24
kiyimlarni yaratish va ishlatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxshilash kiradi;
4. Ishlab chiqarishni qulay tashkil qilish (jihozlarni qulay joylashtirish; ishchi zonani
to'g'ri tashkil qilish; tashish va ortish ishlarini kamaytirish; ishlash va dam olishni to' g' ri
tashkil qilish; maishiy xizmat qilishni to’ g’ ri tashkil qilish) ;
5. Kadrlar bilan ishlash (bunga kasbiy tanlash, yo’riqnomalar o’tkazish, tajriba
almashish, kasbiy o'qitish va malaka oshirish kiradi);
6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish (shinam havo iqlimini va yorugligini yaratish;
shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari; ish jarayonlarni mexanizatsiyalash va
avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish; ish joyini to’g’ri tashkil qilish; ishchi zonani
to'g'ri ta'minlash; qulay harakatlanishni tanlash; boshqarish qismlarini to’g'ri tanlash va
joylashtirish; boshqarishni markazlashtirish.
Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishga qarab MAEV quyidagi: vizual, akustik va
taktik turlarga bo’linadi.
MAEVlarga quyidagilar: yozuvli yoki simvolli tahtani yorituvchi cho’g’lanuvchi
lampalar, strelkali-shkalali o’lchov asboblari, har xil ko’rsatkichlar, hisoblagichlar, ovozli
ohanglar, sirenalar, ekranlar, sxemalar va hokazolar kiradi.
1-jadvalda boshqaruv qism (organ)lariga qo'yiladigan optimal kuch qiymatlari
keltirilgan. Boshqarish qismlari va ma'lumotlarni aks ettiruvchi vositalar bir xil seziladigan va
tez topiladigan joyda o'rnatilgan bolishi lozim. Buning uchun ularga yoki ular joylashgan
yerda tushuntirish yozuvlari yoki ma’noli simvollar keltirilishi hamda ularni bir xil olcham,
shakl va ranglarda ishlanishi lozim.
1 -jadval
Boshqarish organlariga qo'yiladigan kuch kattaligi
Boshqarish qismlari
Kuch kattaligi (H)
Dasta:me'yoriy maksimal
20-40
100
Knopka,
tumbler,
qoshgichlar:yengil turi
og’ir turi
1400-1600
6000-12000
Oyoq pedallari:
kam ishlatiladigan
tez-tez ishlatiladigan
500gacha
20-50
Qo'lda boshqarish dastaklari uchun
130-160
Davriy ishlatiladigan
ko’p ishlatiladigan
20
40
Ish joyi
- bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirishga “Inson-mashina ishlab
chiqarish muhiti” tizimida ma'lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va
yordamchi jihozlar bilan jihozlangan joydir. Ish joylari yakka va jamoa turlarga bo'linib,
“tikka”, “o'tirib” va “tikka-o’tirib” ishlashga mo'ljallanadi. Egronomika ish joylarini
loyihalashga talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo'shimcha harakat zonalarni aniqlaydi,
tegishlicha poldan balandlik bo'yicha, simmetriya o'qidan front bo'yicha jihozlarning
joylashish zonalarini aniqlab beradi.
Odam har xil ishchi holat (tik, o'tirgan, yotgan va engashgan)larining optimal va
chegaraviy o'lchamlarini aniqlash uchun ish joyini qulay tashkil qilishda ishlatiladigan zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |