101
oshiriladigan chora- adbirlar majmuidir.
12.1-rasm. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Bunda, birinchi navbatda, shikastlanganlarning nafas olishi va qon aylanishini tiklashga
va ushlab turishga erishiladi. Reanimatsiyaning murakkab bo‘lmagan choralari (sun’iy nafas
oldirish, bilvosita yurak massaji) har bir kishiga ma’lum. Shu bilan bir qatorda, ko‘pgina
hollarda shikastlanganlar qon to‘xtatish, og‘riq azobidan qutulish, suyagi singan qo‘l-oyoqni
harakatsizlantirish, yara, kuygan va sovuq urgan yuzalarni infeksiyadan himoyalash kabi har
bir kishi amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yordamlarga muhtoj bo‘ladilar.
Agar bir paytda bir necha kishi jarohat olsa, ko‘rsatiladigan yordam muddati va ketma-
ketligi aniqlanadi. Bolalarga va shoshilinch yordamga muhtoj kishilarga kerakli yordam
birinchi navbatda ko‘rsatiladi. Ko‘p sonli va qo‘shimcha jarohat olgan kishilarga birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning ketma-ketligi aniqlanishi
kerak. Avval shikastlangan odam hayotini saqlab qolishga imkon beradigan yoki birinchi
tibbiy yordamning keyingi chora-tadbirlarini qo‘llash uchun shart bo‘lgan usul-amallar
bajariladi. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon ketib turganda, birinchi
navbatda, hayot uchun xavfli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, so‘ngra jarohatga steril bog‘lam
qo‘yish va undan keyingina oyoqni qimirlatmaydigan qilib bog‘lashga kirishish kerak. Singan
joyni hech qimirlamaydigan qilib qo‘yish uchun esa maxsusshina bog‘lash yoki qo‘l ostidagi
vositalardan foydalanish lozim.
Qo‘pol harakatlar qilinadigan bo‘lsa, bu shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning
ahvolini yomonlashtirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, balki ikki yoki bir
necha kishi ko‘rsatadigan bo‘lsa, u holda kelishib ish ko‘rish kerak. Bunda yordam
ko‘rsatayotganlarning biri boshliq bo‘lib, birinchi tibbiy yordamning barcha usul-amallari
bajarilishiga rahbarlik qilib turishi lozim. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitida tashxis
masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘yilgan tashxis kasallik
yoki shikastlanish turini aniqlashga va shu asosda zarur yordam ko‘rsatish tadbirlarining
ketma-ketligi rejasini tuzishga imkon yaratadi. Tashxis kasallik yoki jarohatning subyektiv va
obyektiv belgilarini aniqlash asosida qo‘yiladi. Subyektiv belgilarga bemor yoki
jarohatlanganning shikoyatlari (agar uning hushi joyida bo‘lsa) kiradi. Obyektiv belgilarga esa
kasallik va jarohatning tashqi belgilari yoki muayyan usuldagi yondashuv orqali
aniqlanadigan, masalan, pulsni (tomir urishini) o‘lchash, nafas olish va chiqarishning miqdori,
reflekslar va boshqa belgilar kiradi. Shu tufayli bu belgilarni aniqlash va taxmin qilish yo‘li
bilan dastlabki tashxisni qo‘yish mumkin. Tashxis asosida esa zarur yordam turi ham
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |