rsatkich 14-15 promellega teng. Natijada, aholining tabiiy ko‘payishi ancha kam - Chirchiq yoki Yangiobodda u 5 promellega ham yetmaydi. Albatta, bunday demografik vaziyat respublikamiz uchun uncha an’anaviy emas. Bu, o‘z navbatida, demografik jarayonlarda ham o‘ziga xos o‘tish davri kechishidan dalolat beradi. Tabiiyki, bu jarayonlar yaqin kelajakda mehnat resurslrining shakllanishiga, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.

Viloyatlar bo‘yicha tug‘ilish va tabiiy ko‘payishning nisbatan katta ko‘rsatkichlari Qashqadaryo va Surxondaryoda, ularning past darajasi esa Toshkent va Navoiy viloyatlarida kuzatiladi. Poytaxt viloyatida tabiiy ko‘payish 18,3 promelleni tashkil etadi. O‘lim ko‘rsatkichlarida uncha katta tafovut yo‘q; uning eng kam miqdori tug‘ilish ancha yuqori bo‘lgan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bunday nisbat mazkur hududda aholi sonining tezroq ortib borishiga olib keladi.

Respublika aholisining ko‘payishida tashqi migratsiyaning ham roli bor. Ammo bu omilning ijobiy ta’siri ko‘proq avvalgi yillarga to‘g‘ri kelgan. 1970- va, xususan, 1980-yillar oxiridan boshlab ushbu jarayon O‘zbekiston uchun manfiy natijaga ega bo‘lgan. Bu asosan bir vaqtlar O‘zbekistonga ko‘chib kelganlarning yana o‘z vatanlariga qaytib ketishlari natijasida yuz bergan.

Shuningdek, keluvchilar soni muntazam ravishda kamayib borgan, ketuvchilar miqdorida esa aniq, bir yo‘nalishdagi jarayon uncha sezilmaydi. Masalan, respublikamizdan tashqariga ketganlarning eng ko‘p miqdori 1990 yilda kuzatiladi. Biroq, shu yili kelganlar soni ham nisbatan ko‘p bo‘lgan. Buning natijasida migratsiya qoldig‘i (saldosi) minus 121 ming kishini tashkil qilgan. 1994 yilda ketganlar soni avvalgi yillarga qaraganda uncha ko‘p bo‘lmasada, ammo kelganlar juda ozchilikni tashkil qilgan (mos ravishda 179 va 38 ming kishi), oqibatda migratsiya qoldig‘i ko‘rilayotgan davrda eng yuqori bo‘lgan (minus 141 ming kishi).

2020 yilda O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar 191.2 ming kishi, ketganlar 203,7 ming kishi, migratsiya qoldig‘i minus 12,5 ming kishi.

Ko‘chib ketuvchilarda Qashqadaryo (31,7 ming), Toshkent viloyati (26,4 ming), Surxondaryo (19,4 ming), Samarqand (18,0 ming) oldinda.

Kuchib keluvchilarda Toshkent shahri (77,9 ming kishi), Toshkent viloyati (30,8 ming kishi), Farg‘ona (9,7 ming kishi) yetakchi.

1991-1997 yillarda respublika shahar joylari bo‘yicha netto-migratsiya, ya’ni sof salbiy migratsiya qoldig‘i rus millatiga mansub bo‘lganlarda, tatarlarda, yahudiylarda, ukrainlarda, nemislarda. Ketuvchilarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, O‘zbekiston Ukraina va Qozog‘iston davlatlari bilan ham bo‘lgan aholi aloqalarida ancha ko‘p manfiy migratsiya qoldig‘iga ega, uning musbat natijasi esa ko‘proq Tojikiston hisobidan yuzaga kelgan.

Qayd etish lozimki, tashqi migratsiyada eng avvalo shahar aholisi qatnashadi. Binobarin, migratsiyaning salbiy oqibati ham aynan shaharlarda va, jumladan, rusiyzabon xalqlar ko‘proq joylashgan sanoat markazlarida kuzatiladi. Shuning natijasida, masalan, Chirchiq, Olmaliq, Angren kabi shaharlarda aholi soni 1991 yilga qaraganda kamaygan yoki juda oz darajada ortgan. Qolaversa, Toshkent shahrida ham aholi soni uncha ko‘p o‘smagan.

Tashqi migratsiyadagi vaziyat shahar joylardagi mehnat resurslarining miqdor va sifat jihatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chunonchi, migratsiyada asosan katta yoshdagilar va malakali ishchi kadrlarning qatnashganlari sababli mehnat resurslaridan foydalanishda muvaqqat muammolar vujudga kelishi muqarrar.

3. Aholining milliy tarkibi. Aholining tabiiy va mexanik harakatidagi o‘zgarishlar uning milliy, jins va yosh tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat, bu yerda 130 ga yaqin millat va elat vakillari teng huquqli bo‘lib yashaydilar. 1989 yil aholi ro‘yhatiga muvofiq, o‘zbeklar jami aholining 71,4 foizini tashkil etgan. 1990-yillarda bir vaqtlar ko‘chib kelgan boshqa millat vakillarining reemigratsiya qilishi tufayli o‘zbeklarning ulushi ko‘paymoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda jami aholisining 82 foizi ( 29,2 mln kishi) respublikaning tub millati - o‘zbeklarda to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonning barcha hududlari ko‘p millatli. Nisbatan sanoatlashgan viloyat va shaharlarda mahalliy xalqlardan tashqari boshqa millat vakillari ham ko‘p (Toshkent, Navoiy viloyatlari, Toshkent, Chirchiq, Angren, Olmalik, Zarafshon, Farg‘ona va boshqa shaharlar). Shu bilan birga, Xorazm viloyati aholisi asosan bir millatli – 97,3 foiz aholi o‘zbeklardan iborat. O‘zbeklarning hissasi Toshkent shahri va viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kamroq.

O‘zbekistonda 752,7 ming atrofida qoraqalpoq millati yashaydi. Ularning aksariyati (94,2 %) Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan. Mamlakatimizda qadimdan tojiklar ham juda ko‘p (1,7 mln ga yaqin) yashab kelgan. Ularning asosiy qismi Surxondaryo, Samarqand, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan. Tojiklar, shuningdek, qisman Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida ham yashaydi. Qozoqlar (821,2 ming kishi) ko‘proq Qoraqalpog‘istonda hamda Navoiy va Toshkent viloyatlarida, qirg‘izlar (291,6 ming kishi) Jizzax, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida, turkmanlar (206,2 ming kishi) – Surxondaryo va Qashqadaryo, Qoraqalpog‘istonda joylashgan. Bulardan tashqari, respublikamizda ruslar (720,3 ming), ukrain, tatar, koreys, boshqird, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor. Ularning ko‘pchiligi shahar joylarida istiqomat qiladi.

Aholining jinsiy tarkibi tenglashib bormoqda (Erkaklar 50,3%, 17 570 079 kishi; ayollar 49,7%, 17 430 079 kishi). Shaharliklar orasida ayollar ko‘proq (50,2 foiz), qishloqlarda esa jinslar o‘rtasidagi farq deyarli sezilmaydi. O‘zbekistonda tug‘ilish nisbatan yuqoriligi sababli aholi tarkibida yoshlar ulushi katta. Respublika aholisining taxminan 16 foizini 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi. Shuning uchun davlatning ijtimoiy siyosatida sog‘lom, barkamol avlod tarbiyasiga, yoshlarga katta ahamiyat berilmoqda.



4. Mehnat resurslar. Respublikada mehnat resurslarining soni ko‘p, biroq ularning jami aholi tarkibidagi ulushi oz. Buning sababi tug‘ilish va tabiiy ko‘payishning yuqoriligidadir. Natijada, “demografik yuk” yoki mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga layoqatsizlar nisbati o‘ziga xos. Masalan, agar Boltiq dengiz bo‘yi davlatlarida oilada 3 kishidan 2 kishi ishlasa, bizda, aksincha, 6 kishidan 2 yoki 3 kishi ishlashi mumkin, xolos.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda (01.01.2021 yil) O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagilar jami aholining 69 foizini tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholi 12486,6 ming kishi, mehnat resurslari 16826,0 ming, iqtisodiyotda band bo‘lganlar 11828,4 ming kishini tashkil qiladi. Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda, noishlab chiqarish sohasida band bo‘lganlar soni tezroq ko‘payib bormoqda.

4-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining umumiy ta’rifi (2 soat).

R E J A:

1. Respublika iqtisodiyotining rivojlanish bosqichi.

2. Sanoatnig rivojlanishi.

3. Qishloq xo‘jaligining o‘sish so‘rati.

1. Respublika iqtisodiyotining rivojlanish bosqichi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan beri o‘tgan tarixan qisqa davr ichida katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi, ana shu davr mobaynida yuz bergan olamshumul o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar va eng asosiysi – iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda to‘g‘ri va oqilona yondoshish mamlakat ichidagina emas, balki jahon hamjamiyatida ham haqli ravishda tan olinmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti ko‘p tarmoqla hududiy-ishlab chiqarish majmuasidan iborat bo‘lib, uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg‘i, mashinasozlik, rangli metallurgiya, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati, ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi.

O‘zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar mavjud. Eng avvalo agroiqlimiy sharoitlarning qulayligi, zaminimizda D.I.Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlarini topilganligi, serunum yerlarimiz borligi va, ayniqsa, xalqimizning mehnatservarligi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari rivojlanishining asosiy omillari hisoblanadi.

Respublikamiz hududida xo‘jalik tarmoqlari, xususan sug‘orma dehqonchilik, savdo, hunarmandchilik qadimdan rivojlanib kelgan. Bunga o‘rta asrlarda uning Buyuk Ipak yo‘lida, o‘ziga xos uning muhim bo‘g‘ini sifatida joylashganligi ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘z navbatida, sug‘orma dehqonchilik madaniyati, faqat qishloq xo‘jalik ekinlarini yerlarni sug‘orish asosida yetishtirishgina emas, balki u bilan bog‘liq boshqa tarmoqlar – fan, xalqaro savdo, shaharsozlik kabilar rivojlanishi bilan keng ma’noda tavsiflanadi. Binobarin, aytish mumkinki, vatandoshlarimiz tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, jumladan, al-Xorazmiy, al-Beruniy, at-Termiziy, Abu Ali Ibn Sino, al-Farg‘oniy, Bobur va boshqalarning olamshumul ilmiy ishlari ham sug‘orma dehqonchilik madaniyati (sivilizatsiyasi) bilan hamohang va chambarchas bog‘liq bo‘lgan.

Hozirgi kunda esa mustaqil respublika milliy iqtisodiyoti, jahonning ko‘pgina yetakchi mamlakatlari qatorida, bozor munosabatlari sharoitida shakllanib va rivojlanib bormoqda. Eng muhimi ko‘pchilik mamlakatlar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘zining milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda bir qator qiyinchiliklarga uchragan davrda, respublikamizda bu soha yuqori va barqaror sur’atda yuksalib bormoqda.


Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni turli mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar negizida ro‘y beradi va asta-sekin rivojlanib boradi. Shu bilan birga bunday mamlakatlarning har biri bu borada o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xo‘jalik tarkibi va yo‘nalishi, mamlakatning geografik o‘rni, tabiiy-iqlim sharoitlari, mavjud tabiiy boyliklar, milliy urf-odatlar, aholi mentaliteti bilan belgilanadi. Aytib o‘tilgan ana shu omillar e’tiborga olinib, respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning milliy modeli shakllantirilgan.


Umuman mustaqillik yillarida yalpi ichki mahsulot o‘sishi bo‘yicha to‘rt asosiy davrni ajratish mumkin.

Birinchi 1991-1995 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrni turli iqtisodiy-siyosiy omillar tufayli yuzaga kelgan depressiv davr, deb atash mumkin. Bunda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar oldingi yilga va 1990 yilga nisbatan past bo‘lgan. Xususan, 1992 yilda o‘sish, aslini olganda – kamayish juda sezilarligi qayl etiladi (88,9 %.).

Ikkinchi davr 1997-2003 yillarni o‘z ichiga oladi (tiklanish davr). Bu yillarda yalpi ichki mahsulot (YaIM) qiymati oshib borgan, ammo barqaror bo‘lmagan. Eng muhimi umumiy o‘sish koeffitsienti aholi ko‘payishidan yuqoriroq bo‘lsada, bu nisbat 1:4 ko‘rinishga bo‘lmagan.

Uchinchi davr 2004 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davr. Bu davrni barqaror o‘sish, yuksalish yillari sifatida baholash mumkin. Sababi, bu davrda YaIM ning yillik ko‘payish ko‘rsatkichi muntazam ravishda 7,0 foizdan ortiq bo‘lgan. Agar aholi ko‘payish sur’atining 1,6-1,8 foiz atrofida deb olsak, nisbat 4 va undan ortiqrog‘ni tashkil qiladi. Demak, makroiqtisodiy rivojlanish mamlakatimiz aholisining ijtimoiy holatini yildan-yilga yaxshilanib borishini ta’minladi.

To‘rtinchi davr bu 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu davr O‘bekistonning hamjamiyatga yuz tutishi, iqtisodiy aloqalarni yangidan yo‘lga qo‘yishi bilan belgilanmoqda. Chunki, bu davrda O‘zbekistonning tub ma’nodagi uzoq muddatli harakat strategiyasi belgilandi va amalga oshirish choralari ko‘rildi va bajarilmoqda.

O‘zbekiston jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab bormoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi.

1. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtrish.

2. Qonun ustivorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.

3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.

Mamlakatimizda turli yo‘nalishlarda erkin iqtisodiy zonalar shakllantirilmoqda. Jumladan, dastlab Navoiy EIZ tashkil etilgan bo‘lsa, keyin 2ta (Angerin, Jizzax), keyin 4ta (Qo‘qon, Urgut, G‘ijdivon, Xozarasp) va hozirda jami 20 ga yaqin EIZ tashkil etildi va bu jarayon boshqa sohalarda ham tashkil etilmoqda.

Mamlakatimiz farmasevtika resurslariga boy, respublika dorivor o‘simliklarining 70 foizi joylashgan (Dori-dormon xam-ashyosi ekilishi va olinishi uchun 8ta hududda “FARM” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi). Surxondaryo, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida dorivor o‘simliklar ko‘p. Birgina Surxondaryo viloyatida bunday o‘simliklarning taxminan 36-38 foizi joylashgan. Mahalliy dorivor o‘simliklardan foydalanish, shu bilan birga, an’anaviy xalq tabobatining rivojlanishi ham sog‘liqni saqlashda ahamiyatli hisoblanadi. Ayni vaqtda mahalliy dorivorlar asosida dori-dormon tayyorlash maqsadida erkin iqtisodiy zonalar belgilanda va bu hududlarda endilikda katta moydonlarda turli dorivor o‘simliklar ekiladi va undan dori-dormon xam-ashyosi olinadi (Jizzax viloyatida “Zomin-farm”, Surxondaryoda “Boysun-farm”, Toshkent viloyatida “Bustonlik-farm” va “Parkent-farm”, Namangan “Kasansoy-farm”, Sirdaryoda “Sirdaryo-farm” va QQR “Nukus-farm” tashkil etildi).

2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi.

Tashqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2020 yilda 36 milliard dollarga ko‘payganini ta’kidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion so‘mni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga o‘sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 19,5 foizdan 27,4 foizga ko‘tarildi.

Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tartiblarini liberallashtirish tufayli 2020 yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga o‘sdi.

Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinishi mamlakatimiz uchun xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratdi.

Jumladan, joriy yilda 635 million dollarlik va 2,5 trillion so‘mlik davlat yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard so‘mlik va “O‘zavtomotors” aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalari chet el investorlariga sotildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O‘zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda.

Mana, yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarining “J.P.Morgan” investitsiya banki tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston: yuksalish yo‘li” nomli tahliliy hisobotda ham ayni shu fikrlar bayon etilgan.

Sanoat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ham umumiy tarzda ko‘tarilib borgan. Bu esa mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini sanoatlashib borishidan darak beradi. Ayniqsa eng oxirgi yillarda uning o‘sish sur’atini yanada yuqori darajada ekanligi diqqatga sazovordir. Ta’kidlash lozimki, bunday darajaga asosan rangli metallurgiya, mashinasozlik sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanib borishi negizida erishilgan.

So‘nggi besh yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti  24 foizga, sanoat – 34 foiz, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar hajmi esa, 3 barobarga o‘sdi.

O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining an’anaviy tarmog‘i – qishloq xo‘jaligida ham o‘sish kuzatiladi. Biroq, bu o‘sish, sanoat va yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlaridan farqli ravishda, bir tekis emas. Sababi, agroiqtisodiyot sohasining eng muhim xususiyati, ya’ni uning bevosita tabiiy-iqlim sharoiti bilan bog‘liqligi uning turli sur’atlarda rivojlanishiga olib keladi.

Shuningdek, respublikamizda savdo, pullik xizmat, investitsiya, tashqi iqtisodiy aloqalar ham muntazam rivojlanib obrmoqda. Bu esa milliy iqtisodiyot tarkibidagi ijobiy o‘zgarishlar, tarmoqlar tuzilishining diversifikatsiyasi, ya’ni turlanishi, globallashuv va xalqaro integratsiya, ijtimoiy sohalarga jiddiy e’tibor berilishi natijasida yuzaga kelmoqda.

Milliy iqtisodiyotda, 2020 yil yakunlari bo‘yicha, yalpi ichki mahsulotning 82 %dan ko‘prog‘i nodavlat sektorida yaratilgan va bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga qaraganda muntazam ko‘tarilish xususiyatiga ega. Yalpi ichki mahsulotning deyarli 1/4 qismini sanoat ishlab chiqarishi ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligining bu boradagi hissasi 17.8 foiz, transport va aloqa 11,4, savdo 9,0, qurilish 6,4 foizga barobar.

Umumiy jarayon shundan iboratki, yalpi ichki mahsulotni yaratishda eng avvalo sanoat hissasi oshib bormoqda. Bu ijobiy holat hisoblanadi, chunki mustaqillikning dastlabki yillarida gorizontal (hududlararo) iqtisodiy aloqalarning buzilishi sababli sanoat, xususan og‘ir sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlanmadi va, natijada, milliy iqtisodiyotning sanoatlashuv darajasi ancha pasaydi.

So‘nggi yillarda esa amalga oshirilayotgan sanoatni mahalliylashtirish va modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar hisobidan qo‘shma korxonalarni qurish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash darajasini oshirish va, umuman, mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini jadal rivojlantirib borish Davlat dasturini amalga tadbiq etish natijasida sanoat ishlab chiqarishining ulushi sezilarli darajada ortdi. Mazkur jarayon kelajakda ham saqlanib qolinadi.

1-rasm. Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy tuzilishi

Ayni vaqtda agroiqtisodiyot tarmog‘ining nisbiy ko‘rsatkichlari pasayib bormoqda. Bu, bir tomondan, boshqa tarmoqlarning ustuvorroq rivojlanib borishi bilan izohlansa, ikkinchidan, qishloq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida, masalan, paxta yetishtirishda yakuniy ko‘rsaktkichlarning birmuncha pasayib borishi bilan bog‘liqdir.

Asosiy tarmoqlarda sanoat ishlab chiqarishining qishloq xo‘jaligiga nisbatan tezroq rivojlanishi birinchi xususiyat bo‘lsa, xizmat (servis) sohalarning yuqoridagi tarmoqlarga nisbatan ustuvorroq sur’atda rivoj topishi makroiqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlaridagi ikkinchi eng muhim jarayon hisoblanadi. Masalan, xizmat ko‘rsatish sohalarining yalpi ichki mahsulot ichidagi hissasi 2005 yilda 39,5 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 45,0 foizga yetdi.

O‘zbekistonda ko‘plab yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash joiz. Shular qatorida yaqinda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qiymati 2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yilganidan barchangiz xabardorsiz.

Kuni kecha Navoiy viloyatining Karmana tumanida 110 million dollar investitsiya hisobidan ishga tushirilgan quyosh elektr stansiyasi O‘zbekiston energetika tizimida birinchi ulkan qadam bo‘ldi.

Ayni paytda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ikkita yangi zavod – azot kislotasi hamda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Umumiy qiymati 1,5 milliard dollar bo‘lgan ushbu loyihalar evaziga “Navoiyazot”da mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshadi.

Bunday muhim voqealar milliy sanoatimiz tarixida yangi davr boshlanayotganidan dalolat beradi.

Asosiy ko‘rsatkich – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanib borishidir. Bu boradagi umumiy jarayon mazkur sohaning yildan-yilga yuksalishida o‘z ifodasini topadi.

O‘zi “kichik” deb atalsada, uning milliy iqtisodiyotdagi mavqei “kattadir”. Ta’kidlash lozimki, kichik tadbirkorlik – biznesning ulushi kelgusida yanada ko‘tarilib boradi. Ushbu sohaning bevosita ijtimoiy ahamiyatini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur, chunki, jami iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan aholining 72-75 foizini ham aynan kichik tadbirkorlik ta’minlaydi. Qolaversa, respublikada o‘ta dalzarb bo‘lgan aholi bandligi muammosining yechimi ko‘p jihatdan shu soha rivojiga bog‘liq.

Kichik tadbirkorlikning hissasi ayniqsa qishloq xo‘jaligi, qurilish, pullik xizmat va savdoda yuqori. Masalan, jami qishloq xo‘jaligi mahsulotining 98 foizi, qurilishining 54-55, pullik xizmat mahsulotining yarmidan ko‘prog‘i, savdoning yarmiga yaqini aynan kichik tadbirkorlikka to‘g‘ri keladi.

Yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga, globallashuv jarayoni tizimiga kirib borishi, uning eksport salohiyatining muntazam ortib borishi ro‘y bermoqda (bu haqda darslikning keyingi mavzularida batafsil ma’lumot beriladi). Bu borada, albatta, investitsiya hajmining ko‘payishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa mamlakat iqtisodiyoti tarkibini tubdan o‘zgartirish va uni diversifikatsiyalash eng avvalo shu omilga asoslanadi.

Kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish vazifasi oldimizda turibdi.

Shu tariqa 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishga puxta zamin yaratgan bo‘lamiz.

Kelgusi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshiriladi.

Buni, avvalo, “drayver” sohalarda,  “xomashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida, sanoat klasteri tizimini rivojlantirish orqali yo‘lga qo‘yamiz.

Mis sanoati klasterini tashkil etish bilan kelgusi besh yilda mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2 martaga ko‘payadi hamda 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarishga asos yaratiladi.

Navoiy, Olmaliq va Bekobod metallurgiya korxonalarida qator yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga, qo‘shimcha 10 milliard dollarlik mahsulotlar ishlab chiqarish ta’minlanadi.

Shuningdek, tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga oshirish orqali, kimyo sanoatida 2 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.

Yaqinda “Navoiyazot” korxonasi negizida, Markaziy Osiyoda birinchi yirik kimyo texnologik klasteri tashkil etilganidan xabaringiz bor.

2026 yilga qadar neft-gaz, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat sohalaridagi barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi.


Mamlakatimizning eksport salohiyati 1,7 barobar oshirilib, 2026 yilda 30 milliard dollarga yetkaziladi.

Eksport tarkibida xomashyoning ulushi hozirgi 46 foizdan 23 foizga kamayib, tayyor mahsulotlar hajmi 2,5 barobar ko‘payadi.

Yevropa davlatlariga JiEsPi-Plyus tizimi doirasida, 2 mingdan ziyod turdagi tayyor mahsulot eksporti yo‘lga qo‘yiladi.

2026 yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yiliga qo‘shimcha 30 milliard kilovatt - soatga oshiriladi va jami


100 milliard kilovatt - soatga yetkaziladi.

Mamlakatimizda kelgusi besh yilda quvvati 5 ming Mega-Vattdan ortiq bo‘lgan shamol, quyosh va gidro-elektrostansiyalar ishga tushiriladi. Natijada, yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

So‘nggi yillarda respublikamiz hududlarida qulay investitsiya muhitini yaratishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu esa xususan xorijiy investitsiyalarni mamlakatimizga jalb etishda muhim hisoblanadi. 2015 yilda milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga 9,7 mlrd. AQSh dallari miqdorida investitsiyalar kiritilgan. Oldingi yilga nisbatan o‘sish 113,6 foizni tashkil qilgan (investitsiyaning umumiy hajmida o‘sish 109,2 % bo‘lgan). Jami investitsiya miqdorining ¼ qismidan ko‘prog‘i xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keladi, uning 3/5 qismini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilgan investitsiyalar tashkil qiladi. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqaror o‘sib borishini ta’minlash investitsiya hajmini muntazam ravishda ko‘paytirib borishga bog‘liq.

Investitsiya qurilishga, qurilish esa iqtisodiy o‘sishga zamin yasaydi, bu esa, o‘z navbatida mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha, investitsiyalar umumiy hajmining 71,6 foizi bevosita ishlab chiqarish tarmoqlariga yo‘naltirilgan. So‘ngi yillarda investitsiyalarning hududiy tarkibida Toshkent shahri, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlari (chet el investitsiyalarini jalb etishda) yetakchilik qilishmoqda.

Ma’lumki, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning pirovard maqsadi aholi turmush sharoiti va darajasini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni izchil hal qilib borishdan iboratdir. Bu xususdan chakana savdo, pullik xizmat, aholi daromadlarining oshib borishi katta ahamiyatga ega.

O‘zbekistonning 2020 yildagi tashqi savdo aylanmasi 36299,3 mln AQSh dollorini tashkil etdi. Eksport 15 127,7 mln AQSh dolliri, Import 21 171,5 mln AQSh dolliri. Saldo (+,-) 6043,8 mln AQSh dolliri.

Mamlakatimizda Aholi jon boshiga – 16 949,1 mig so‘mni tashkil etmoqda.

Respublika ijtimoiy geograflarining asosiy faoliyati quyidagi iqtisodiy geografik muammolarni:

• bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida O‘zbekiston xalq xo‘jaligini hududiy tashkil qilinishining va makroiqtisodiyotning tarkibini tubdan o‘zgartirishning nazariy-metodologik masalalarini;

• respublika sanoati tarmoqlar va hududiy tarkibini takomillashtirish;

• qishloq xo‘jaligini ixtisoslashishini va majmuali rivojlanishini, uning hududiy tashkil etilganligini mukammallashtirish;

• qishloq xo‘jaligi asosiy tarmoqlarining (paxtachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, chorvachilik va x.k.) rivojlanishi va hududiy tashkil qilinishining regional masalalarini;

• O‘zbekistonni jahon xo‘jaligiga integratsiyalanishi, uni xalqaro geografik mehnat taqsimotida ishtirok etishi va mamlakatlar xalqaro iqtisodiy aloqalarni shakllantirishning geografik muammolarini;

• tabiatdan va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy-geografik va sotsial-geografik muammolarini;

• O‘zbekistonning majmuali iqtisodiy va sotsial rayonlashtirish muammolarini;

• respublikada, viloyat va regionlarda sotsial infrastrukturani shakllantirish va rivojlantirishning iqtisodiy-geografik muammolarini; • O‘zbekiston aholisi rivojlanishining sotsial-geografik muammolarini;

• respublika aholisi joylanishi hamda uning hududiy tizimlarini takomillashtirish muammolarini;

• urbanizatsiyaning rivojlanishi va respublika aholisi sifat ko‘rsatkichlarini mukammallashtirish muammolarini;

• qishloq aholisini rivojlantirish va aholi manzilgohlari tizimini oqilona shakllantirish muammolarini;

• O‘zbekiston mehnat resurslari shakllanishi hamda aholi bandligini mukamallashtirish muammolarini;

• aholini takror barpo etish jarayoni va uni boshqarish muammolarini;

• O‘zbekiston aholisining migratsiyasi va uni boshqarish muammolarini hal etishga qaratilishidir.

O‘zbekiston ijtimoiy geografiyasi asosiy e’tiborini yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilishga qaratishi shubhasizdir, bu esa uni yana ham yuqori darajaga ko‘tarilishiga, sifatli rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.


Download 158,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish