Yangi-Zelandiya kichik viloyatiga Yangi Zelandiya oroli va uning atrofidagi Kermadeksiya, Chatam orollari, Antipod arxipelagi kiradi. Shimolda subtropik, janubda mo‘tadil iqlim mavjud bo‘lib, qish seryog‘in keladi.
Palmalardan faqat areka o‘sadi. Daraxtsimon paporotniklardan siatea va diksoniyalar, lianalardan freytsinetsiya, epifit holida paporotniklar, mirtadoshlar, magnoliyadoshlar, lavrdoshlar vakillari, kauri daraxti (kopal smolasi olinadi), naytiya turkumi vakillari, podokarpus kabilar va Amerikadagi yukkaga o‘xshab ketadigan kordilina o‘simliklari o‘sadi. Tog‘ yon qiyaliklarida doim yashil bukzorlar, undan yuqorida ninabarglilardan fillokladus, libotsedrus o‘sadi. Ochiq yerlardla orlyak paporotnigi (ildizpoyasi iste’mol qilinadi) ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |