O„g„itlash
.
Yerni shudgorlashdan oldin gektariga 40-60 t. chirigan go„ng, 90
kg fosfor va 60 kg kaliy solinadi. Ekish bilan bir vaqtda 20 kg/ga azot, birinchi va
ikkinchi oziqlantirish davrida 100 kg/ga dan azot qo„llash tavsiya yetiladi.
Sho„rlangan yerlarga kaliy o„g„iti solinmaydi. Fosforli o„g„it esa ekishga yerni
tayyorlash vaqtida beriladi.
Urug„chiligi
.
Xashaki lavlagi urug„chiligi ildizmevasi yoki urug„i ekilib
amalga oshiriladi.
Xashaki lavlagi ildizmevasi ekilib, yuqori reproduksiyali elita urug„lari
yetishtiriladi. Urug„lik ildizmevaning ekilish muddati ozuqa uchun ekiladigan
xashaki ildizmevadan 1 oy kech ekiladi. Yerni ekishga tayyorlash va mineral
o„g„itlar solish me‟yori ozuqa uchun yetishtiriladigan xashaki lavlagi bilan bir
xilda bo„ladi. O„simliklar orasi 10-15 sm yoki gektarida 120-130 ming tup
o„simlik, ildizmevalari massasi 500-1000 g bo„ladi. Ekish uchun onalik ildizmeva
gektaridan ko„proq chiqishini ta‟minlaydi.
307
Nihollar to„liq unib chiqqanidan so„ng yaganalanadi, kultivatsiya qilinadi,
muntazam raviщda chopiqqilinib zarpechakdan tozalab to„riladi. May oyining
oxiri-iyunning boshlarida gektariga 100-120 kg azot va 50-60 kg kaliy o„g„itlari
solinib, sug„orish uchun egatlar olingan holda birinchi o„suv suvi beriladi. Suvdan
keyin traktorda kultivatsiya va qo„lda chopiqqilinadi. O„simliklarga keyingi ishlov
berish ishlari o„suv suvlarini berishda (iyun-avgustda 2-3 marta, sentyabr va
oktyabrda bir martadan) iborat.
Urug„lik ildizmevalarni yig„ishtirishda, ayniqsa, diqqatni ildizmevalarning
(asosiy aprobatsiya belgisi) shakli va rangiga qaratish talab etiladi. Etining rangi,
moddasining konsentrat (refraktometr) shirasi aniqlanadi. Tipik holga ega
bo„lmaganlari, kasallangan, shoxlab ketgan ildizmevalar chiqindiga chiqarib
tashlanadi. Shundan so„ng maxsus aprobator bloknoti hamda urug„lik ekini
aprobatsiya va ildizmevalarni kuzda saralash aktlari to„ldiriladi.
Ildizmevalarni bahorda tozalashda kurtaklar ko„karishi uchun ildizmeva
boshchasida 1-2 sm barg bandlari qoldiriladi. Urug„lik ildizmevalarni saqlash
ozuqa uchun ildizmevalar saqlash bilan bir xilda bo„lib, faqat havo almashishi
uchun qo„yiladigan shamollatgichlar har 2-3 metrga o„rnatiladi. Qishda saqlangan
urug„lik ildizmevalar bahorda saralanib, chirigan ildizmevalar ajratib tashlanadi.
Shu paytda bahorgi saralash akti to„ldiriladi.
Tuproqni ekishga tayyorlash-yerni kuzda (30-35 sm) haydash, bahorda
tekislash, chizel hamda boronalashdan iborat. Shundan so„ng qator oralari 60-70
sm qilib chuqur egatlar olinadi va qo„ulda (urug„lik ildizmevalarini ekadigan
mashinalar bo„lmaganligi uchun) har 50-60 sm/ga urug„lik ildiz mevalar martning
birinchi va ikkinchi o„n kunligida ekiladi. Bunda urug„lik ildizmevalar 2-3 sm
chuqurlikda tuproq bilan bekitiladi. Mumkin qadar 1-2 marotaba traktorda
kultivatsiya kilinib, 3 marta sug„oriladi. Gulpoya chiqarish, gullashning boshida va
to„liq pishish oldidan sug„oriladi. Gullash oldidan urug„liklar tekshirilib, akt
to„ldiriladi. Mineral o„g„itlar kuzda haydashdan. oldin, azot birinchi sug„orishdan
oldin beriladi.
308
Xo„jalikda 70% urug„lik tuganaklari jigarrangga kirganda hosilni
yig„ishtirishga kirishiladi. O„rilgan urug„liklar tezlikda asfaltlangan maydonlarga
to„kiladi. Urug„liklar qurigandan so„ng don kombaynlari yordamida maydalanadi
va konditsiyasiga etkazilib, lavlagi urug„i tozalaydigan OSG-0,5 da tozalanadi.
Lavlagi urug„i (tuganaklari) 4,5-5,5 va 3,5-4,5 mm fraksiyalarga ajratilib
saralanadi. Urug„ni diametri 3,25 mm dan maydalari chiqarib tashlanadi.
rasm-31: 1-Xashaki lavlagi.
Ildizmeva
2-Xashaki lavlagi. Gullash davri
I klass ekish standartlariga ega urug„ning namligi 14%, tozaligi 97%,
laboratoriyadagi unuvchanligi 80%, II klassniki esa 94% va 70% ga teng bo„lishi
kerak.
Ozuqa uchun xashaki lavlagining urug„ini ekib, urug„ olish mumkin. Bu usul
O„zbekiston chorvachilik ilmgohida ishlab chiqilgan. Bundan lavlagi urug„i yozda,
ya‟ni avgustning birinchi dekadasida yaxshilab tayyorlangan yerga (1 pog. metr
yerga 20 ta urug„ tuganaklari) qator orasi 60, 70 sm qilib ekiladi. Nihollar to„liq
unib chiqishi uchun sug„orilib, kultivatsiya qilinadi. Yagana qilinmaydi. Sovuq
tushguncha chuqur kultivatsiya qilinadi. Qishda ekinni chorva mollari payhon
qilishidan saqlanadi. Bahorda 1-2 marta kultivatsiya qilinib, oziqlantirilib, 3 marta
309
sug„oriladi. P
90
, K
60
shudgorlashdan oldin, mineral o„g„itlar azot o„g„iti gulpoyalar
chiqarishdan oldin beriladi. Bundan urug„lik ildizmevalarni ekib urug„ olganga
nisbatan 9-12 kun erta pishib yetiladi. Urug„ hosildorligi esa deyarli bir xil bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |