O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
|
Tashkil topgan yili
|
Tumanlar
|
Shaharlar
|
Shaharchalar
|
Qishloq fuqa-rolar yig‘ini
|
Qishloq aholi manzilgohlari
|
O‘z. Respublikasi
|
01.09.1991
|
158
|
119
|
1063
|
1477
|
11831
|
QQ Respublikasi
|
09.01.1992
|
15
|
11
|
26
|
134
|
1183
|
viloyatlar:
|
|
Andijon
|
06.03.1941
|
14
|
11
|
78
|
95
|
536
|
Buxoro
|
15.01.1938
|
11
|
10
|
62
|
120
|
1519
|
Jizzax
|
29.12.1973
|
12
|
7
|
41
|
105
|
558
|
Navoiy
|
20.04.1982
|
8
|
6
|
38
|
54
|
624
|
Namangan
|
06.03.1941
|
11
|
8
|
120
|
99
|
512
|
Samarqand
|
15.01.1938
|
14
|
11
|
88
|
125
|
1949
|
Sirdaryo
|
16.02.1963
|
8
|
5
|
21
|
72
|
284
|
Surxondaryo
|
06.03.1941
|
14
|
8
|
113
|
114
|
847
|
Toshkent
|
15.01.1938
|
15
|
16
|
97
|
146
|
954
|
Farg‘ona
|
15.01.1938
|
15
|
9
|
197
|
164
|
1189
|
Xorazm
|
15.01.1938
|
10
|
3
|
158
|
101
|
612
|
Qashqadaryo
|
20.01.1943
|
13
|
12
|
123
|
148
|
1064
|
Toshkent sh.
|
VII asr
|
−
|
1
|
12
|
−
|
−
|
2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha, respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 158 tumanlari, 119 shahar, 1065 shaharcha, 1470 ta qishloq fuqarolar yig‘inlari mavjud. Eng katta – Qo‘ng‘irot (maydoni 74,5 ming kv.km) va eng kichigi Toshkent (0,17 ming kv.km) tumanlari o‘rtasidagi nisbat 438 martaga teng. Bunday yuqori ko‘rsatkich ayni vaqtda mamlakatimizning ichki talofatlarga boyligi, uning “geografiyligi”dan dalolat beradi. Agar Qo‘ng‘irot tumaniga Uchquduq (46,6), Tomdi (42,5), Mo‘ynoq (37,9) va Taxtako‘pir (21,1 ming kv.km) tumanlarini qo‘shib hisoblasak, u holda mazkur qishloq tumanlari mamlakat hududining deyarli yarmini tashkil qiladi (222,6 ming kv.km).
Kichik qishloq tumanlari yoki har biri 0,20 ming kv.km maydonga ega bo‘lgan tumanlarga Buloqboshi, Bo‘z, Norin tumanlari kiradi. Bu yerda iqtisodiy geografik qonuniyat shundan iboratki, tuman maydoni qancha katta bo‘lsa uning iqtisodiy va demografik salohiyati (“zichligi”) shuncha past bo‘ladi va, aksincha, kichik hududlarning sig‘imi yuqori darajada bo‘ladi. Kichik hududlarga qo‘shilib ketish “havf” tug‘dirsa, katta maydonni egallagan tumanlarda esa ularning tabiiy resurslarini o‘zlashtirish natijasida parchalanib ketish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Ayni vaqtda kichik tumanlar (hududlar) tabiatiga antropogen va texnogen ta’sir yoki bosim yuqori bo‘lib, bu yerda hududning “zo‘riqish” holati kuzatilishi mumkin.
Yuqori toifadagi ma’muriy birliklarning eng kattalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyati (ular birgalikda mamlakat maydonining 61,8 foizini egallaydi), eng kichiklari esa Andijon
va Sirdaryo viloyatlari hisoblanadi. Bu boradagi hududiy farq yoki geografik koeffitsient 38,9 ga teng. Bunday mintaqalarning siyosiy geografik o‘rni ham turlicha. Avvalo ta’kidlash lozimki, respublikaning barcha viloyatlari davlat chegaralariga “chiqishadi”. Jumladan, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari 3 tadan davlatlar bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlari 2 tadan davlatlar bilan chegaradosh va hakoza.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining Qarorlari.
2. O‘z. Res. Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Qaror va farmoyishlari.
3. O‘z. Res. Vazirlar Mahkamasining Qaror va farmoyishlari.
4. O‘z. Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari.
5. Asanov G., Nabixonov M., Safarov I. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo‘g‘rofiyasi, -T.: O‘qituvchi, 1994.-209 b.
6. Maksakovskiy V.P. Ekonomicheskaya i sotsialnaya geografiya mira.- M.:Prosvщenie, 2009.
7. To‘xliev N. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti.- T.: O‘zbekiston milliy enseklopediyasi, 2006.
8. Soliev A, Safarov I. «Iqtisodiy va siyosiy geografiya asoslari». T. 2003 y. «Talqin».
9. Soliev A. O‘zbekiston geografiyasi (O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi). Toshkent, ”Universitet”, 2014.
10. Qayumov A, Safarov I, Tillaboeva M. “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” O‘rta maktablarning 9-sinfi uchun darslik T. “O‘qituvchi” 2014y.
11. Vahobov H., Tillaboeva M. Iqtisodiy geografiya asoslari. T."O‘qituvchi",2001.
12. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi (Mavzuga oid tegishli tomlari). T.: 2004-2009
Do'stlaringiz bilan baham: |