Maleziya kichik viloyati shimoli-g‘arbiy Himolay tog‘lari, Sharqiy Xitoyning janubiy chegarasi bilan tutashib, Gavayi orollarigacha cho‘zilgan.Ko‘pincha dukkakdoshlar oilasining vakillari, rasamala daraxti, fikusdoshlar oilasi vakillari, dipterokarpadoshlar oilasi vakillari, palmalarning 300 ga yaqin turi — kokos, kariota, ten, sago, areka kabilar tarqalgan. Yevgeniya, muskat yong‘og‘i, koritsa kabi daraxtlar mevasidan pishiriqlar tayyorlashda foydalaniladi. Epifitlardan paporotniklar, orxideyalar, amorfofal (aroiddoshlardan), rafleziya, nepentes, tek daraxti, alang-alang o‘ti o‘sadi.Maleziya kichik viloyati sholi, banan, shakarqamish, non daraxti, taro, indigo, kurkuma kabi o‘simliklarning vatani hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |