105
spirt birikmasi terilarni qotirib, teshiklarini yopib qo‘yishi, chuqurda yotgan mikroblarning
saqlanib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. 90–95 % li spirtlar asosan kesuvchi jarrohlik
asboblari va jihozlarni sterillashda qo‘llaniladi.
5.Formaldegid guruhi
. Asosan bu guruhdan formalin qo‘llaniladi. Formalin
formaldegidning 40 % suvli eritmasidir. Qotiruvchi antiseptic vosita sifatida 0,5–1 %
eritmalari qo‘llarga ishlov berishda qo‘llaniladi.
6. Fyenol guruhi.
Ko‘p hollarda fenol va qatron ko‘rinishlarida ishlatiladi. Fyenol
(karbol kislotasi) – rezina qo‘lqoplar, asbob va jihozlarni sterillashda 3– 5 % eritmalari
ishlatiladi. Qatron (dyogot) – oq qayin daraxti po‘stlog‘ining quruq ishlovi natijasida olinadi.
Antiseptik va yallig‘lanishlarning oldini olish xususiyatlariga ega. U Vishnevskiy malhami
tarkibiga kiradi.
7. Anilin bo‘yoqlari guruhi
. Antiseptiklar sifatida quyidagi bo‘yoqlar: etakridin
(rivanol) – yiringli jarohat va bo‘shliqlarni yuvishda; brilliant ko‘kining 0,1–2 % spirtli
eritmalari yiringli yaralarga surtish maqsadida; metilen ko‘ki kuyishlarda, piodermiya va
siydik pufagini yuvishda (0,02 % suvli eritmasi) 1–3 % spirtli eritmalari ishlatiladi.
8. Nitrofuranlar hosilalari guruhi.
Kam zaharli va kuchli antiseptiklardan sanaladi.
Klinik amaliyotda qo‘llaniladiganlari: furatsillin – yiringli jarohat va bo‘shliqlarni yuvish va
chayqashda 0,2 % eritma va malhamlar ko‘rinishida qo‘llaniladi; furagin – jarohat
infeksiyalari va kuyishlarda eritmalari, ichishga tabletkalari ishlatiladi; furadonin – siydik
yo‘llari infeksiyalarida tabletkalar ko‘rinishida qo‘llaniladi.
9. Sulfanilamid preparatlari guruhi.
Mikroblarning o‘sishi va rivojlanishiga
bakteriostatik (streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk va h. k. ) ta’sirini yaqqol namoyon
qilishi bilan quyidagilar alohida ajralib turadi: streptotsid – yallig‘lanishga qarshi, jarohatlar
infeksiyalanishining oldini olish va davolashda; norsulfazol – ichish uchun tabletka
ko‘rinishida; sulfatsil – eritilgani yiringli jarohatlarni davolashda ishlatiladi.
10. Antibiotiklar (biologik antiseptiklar).
Antibiotiklar bakteriyalar hayot faoliyatini
to‘xtatgan hayvonlar, o‘simliklar va mikroblar mahsulotidir. Bu mahsulotlar amaliyotda har
xil dorilar shaklida, ya’ni ichish uchun tabletkalar, mahalliy eritmalar va malhamlar
ko‘rinishida, muskul va tomirlarga yuborish uchun keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Antibiotiklar bir necha turga bo‘linadi: penitsillin; streptomitsin; tetrasiklin;
eritromitsin; sintomitsin va boshqalalar.
Aseptika usullari
.
U antiseptika usullarining davomi hisoblanib, bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Aseptika usullari quyidagilardan iborat: asbob-uskuna va jihozlarni
sterillash; jarroh qo‘lini maxsus yo‘l bilan zararsizlantirish; tekshirishlar va operatsiya
jarayonlaridagi ishlar vaqtida maxsus qonun-qoidalarga qat’iy rioya qilish; davolash
maskanlarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena ishlarini tashkillashtirish.
Jarrohlik infeksiyalarining manbai ikki xilda bo‘ladi: ekzogen (tashqaridan) va endogen
(ichki manbalardan). Endogen infeksiyalar manbai bemorlar organizmida, ekzogen
infeksiyalar manbai esa atrof muhitdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |