151
bo‘g‘imlari 450 li burchak ostida buklangan bo‘lishi kerak;
4) oyoq-qo‘llarning har qanday joyi shikastlanganda 2 ta qo‘shni bo‘g‘imni, oyoq va
son shikastlanishlarida yelka va tos-son bo‘g‘imlarini shinalash kerak. Transport shinasini
qo‘yishdan oldin ularning shakli oyoq-qo‘lning asosiy segmentlari funksional holatiga mos
ravishda modullashtiriladi. Ularning ostiga tola dokali qistirgichlar qo‘yiladi.
Transport shinalari bo‘lmagan taqdirda qo‘l ostidagi vositalardan: belbog‘, ko‘ylak
etaklari, kostumlar yordamida qo‘l o‘rta fiziologik holatda tanaga bint bilan bog‘lab qo‘yiladi.
Oyoq shikastlanganda, u sog‘lom oyoqqa bint bilan bog‘lab mahkamlanadi, bint bo‘lmagan
taqdirda ro‘molchalar bilan ham bog‘lash mumkin. Transportirovkaning turi va usullari
shikastlanishning xususiyati va kasalning holatiga qarab tanlanadi. Kuzatuvchi bir qo‘li bilan
bemorning shikastlangan tomonidan panjalarini, ikkinchi qo‘li bilan shu tomondan qo‘ltiq
ostidan olib harakatlanishiga yordam beradi yoki shikastlangan kishining qo‘lini o‘z
bo‘ynidan o‘tkazib, uning panjalarini qo‘li bilan ushlab oladi, ikkinchi qo‘li bilan
shikastlangan kishining belidan ushlab oladi. Agar ikki kishi bo‘lsa, shikastlangan kishini ikki
tomonidan ushlab yordam berishi mumkin. Agar shikastlangan kishi mustaqil harakat
qilolmasa, u holda uni qo‘lda ko‘tarib yoki zambilda, yoki taxtalarda, yoxud qo‘lda
tayyorlangan (improvizion) – chang‘i, kursi, narvon, palto (yenglariga tayoqlar kiydirilib) va
boshqa vositalardan foydalanish kerak.
Shikastlangan kishini zambilga joylashtirish qoidalari
.
Shikastlangan kishi zambilga
quyidagicha joylashtiriladi: choyshab yozilgan zambil shikastlangan kishining jarohatlangan
tomonidan yoniga qo‘yiladi. Ikki kishi yordam beradi – birinchisi tizzalab turib bitta qo‘lini
bemorning boshi tagiga olib borib, ikkinchi qo‘li bilan bo‘yin va ko‘krak qismidan, ikkinchi
kishi dumg‘aza va boldir ostidan ushlaydi; shikastlangan kishi bir vaqtda, siltamasdan yerdan
ko‘tariladi; uchinchi, yordamlashuvchi kishi zambilni bemorning tagiga suradi, bemor unga
ehtiyotlik bilan tushiriladi va choyshab bilan o‘raladi.
Shikastlangan kishilarni zararlanishning og‘ir-yengiligiga ko‘ra guruhlarga bo‘lib
ketma-ket transportirovka qilinadi:
1-guruh.
Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i og‘ir shikastlanganlar, behush, shok, koma,
kollaps holatidagi bermorlar, kalla suyagi shikastlangan, oyog‘i va qo‘li kesilgan, ochiq
suyak sinishi bo‘lgan, kuygan bemorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |