148
shikastlangan kishi davolash muassasasiga olib boriladi.
Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish.
Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, uy sharoitida ham ro‘y
berishi mumkin. Bunday kuyish oqartiruvchi moddalar, suv oqib chiqib ketadigan quvurlar,
vanna, xojatxonani tozalash vositalari, bo‘yoqni yuvib ketkazuvchi moddalar yoki
bog‘dorchilikda ishlatiladigan kimyoviy moddalar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Kimyoviy modda teriga ta’sir etib turar ekan, kuydirishda davom etaveradi. Shuning
uchun bunday modda teriga tushsa, uni darxol bartaraf etish chorasini ko‘rish kerak.
Buning uchun:
1. Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo‘l bilan teridan sidirib tashlanadi.
2. Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib yuvib tashlanadi. Yuqori
bosimli oqimdan foydalanmaslik kerak, chunki bu kuygan teriga yanada ko‘proq zarar
keltirishi mumkin. Tez yordam yetib kelgunicha kuygan joyni yuvish davom ettiriladi.
3. Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni iltimos qilinadi.
4. Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida yoki tez yordam yetib
kelguniga qadar yuvish kerak. Kimyoviy modda sog‘ ko‘zga tushmasligi uchun jarohatlangan
ko‘zni pastroq tutish, zararlangan ko‘zni bog‘lab qo‘yish lozim.
5. Zaharlanish turlari, sabablari, zaharlanishga qarshi birinchi yordam
Zaharlanish organizm ichiga zaharli modda tushganda sodir bo‘ladi. Bu — dori-darmon
yoki odam bilib-bilmay qabul qilgan har qanday kimyoviy modda bo‘lishi mumkin.
Zaharlanish - tasodifan sodir bo‘ladigan o‘limning uchinchi keng tarqalgan sabablaridan.
Ko‘pincha zaharlanish uyda ro‘y beradi.
Zaharlanish biror zaharli kimyoviy moddaning me’da-ichak, nafas yo‘llari orqali
organizmga kirgani, teridan so‘rilgani, teri osti, mushaklar orasi yoxud vena qon tomiriga
yuborilganida sodir bo‘ladigan kasallik holatidir.
Zaharlanish ikki guruhga bo‘linadi: tasodifiy va qasddan zaharlanish. Tasodifiy
zaharlanishlar hayotda ko‘p va tez uchrab, umumiy zaharlanishlarning deyarli 80% ini tashkil
etadi. Turli dorivor vositalarni shifokorlarning maslahatisiz, o‘z holicha meyoridan ziyod
katta miqdorda iste’mol qilish, sifatsiz kimyoviy modda yoki dorini ichimlik o‘rnida ichib
qo‘yish tasodifiy zaharlanishlar turkumiga kiradi. Qasddan zaharlanish hayotda kam
uchrasada, biror ruhiy kasallikka chalingan yoki beqarorroq odamlarga xosdir. Bunday
kimsalar biror kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddani katta miqdorda iste’mol qilib,
zaharlanadilar, o‘z hayotlariga suiqasd qiladilar.
Ishlаb chiqаrish shаrоitidа zаhаrlаnish оrgаnizmgа zаhаrli gаzlаr suyuqlikаr yoki
changlаrni kirishidаn sоdir bo’lаdi. Uglerоd оksidi (is gаzi) bilаn zаhаrlаnish isitish
uskunаlаridаn nоto’g’ri fоydаlаngаndа yuz beradi. Ichki yonuv dvigаtеllаridаn chiqаyotgаn
gаz tаrkibidа hаm ugryerоd оksidi ko’p miqdоrdа bo’lаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |