Antiseptika
–
jarohatga infeksiya tushmasligiga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar
yig‘indisi. Antiseptika yunon tilidan olingan bo‘lib,
anti –
qarshi,
septicos –
yiring
chaqiruvchi ma’nosini bildiradi.
Aseptika
–
jarrohlik muolajalarida, yaralarni bog‘lashda va
boshqa muolajalarda yaralarga, to‘qimalarga, a’zolarga hamda tana bo‘shliqlariga
mikroorganizmlarning tushish xavfiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. Atama
a –
inkor, inkor etuvchi,
septicos –
yiring chaqiruvchi kabi yunon so‘zlardan olingan.
Shunday qilib, har qanday jarohat kabi jarrohlik muolajalari tufayli, to‘qimalar
butunligining buzilishi hisobiga paydo bo‘lgan jarohatlar ham infeksiya tushishidan va
yiringlashdan xoli emas. Yiringli holatlarni chaqiruvchi bakteriyalar ikkiga bo‘linadi:
aeroblar
– atmosfera havosi hisobiga hayot kechiruvchi mikroblar;
anaeroblar
– atmosfera
havosi ishtirokisiz hayot kechiruvchi mikroblar.
Aerob bakteriyalarga kiruvchi stafilokokklar
(staphelococcus piogenes)
tabiatda juda
103
keng tarqalgan bo‘lib, har qanday jihozlar, kiyimlar, inson va jonzot tanalarida, teri va shilliq
pardalarda, sochlarda uchraydi. Uning oq va oltinsimon turlari mavjud. Ular furunkul,
karbunkul, absess va boshqa yiringli kasalliklarni keltirib chiqaradi; streptokokk
(streptococcus piogenes)
keng tarqalgan aerobdir.
Tabiatga juda yaxshi moslashgan. Saramas, yiringli artrit va boshqa yiringli
kasalliklarni keltirib chiqaradi; meningokokk bosh va orqa miyaning po‘stloq (parda) qavatiga
juda yuqori moyillik namoyon qilib, ularda yiringli yallig‘lanish kasalliklarini chaqiradi;
gonokokk ko‘proq siydik va jinsiy a’zolar yo‘llarining shilliq pardalarini (so‘zak, gonoreya),
ko‘z va bo‘g‘imlarning yiringli kasalliklarini chaqiradi; pnevmokokk nafas olish a’zolarining
yallig‘lanishini keltirib chiqaradi; ichak tayoqchalari ovqat hazm qilish a’zolari kasalligini;
ko‘k yiring tayoqchalari ikkilamchi infeksiyalarni keltirib chiqaradi; havoli qorason
tayoqchalari qorason kasalligini; qoqshol tayoqchalari qoqshol (stolbnyak) kasalligini keltirib
chiqaradi.
Antiseptika deganda, dezinfeksiya (zararsizlantiruvchi) vositalari yordamida yiringli
zararlanishning oldini olish tushuniladi. Antiseptikaning rivojlanishida faqat jarrohlik
sohasidagi bilimlarning asoslanishdan tashqari, mikrobiologiya, farmakologiya, fizika, kimyo
va boshqa bir qator sohalarning o‘ziga yarasha ahamiyati bor. Amaliyotda antiseptikaning bir
nechta turlari mavjud: mexanik, fizikaviy, kimyoviy, biologik, aralash.
Mexanik antiseptika
. Mexanik antiseptika infeksiya tushgan va hayotga yaroqsiz
to‘qimalarni mexanik yo‘l bilan kesib olib tashlash va shu yo‘l bilan jarohatlarga infeksiya
tushishining oldini olish hamda ularni davolashning asosiy turlaridan biridir. Mexanik
antiseptika amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan, jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovini berish
usuli hisoblanadi.
Ifloslangan jarohatlarni infeksiyalardan tozalash, yot jismlarni olib ashlash, hayot
faoliyatiga ega bo‘lmagan to‘qimalarni kesib tashlash muolajalari mexanik antiseptikaning
jarrohlik amaliyotida keng qo‘llaniladigan jarohatga birlamchi ishlov berish davo
tadbirlaridan biri hisoblanib, mikroblarning hayot kechirishiga qarshi olib boriladigan
choralardir. Bu usulni birinchi bo‘lib rus jarrohi K. K. Reyer 1877–1878 yillarda rus – turk
urushida qo‘llagan.
Fizikaviy antiseptika
.
Bu usul ham yaralarga infeksiya tushishining oldini olish va
davolashga qaratilgan eng muhim antiseptikaning turi bo‘lib, fizikaviy omillarni qo‘llash
orqali mikroblarning miqdorini kamaytirish, ularni parchalab yuborish hamda hayot faoliyati
davomida ajratgan zaharli moddalar (toksin)ni yo‘qotishdan iborat. Fizikaviy antiseptikaga
quyidagilarni kiritish mumkin:
– bog‘lamlarning gigroskopikligi (suyuqlikni shimib olishi)dan foydalanish, kapillarlik
xossasi tufayli yara yuzasidagi (tarkibida mikrob va uning zahari mavjud) suyuqlikning
shimib olinishi;
– gipertonik eritmadan foydalanish yaradagi onkotik bosimdan yuqori bo‘lgan osmotik
bosimni hosil qilish kapillarlik xossasini keltirib chiqaradi va yuqori samara beradi.
Yorug‘lik, quruq issiq, ultratovush, ultrabinafsha nurlar va boshqa omillarni ham
fizikaviy antiseptikaga kiritish mumkin.
Kimyoviy antiseptika
. Bakteriyalarning rivojlanishini to‘xtatuvchi (bakteriostatik) va
bakteriyalarni o‘ldiruvchi (bakteriotsid) xususiyatga ega moddalarni qo‘llash kimyoviy
antiseptika hisoblanadi. Mikroblarga ta’siridan tashqari, kimyoviy moddalar to‘qima, jarohat
va organizmga ham biologik ta’sir qiladi. Shuning uchun ham antiseptikaning mazkur turi
qo‘llanilayotgan davo muolajalari vaqtida ishlatilayotgan moddalarning dozalari (miqdorlari)
ni qat’iyan me’yorlash shart.
Biologik antiseptika
. Biologik antiseptikada mikroblarning o‘sishi va rivojlanishini
to‘xtatuvchi biologik vositalar yordamidagi ta’sirlar ko‘zda tutiladi. Bular: antibiotiklar;
bakteriofaglar; antitoksinlar (qoqsholga qarshi, difteriya (bo‘g‘ma)ga qarshi zardoblar).
Aralash antiseptika
. Mikroblarning hujayralari va makroorganizmlarga ta’sir doiralarini
o‘rganayotganda antiseptika turlarining o‘rnini almashtirish mumkin emas. Chunki ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |