2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


-mavzu: Nisbiylik nazariyasi va tilshunoslik. Tilshunoslik va



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

19-mavzu: Nisbiylik nazariyasi va tilshunoslik. Tilshunoslik va 
kibernetika. Avtomatik tarjima. 
Reja: 
1.Nisbiylik nazariyasi va tilshunoslik.
2.Tilshunoslik va kibernetika.
3.Avtomatik tarjima. 
Tayanch tushunchalar: 
Tilshunoslik, matematika, nisbiylik nazariyasi, A.A.Markov, «Markov 
jarayoni»,«Markov zanjiri», matn mazmuni, matn strukturasi, Kibernetika, 
N.Vener, A.A.Markov, A.M.Lyapunov, A.N.Kolmogorov, A.Ya.Xinchin, K.Shennon, 
Fisher, fiziologlar, fiziklar, tilshunoslar, ruhshunoslar, mantiqshunoslar, sintetik
fan, avtomatik tarjima. 
 
Hozirgi 
barcha 
fanlar 
matematikaning 
nisbiylik 
nazariyasidan 
foydalanganidek, tilshunoslikda ham bu nazariya ko’p hollarda qo’l kelmoqda. 
Ayniqsa, til birliklarining chastota darajasi aniqlangandan so’ng ularning boshqa 
birliklarga birikish ehtimolligini ehtimollar nazariyasi usullarini qo’llagan holda 
oldindan aytish mumkin. Masalan, yig’lamoq so’zini eshitishimiz bilan uning 
odam leksemasi bilan boshlanishini oldindan taxmin qilamiz. Yoki nonni so’zidan 
so’ng yemoq, yopmoq, pishirmoq, uzmoq kabi o’timli fe’llar kelishini 
taxminlaymiz.
 
Fonetik sathda ham ma’lum bir tovushning boshqasi bilan birika olish yoki 
birika olmaslik qonuniyatlari bor. Ana shu qonuniyatlarga asoslanib qaysi 
tovushdan so’ng qanday tovushning kelishi yoki kelolmasligini faraz qilish 
imkoniyati bo’ladi.
Ana shu imkoniyat ehtimollar nazariyasidan foydalangan holda amalga 
oshiriladi. Masalan, o’zbek tilida chuqur til orqa undoshlaridan so’ng til orqa yoki 
til o’rta undoshlari kelolmaydi. Yoki chuqur til orqa q, g’ undoshlari bilan tugagan 
so’zning asos qismiga k va g undoshlari bilan boshlangan affikslar qo’shilolmaydi. 


94 
Singarmonizmni o’zida to’la saqlab qolgan turkiy tillarda, lab garmoniyasining 
talabiga muvofiq, tarkibida lab unlisi bo’lgan so’zning asos qismiga faqat lab unlisi 
ishtirok etgan affikslar qo’shiladi. Palatal garmoniya talabiga muvofiq, tarkibida 
qattiq undoshlar ishtirok etgan so’z asoslariga xuddi shunday undoshli affikslar 
qo’shiladi. Aksincha bo’lishi mumkin emas. Buni matematik atamalar yordamida 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
Agar x birligi bo’lsa, undan keyin kelishi mumkin bo’lgan u yoki z
 
ning 
ehtimolligi qanday? 
Yoki: ikki birlikning birikuvi berilgan bo’lsin – xu, u vaqtda bu birikmadan 
keyin keladigan z
 
yoki w ning ehtimolligi qanday? 
Ehtimollar nazariyasining bir holatini rus matematigi A.A.Markov (1856 – 
1922) izohlab berdi. Shuning uchun u «Markov jarayoni» yoki «Markov zanjiri» 
nomi bilan yuritiladi. 
A.A.Markov o’zaro tobelangan birliklar ketma-ketligini o’rgandi. Agar Wi 
sistemasining ma’lum vaqtdagi holati ikki vaqt oralig’ida t sistemasi Wi holatida 
bo’lishi ehtimolligini belgilasa va mazkur ehtimollik keyingi davr jarayoni oqimiga 
bog’liq bo’lsa, bunday jarayon Markov jarayoni sanaladi. 
Shunday qilib, Markov jarayoni shunday tekshirish ketma-ketligiki, unda 
ma’lum voqyeani n bilan tekshirish ehtimolligi oldingi (n – 1)ning tekshirish 
natijalari orqali aniqlanadi. 
Ana shu asosda tilshunoslikda matn tarkibidan tushib qolgan ayrim 
birliklarning nima ekanini taxminlash mumkin bo’ladi. Bunda matn mazmuni matn 
strukturasidan nimadan keyin nima tushib qolganini payqash va zarur hollarda uni 
to’ldirish imkoni tug’iladi. Masalan, Men shanba kuni kechqurun soat sakkizda 
Toshkentdan uchaman jumlasini mazmunni to’la saqlab qolgan holda turli 
qisqargan shakllarda bayon etish mumkin. 
Shuningdek, axborotni qisqa shakllarda bayon qilish imkoniyati «ortiqchalik» 
ehtimoli bilan ham uzviy aloqadordir. Masalan, Ahmad keldi jumlasida uchinchi 
shaxs tushunchasi ikki marta takrorlanadi. Shuning uchun «ortiqchalik» ehtimolligi 
asosida, agar kim kelganiga alohida so’zlovchining diqqati tortilmasa, jumla 
mazmuniga zarar yetkazmagan holda Ahmad so’zini tushirib qoldirish imkoni 
mavjud. Xuddi shuningdek, Men xatni yozdim jumlasida ham birinchi shaxs 
shaklidagi yozmoq fe’li va 
xat
tushunchalari ikki marta takrorlanadi. Chunki 
yozmoq leksemasining o’zida xat semasi mavjud. Shuning uchun mazkur jumlani 
ham yuqoridagi kabi qisqartirish ehtimoli bor. 
Ushbu operasiyalar, ayniqsa, hozirgi kunda axborot uzatuvchi mashinalar 
uchun dasturlar tuzishda katta ahamiyatga ega. 
2.
Tilshunoslik kibernetika fani bilan ham aloqadordir. Kibernetika grekcha 
kybernetike tehne so’zlaridan olingan bo’lib, boshqarish san’ati demakdir. U XX 
asr o’rtalarida mashina va jonli organizmlardagi aloqa, boshqarish va nazoratni 
o’rganuvchi fan tarmog’i sifatida maydonga keldi. Kibernetika haqidagi dastlabki 
g’oya amerikalik olim N.Vener tomonidan berilgan bo’lsa, keyinchalik rus 
matematiklari A.A.Markov, A.M.Lyapunov, A.N.Kolmogorov, A.Ya.Xinchin, 
amerikalik olimlar K.Shennon, Fisher bu g’oyani rivojlantirdilar. 


95 
Kibernetika fanining shakllanishi va rivojlanishida faqat matematiklargina 
emas, balki fiziologlar, fiziklar, tilshunoslar, ruhshunoslar, mantiqshunoslar ham 
faol qatnashdi. 
Shunday qilib, kibernetika sintetik fan sanaladi va u matematika, fizika, 
mantiq, fiziologiya, psixologiya, tilshunoslik ma’lumotlarini sintezlashtiradi. 
Kibernetika fani jonli organizm bilan mashinalar o’rtasida aloqa, boshqarish 
va nazorat jarayonida qandaydir umumiy belgilar mavjudligiga asoslanadi. Bu, 
ayniqsa, inson asab sistemasiga, uning fikrlash va refleks faoliyatiga asoslangan 
hozirgi elektron mashinalarda yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Hozirgi texnik taraqqiyot bosqichida insonning mehnat faoliyatini 
osonlashtirish maqsadida inson bajarishi lozim bo’lgan bir qator vazifalar 
mashinalarga o’tkazilmoqda. Bu jarayonda insonga xos intellektual faoliyat 
mashinalarga ko’chiriladi. Natijada mashinalar insonning faqat jismoniy 
mehnatinigina emas, balki aqliy mehnatini ham yengillashtiradi. Masalan, yillar 
davomida sanash mumkin bo’lgan narsalarni mashina yordamida bir necha 
daqiqada bajarish mumkin. Bunday mashinalar elektron hisoblash mashinalaridir 
(EHM). 
EHM bugungi kunda hayotimizning turli jabhalariga kirib bordi. Uning 
yordamida turli xil matnlarni qisqa muddatda terish, har qanday axborotni uzatish, 
qabul qilish va saqlash, hatto musiqa ijod qilish, shaxmat o’ynash imkoniyati 
mavjud. 
Bunday mashinalarning kashf etilishida mashina xizmati bilan jonli organizm 
faoliyati o’rtasidagi o’xshashlik tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi. Jonli 
organizmda ham, mashinada ham tashqaridan olingan signallarga javob beradigan 
boshqaruvchi va boshqariluvchi tarkibiy qismlar mavjud. Signallar inson faoliyati 
va mashinalar ishini belgilovchi ma’lum axborotlarni tashiydi. Axborot va signal 
tushunchalari kibernetikaning markaziy tushunchalaridir. 
Axborot xilma-xil bo’lganidek, signallar ham turli-tuman. U ko’rish, eshitish, 
yorug’lik kabi signallaridan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, yo’ldagi svetofor 
chirog’i ham signal, mashinaning burilish chirog’ini yoqish ham signal, jang 
maydonida oq bayroqning ko’tarilishi ham, qo’shinlarning qurolini tashlab qo’l 
ko’tarishi ham signal. Elektr impulslari, telegraf lentasidagi tire, nuqtalar ham 
signal. Ularning hammasi muayyan axborot tashiydi. Bu jihatdan so’zlar ham 
signaldir. U ham borliqdagi narsa va hodisalar haqida axborot beradi. Shuning 
uchun mashhur rus olimi I.Pavlov so’zni signallar signali degandi. 
Ma’lum axborot tashishda qo’llaniladigan signallar tizimi kod hisoblanadi. 
Kodlar EHM uchun katta ahamiyatga ega. U ham jonli organizm signallariga 
analogiya yo’li bilan yaratiladi. 
Jonli organizm faoliyati va mashina ishi o’rtasidagi o’xshashlikni quyidagicha 
izohlash mumkin. 
Inson sezgi a’zolari orqali tashqi olam haqida turli axborot beruvchi 
signallarni qabul qiladi. «Kirish signali» nomi bilan yuritiluvchi bunday signallar 
asab tarmoqlari orqali miyaga uzatiladi. Qabul qilingan axborot xotirada saqlanadi, 
qayta ishlanadi va uning faoliyati belgilanadi: harakat orqali muayyan reaksiya 


96 
chaqiriladi yoki turli xildagi yangi axborot qayta ishlanadi. «Kirish signallari» 
«chiqish signallari»ga aylantiriladi. 
Masalan, «O’tkan kunlar» romanini kim yozgan?» degan savolni til 
yordamida kodlashtirilgan va tovush signallari – so’zlar vositasi orqali uzatilgan 
axborot sifatida qarash mumkin. Eshitish a’zolari mazkur signallarni qabul qilib, 
miyaga uzatadi. Bu axborot miyadagi xotira uyalariga qabul qilinadi va qayta 
shakllanadi. 
Miya bo’lagi bilan xuddi o’shanday til yordamida markaziy aloqa kanallari 
orqali kodlashtirilgan yangi axborot uzatiladi: javobi – Abdulla Qodiriy. Abdulla 
Qodiriy so’zlovchi uchun «chiquvchi signal», ayni paytda, tinglovchi uchun esa 
«kiruvchi signal» hisoblanadi. Shunday qilib, yangi axborot qabul qilishda 
«kiruvchi signal» bilan «chiquvchi signal» zanjiri takrorlanib turadi. 
Mashina ham xuddi shu tamoyil asosiga qurilgan. Uning vazifasi axborotni 
qabul qilish, saqlash, qayta shakllantirish va uzatishdan iborat. 
Hozirgi kunda mashinalar yordamida inson mehnatini yengillatuvchi xilma-
xil ishlar amalga oshirilmokda. Ana shulardan biri avtomatik tarjimadir. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish