[
OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor bo‘lishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 Sud va boshqa organlarning
qarorlarini ijro qilish;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.04.00 Sud hujjatlarini ijro etish]
[
TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni nazorat qilish, hisobga olish va sotish, shuningdek pul mablag‘larini hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 4-modda) chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-iyul,
200-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, baholash va sotish, shuningdek uni yo‘q qilib tashlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom davlat daromadiga o‘tkaziladigan:
jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlari asosida mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari asosida mol-mulkning huquqbuzarlik buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari asosida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida mulkiy undiruvlarni ta’minlash maqsadida band qilib qo‘yilgan mol-mulkning davlatga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladigan qismiga;
ishni to‘xtatishda tergov organlarining qarorlari asosida mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
bojxona organlari qarorlari asosida eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan qismiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan, uning hududi orqali tashilayotgan (xalqaro tranzitdan tashqari), aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
soliq organlari qarorlari asosida aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo‘linmalari qarorlari asosida aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga tatbiq etiladi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29 iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
II. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni hisobga olish va saqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mol-mulkni (keyingi o‘rinlarda mol-mulk deb yuritiladi) olib qo‘yish vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
a) tuzilgan vaqti va joyi;
b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi,
otasining ismi;
v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qo‘yilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno;
g) mol-mulkni olib qo‘yishda ishtirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ular bo‘lsa;
d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;
e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
j) huquqbuzarning tushuntirish xati;
z) olib qo‘yilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning o‘ziga xos belgilari (og‘irligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qog‘ozlarni olib qo‘yishda olib qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qog‘ozlarning emitenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
i) olib qo‘yilayotgan mol-mulkning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan ham buyumlarning o‘zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo‘yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa.
Vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol to‘g‘ri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi uchun javobgar bo‘ladi.
5. Mol-mulk olib qo‘yilgandan keyin vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda mol-mulkni saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, olib qo‘yilgan mol-mulk, qoidaga ko‘ra, saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi)ning hududiy boshqarmalari mol-mulkni sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga belgilangan tartibda shartnomalar tuzgan va mol-mulkni saqlash uchun tegishli joylarga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan, har qanday turdagi va holatdagi qimmatbaho metallardan (oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar — palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy, osmiy), qayta ishlanmagan va qayta ishlangan tabiiy qimmatbaho toshlardan (olmoslar, brilliantlar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, shuningdek tabiiy marvarid), yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan olib qo‘yilgan zargarlik mahsulotlarini, tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni (keyingi o‘rinlarda qimmatbaho metallar va toshlar deb ataladi) saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi. Saqlash uchun maxsus shart-sharoitlarni talab qiladigan boshqa mol-mulk (avtotransport vositasi, dori vositalari va hokazolar) saqlash uchun binolar, maydonchalar va omborlarga joylashtirilishi mumkin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
saqlash uchun mas’ul shaxs belgilangan holda vakolatli organning;
mol-mulkni mas’uliyatli saqlashning belgilangan normalariga muvofiq bo‘lgan maxsus ombor binolari, asbob-uskunalar va shart-sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonchalari, omborlariga joylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy yoki xorijiy valyutadagi olib qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari (ashyoviy dalillar sifatida e’tirof etilgan pul mablag‘lari bundan istisno) ularni olib qo‘ygan organning milliy yoki xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazish uchun uch kun muddatda bankka topshirilishi kerak. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlaridan pul mablag‘lari faqat Tuman (shahar) byurosi tegishli bo‘limlarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkazish uchun, shuningdek mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan hollarda va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni egalariga qaytarish uchun hisobdan chiqariladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Mol-mulkni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni ta’minlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, o‘zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi va yo‘q qilinishi uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
Saqlash uchun qabul qilish-topshirish to‘g‘risida vakolatli organ mas’ul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulk ro‘yxati bilan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxs mol-mulk o‘zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi, yo‘q qilinishi yoki unga shikast yetkazilganligi uchun javobgarlik, shu jumladan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi, bu haqda qabul qilish-topshirish to‘g‘risidagi dalolatnomada mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxsning imzosi qo‘yilgan yozuv qayd etiladi.
Mol-mulk saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun mas’uliyat mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Olib qo‘yilgan mol-mulkning iste’mol,
foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida mansabdor shaxs uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchi tashkilotni tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari bundan mustasno) va ular bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan olib qo‘yilgan mahsulotlar bo‘yicha ushbu mahsulotni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
6-bandning ikkinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi. Boshqa turdagi mol-mulklarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonunchilikda belgilanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Etil (oziq-ovqat) spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalariga nisbatan olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni identifikatsiyalash va o‘ziga xos xossalarini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanadi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
6-bandning to‘rtinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
Ekspert vakolatli organning mansabdor shaxsi va mol-mulkning egasi ishtirokida, u bo‘lmagan taqdirda esa — xolis guvohlar ishtirokida tanlab olish normalariga muvofiq belgilangan tartibda sinov uchun bo‘lak va namunalar oladi, bu haqda tegishli olib qo‘yish dalolatnomasi tuziladi, unda olingan bo‘lak va namunalarning soni va alohida belgilari ko‘rsatiladi. Ushbu dalolatnoma mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilish to‘g‘risida qaror chiqarishda hisobga olinadi.
Ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan mol-mulk bo‘yicha ekspertiza,
shuningdek, chiqindilar va idishlarning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqliligi yuzasidan ham o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Olib qo‘yilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan materiallar vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan asillik darajasini tekshirish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarga yuboriladi. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardagi O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘a izlarining haqiqiyligini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga (keyingi o‘rinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) texnik ekspertizadan o‘tkazishga yuboriladi. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan o‘tkazilgan texnik ekspertiza uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda asillik darajasi to‘lovi undiriladi. Zarur hollarda, Asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallardan yasalgan tamg‘a bosilishi lozim bo‘lgan zargarlik va boshqa buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan o‘n kun muddatda asillik darajasi to‘lovi undirmasdan tamg‘alaydi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ekspertiza mol-mulkning turiga qarab qonunchilikda belgilangan tartibda bunga vakolati bo‘lgan tashkilotlar (standartlashtirish organi yoki uning tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) (keyingi o‘rinlarda ekspertiza organi deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari to‘g‘risida ekspertiza organi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir sutka mobaynida mol-mulkni olib qo‘ygan organga yozma xulosa taqdim etadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ekspert o‘z xulosasida tegishli laboratoriya-texnik tadqiqotlar davomida yaroqsiz holga kelgan yoki qaytarilgan namunalar va bo‘laklarning sonini ko‘rsatishi shart.
Uch kun muddatda ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmagan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarning ayrim turlari, tez buziladigan tovarlardan tashqari:
Oldingi tahrirga qarang.
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek oziq-ovqat tovarlari o‘n kundan ortiq bo‘lmagan
muddatda;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
7-bandning to‘rtinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
tovarlarning boshqa turlari bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mol-mulkni olib qo‘ygan organ (mansabdor shaxs) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan muddat mobaynida baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tergovga qadar tekshiruv surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulkni baholashda moliya organlari vakillari majburiy tartibda qatnashadilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘char mulkni olib qo‘ygan mansabdor shaxslar avtomototransport vositalaridan tashqari uni faqat, agar alohida olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ortiq bo‘lmasa, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan taqdirda baholovchi tashkilotni jalb etmasdan mustaqil baholashi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni baholash baholovchi tashkilot tomonidan baholash kunida amal qilgan narxlar bo‘yicha ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bojxona qonunchiligi buzilganligi munosabati bilan olib qo‘yilgan avtomototransport vositasini baholashda uning qiymati bojxona qiymatidan kelib chiqib, biroq “erkin muomala uchun chiqarish” bojxona rejimida bojxona chegarasi orqali o‘tganda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlaridan kam bo‘lmagan qiymatdan kelib chiqib belgilanadi.
(8-bandning uchinchchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obyektlarini baholashda ularning qiymati shunga o‘xshash litsenzion (nokontrafakt) asar yoki turdosh huquqlar obyektining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
O‘ziga xos xossalarga ega bo‘lgan mol-mulkni baholashda tegishli tashkilotlarning vakillari ham mutaxassislar sifatida jalb qilinadi. Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirig‘i bo‘yicha kelishi, qo‘yilgan masalalar bo‘yicha xolisona yozma xulosa berishi, o‘zi tomonidan bajariladigan xatti-harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholovchi tashkilot baholash obyektini baholash to‘g‘risida belgilangan qonunchilik shaklida uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir kun mobaynida hisobot taqdim etadi. Mol-mulkni baholash vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilganda u tomonidan ko‘rsatilgan muddatda mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar baholanadigan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo‘lsa ushbu mol-mulkni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi olib qo‘yilgan mol-mulkning har bir turini rasmga (imkoni bo‘lsa video suratga) oladi va ularni mol-mulk olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi bayonnomaga tirkab qo‘yadi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Olib qo‘yilgan mol-mulk vakolatli organning mansabdor shaxslari tomonidan baholanishi bo‘yicha yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ekspert, baholovchi tashkilot, shuningdek boshqa mutaxassislar o‘zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq moddiy va boshqacha tarzda javobgar bo‘ladilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Olib qo‘yilgan mol-mulkni va materiallar sudga berilguniga qadar uning harakatini hisobga olish uni olib qo‘ygan organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlari davlat daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, unga nisbatan olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan mol-mulk hisobini olib qo‘yilgan qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda uni sotishdan pul mablag‘lari tushishigacha yoki mol-mulk yo‘q qilib tashlangungacha yuritadilar;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda)
Ekspertiza organlari iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan xulosa berilgan davlat daromadiga o‘tkaziladigan yoki yo‘q qilib tashlanadigan mol-mulk (turlari bo‘yicha) hajmlari va qiymatining hisobini yuritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Olib qo‘yish sanasida bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘ygan organ mol-mulk olingan hududdagi tegishi tuman (shahar) prokuroriga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Har bir bunday holat bo‘yicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga o‘tkazilgungacha nazorat yuritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘yish va uni davlat daromadiga o‘tkazishning yagona hisobini prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda yuritadilar.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
III. Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risidagi materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) berilishi kerak. Materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol;
mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulkini davlat daromadiga o‘tkazishda — ko‘zdan kechirib chiqish dalolatnomasi. 20 va undan ko‘p yil foydalanilgan avtomototransport vositasini ko‘zdan kechirish dalolatnomasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organining avtomototransport vositasining foydalanishga yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi ilova qilinadi;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
ekspertiza o‘tkazish uchun bo‘laklar va namunalar olish to‘g‘risidagi dalolatnoma;
mol-mulkning iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan ekspertning xulosasi, majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati, shuningdek ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq ekspertning xulosasi;
mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi xulosa yoki mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi dalolatnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo‘lgan summadagi mol-mulk bo‘yicha qo‘shimcha ravishda suratga olish materiallari, mavjud bo‘lganda esa videosuratga olish materiallari ilova qilinadi.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
13. Quyidagilar majburiy tarzda yo‘q qilib tashlanishi kerak:
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo;
tamaki mahsulotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalari va tibbiy buyumlar;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
LexUZ sharhi
13-bandning to‘rtinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari;
ekspertiza xulosasiga ko‘ra bevosita iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsiz deb tan olingan oziq-ovqat tovarlari va boshqa tovarlar;
majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan, sertifikatlash organining xulosasi bilan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq emas deb e’tirof etilgan mahsulotlar;
asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalari, ular huquq egasining iltimosi bo‘yicha ularga berilgan hollar bundan mustasno, shuningdek kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obyektlarini tayyorlash va takrorlash uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bevosita iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lgan hamda ishlab chiqarishda va ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqli deb e’tirof etilgan oziq-ovqat tovarlari keyinchalik qayta ishlash yoki foydalanish uchun to‘lov evaziga tegishli korxonalarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20 va undan ko‘p
yil foydalanilgan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan avtomototransport vositalari haq to‘lash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga (metall parchalari narxida) topshiriladi. Bir vaqtning o‘zida, ushbu avtomototransport vositalarining davlat ro‘yxatiga olingan raqam belgilari va ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnomalarini belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlariga topshirish haqida qaror qabul qilinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
14. Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud yoki boshqa organ o‘z qarorida ekspertizani o‘tkazishda (sertifikatlashda) olingan va qaytarilgan bo‘laklar va namunalar sonini ko‘rsatgan holda davlat daromadiga o‘tkaziladigan yoki yo‘q qilinadigan mol-mulkning qiymati va miqdorini ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud yoki organ o‘zi chiqargan tegishli qaror kuchga kirgandan so‘ng keyingi kundan kechikmay ijro hujjatini ijro etish uchun tegishli Tuman (shahar) byurosiga yuboradi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Vakolatli organning kuchga kirgan qarori, shuningdek mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki mol-mulkni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi kuchga kirgan sud qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi ijro hujjati hisoblanadi.
Sud yoki organning (mansabdor shaxsning) ijro hujjatiga ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan, ijroni yuritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ilova qilinadi.
IV. Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarni bajarish va ularni hisobga olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat ijrochisi yoki uni bergan boshqa vakolatli organning ijro hujjatini bajarish uchun qabul qilib olishi va qonunchilikka muvofiq unga ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishi qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi masalani hal etishi kerak.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati qabul qilingandan keyin davlat ijrochisi ijro hujjatining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi, shu jumladan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ilova qilinadigan materiallar mavjudligini tekshiradi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro hujjati qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan ijro hujjatiga ilova qilinadigan materiallar mavjud bo‘lmaganda yoki ular belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan ijro hujjatini qo‘yilgan talablarni bartaraf etish uchun qaytaradi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi qo‘zg‘atilgandan keyin davlat ijrochisi o‘zida saqlanayotgan mol-mulk ro‘yxatini tuzadi, ushbu mol-mulk shu paytdan boshlab uning ixtiyoriga o‘tadi.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk ro‘yxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma davlat ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatga olish davomida mol-mulkni o‘zlashtirish, uning kamomadi, uni yashirish, yo‘q qilish, unga shikast yetkazish holatlari, mol-mulk nomi, miqdori, sifati, qiymat ko‘rsatkichlarida, shuningdek olib qo‘yish to‘g‘risidagi dalolatnomada, ekspertning xulosasida, baholash to‘g‘risidagi xulosada va mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi dalolatnomada va saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan farqlar aniqlangan taqdirda davlat ijrochisi bu haqda guvohlar ishtirokida uch nusxada dalolatnoma tuzadi va keyingi kundan kechikmay, dalolatnomaning bir nusxasi ilova qilingan ijro hujjati nusxasini aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda sudga yoki uni bergan vakolatli organga yuboradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat ijrochisi davlat ijrochisi joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) prokuroriga aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun dalolatnomaning ikkinchi nusxasi ilova qilingan maxsus bildirishnomani yuboradi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi tasarrufiga o‘tadigan qimmatbaho metallar va toshlarning ro‘yxatini tuzishda, qimmatbaho metallar va toshlarni davlat ijrochisiga topshirish sanasida ularning qiymati qayta baholanadi. Qayta baholash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shkala bo‘yicha ichki bozorda olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan qimmatbaho metallar va toshlar qiymati hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Qayta baholash davlat ijrochilari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi, soliq va moliya organlari vakillarining majburiy ishtirokida qimmatbaho buyumlar qiymatini qayta baholash dalolatnomasini tuzgan holda o‘n kun muddatda amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi qayta baholangan qiymatdan qimmatbaho metallar va toshlarni sotish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun foydalanadi.
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat ijrochisi ijro hujjati bajarilgunga qadar mol-mulk (qimmatbaho metallar va toshlardan tashqari) saqlanadigan joyni o‘zgartirishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxs, shuningdek mol-mulk saqlanishi uchun javobgar etib yangidan tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
17. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotish, avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkdan tashqari, shartnoma-vositachilik asosida yoxud kimoshdi savdosi shartlarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulk qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ixtisoslashtirilgan ochiq kimoshdi savdolarida sotiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Mol-mulkni sotish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosida savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklar sotilishini ta’minlashda mahalliy hokimiyat organlari bozor va savdo majmualarda savdo o‘rinlari va yarmarkalar tashkil etish orqali savdo tashkilotlariga ko‘maklashadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 819-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2019-y., 09/19/819/3819-son)
Zaxiralarni shakllantirish uchun beriladigan oziq-ovqat tovarlarini saqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarorlari asosida tanlov asosida belgilanadigan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Savdo tashkilotlarini aniqlashda ularning ixtisoslashuvi, joylashgan joyi va iste’molchi uchun borish oson bo‘lishi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va boshqalar), tegishli omborxona binolari va uskunalarning mavjudligi, avvalgi faoliyatida belgilangan savdo faoliyati qoidalarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi va boshqalar hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar ushbu savdo tashkilotlari bilan Byuroning hududiy boshqarmalari tomonidan tuziladi.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Mol-mulkni sotish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi ham hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sotilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) yoxud sotish yoki saqlash uchun maxsus shart-sharoitlar talab qilinadigan mol-mulkning ayrim turlari (qimmatbaho metallar va toshlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, boshqa neft mahsulotlari va hokazolar) Byuroning hududiy boshqarmasi bilan tuzilgan shartnoma asosida tanlov o‘tkazilmasdan sotish uchun tegishli tashkilotlarga berilishi mumkin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Istisno hollarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulk sotilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha davlat organlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun ularga tekin berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sotiladigan mol-mulk ijro ishini yurituvchi davlat ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga beriladi. Ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Savdo tashkilotlariga mol-mulkni uning butun qiymati to‘langunga qadar xaridorlarga berish, shuningdek mol-mulkni to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnoma shartlariga rioya etish, shuningdek mol-mulkni sotish tartibini nazorat qilish tegishli davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda tegishli davlat ijrochisi mol-mulkni uni sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan boshqa savdo
tashkilotiga berishga haqlidir;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni sotayotgan savdo tashkiloti tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirishning belgilangan qoidalarini buzish hollari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar unga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘radi, shuningdek ushbu holat to‘g‘risida davlat ijrochisini majburiy tartibda xabardor qiladi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Savdo tashkilotlari o‘zining mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun shartnomada belgilangan, biroq sotilgan mol-mulk qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan sotilgan mol-mulk savdo chegirmasini o‘z foydasiga ushlab qoladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan mol-mulkka (narxi pasaytirilmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat daromadiga o‘tkazilgan zargarlik buyumlaridan tashqari) talab bo‘lmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti bu haqda davlat ijrochisini yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek davlat ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari ishtirokida uning qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkilotiga tegishli bo‘lgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi. Arzonlashtirish to‘g‘risida maxsus shakl bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va ushbu mulkni olib qo‘ygan vakolatli organlarga beriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Arzonlashtirilgandan keyin mol-mulk sotilmagan taqdirda mol-mulk ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘zda tutilgan tartibda yana arzonlashtirilishi va ushbu Nizomga muvofiq sotilguniga qadar sotuvga qo‘yilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan sotuvdagi mol-mulkning yaroqlilik muddati tamom bo‘lgandan keyin savdo tashkiloti davlat ijrochisiga tegishli bildirishnoma yuboradi. Davlat ijrochisi yaroqlilik muddati tamom bo‘lgan mol-mulkni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun uch kun mobaynida sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga murojaat qiladi. Sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ davlat ijrochisining murojaatini ijro hujjatini bajarish usuli va tartibini o‘zgartirish tartibida ko‘rib chiqadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Sotish uchun savdo tashkilotlariga beriladigan barcha buyumlar muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha) va ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan ta’minlanishi kerak.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Buyumlarni juz’iy ta’mirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat daromadiga o‘tkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari orqali sotiladi.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan qo‘shimcha restavratsiya qilish talab qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari tomonidan sotiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda)
24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan buyumlardan tashqari) keyinchalik dalolatnoma bo‘yicha diniy tashkilotlarga tekin berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xazina majburiyatlari va yuridik shaxslar uchun obligatsiyalari O‘zbekiston respublika valyuta birjasi depozitariysida Byuroning depo hisob raqamida hisobga olinadi. Ushbu qimmatli qog‘ozlar belgilangan tartibda O‘zbekiston respublika valyuta birjasida sotiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalari ko‘rsatib o‘tilgan obligatsiyalar bilan operatsiyalar xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan shartnoma tuzgan banklarga keyinchalik ular emitent tomonidan qaytarilishi uchun beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Depozit sertifikatlar va cheklar ular bo‘yicha summani Byuroning organining depozit hisob raqamiga o‘tkazish uchun tegishli bank muassasalariga beriladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar fond birjasi yoki qimmatli qog‘ozlarning tashkil etilgan birjadan tashqari bozorlari orqali qonunchilikda belgilangan tartibda sotiladi.
(25-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan tartibda xarajat operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgan bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari Tuman (shahar) byurosi tegishli bo‘limlarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Bunda bank hisob raqamlaridagi xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari ko‘rsatib o‘tilgan bank hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari Tuman (shahar) byurosi tegishli bo‘limlarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida olib qo‘yilgan va tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud organlarining depozit hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari ijro hujjati berilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay ko‘rsatib o‘tilgan organlar tomonidan Tuman (shahar) byurosi bo‘limlarining ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkazilishi kerak.
(25-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
26. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya qilinadigan markalar haqi olinib pochta aloqasi tashkilotlariga beriladi.
27. Kitoblar, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan kitoblardan tashqari, haqi olinib kitob savdosi tashkilotlariga beriladi. Agar kitoblar ushbu Nizomda belgilangan tartibda sotilmagan taqdirda, ular chiqindi qog‘ozlarni qabul qilish uchun belgilangan narxlar bo‘yicha ikkilamchi xomashyoni yig‘ish va to‘plash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlariga to‘lov evaziga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk (tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lganlaridan tashqari) keyinchalik dalolatnoma bo‘yicha davlat muzeylari va ilmiy muassasalarga tekin berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining hududiy bo‘linmalariga tekin beriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan, tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga mas’uliyatli saqlashga tekin beriladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Qishloq xo‘jaligi mashinalari ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan ochiq kimoshdi savdolarida sotiladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
Mahsuldor mollar va ish mollari, asal ari oilasi, yem-xashak, mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladi.
30. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat tovarlari pulli asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladi. Ushbu tovarlar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga ko‘ra tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyoj mavjudligidan kelib chiqqan holda sotiladi.
Jun, bo‘rdoqi mollar, parrandalar, quyonlar, don, kanop va zig‘ir tolasi hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladi.
Teri, momiq-mo‘yna va qorako‘l xomashyosi ularni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga to‘lov evaziga beriladi.
31. Ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘, poliz o‘simliklari) hokimliklarga tekin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tarkibida rangli va qora metallar mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar, foydalanib bo‘lmaydigan fizik ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek, ushbu metallarning parchalari va chiqindilari belgilangan tartibda “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida shartnomaviy narxlarda sotiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
33. Dastgohlar va boshqa ishlab
chiqarish asbob-uskunalari, shuningdek tovarlar va mahsulotlar hamda shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kichik zavodlar, liniyalarni sotish belgilangan tartibda kimoshdi savdolarida amalga oshiriladi.
34. Dastlabki qayta ishlanmasdan savdo tarmog‘i orqali sotilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar tegishli korxonalarga keyinchalik qayta ishlash uchun sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab o‘tilganlar bundan mustasno.
35. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi xomashyoning boshqa turlari ikkilamchi xomashyoni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tegishli tashkilotlarga sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab o‘tilganlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Yo‘q qilib tashlash haqidagi ijro hujjati berilgan mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan mazkur Nizomning VII bo‘limida belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlanadi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan mol-mulk turlari bundan mustasno.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar qonunchilikka muvofiq ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan yo‘q qilinadi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Mol-mulkning Byuro xodimlari, soliq, moliya, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya, Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari, ekspertizani amalga oshirgan mutaxassislar, baholovchi tashkilot xodimlari, shuningdek ushbu mol-mulkni sotuvchi tashkilotlar xodimlari tomonidan sotib olinishi taqiqlanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni va ularni sotishdan olinadigan pul mablag‘larini hisobga olish sud ijrochilari tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha (davlat daromadiga o‘tkaziladigan qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda) yuritiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
V. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
39. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan qat’i nazar, iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi bo‘yicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi tomonidan davlat ijrochisi ishtirokida sotish uchun berish dalolatnomasi bilan savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘lar tovarni davlat daromadiga o‘tkazish yoxud uni qaytarish to‘g‘risida ijro hujjati olingunga qadar Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlaridagi depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan tovarlarning iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi to‘g‘risida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi davlat ijrochisi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida iste’mol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yo‘q qilib tashlaydi.
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va qurol-yarog‘larni olib qo‘yish, ekspertizadan o‘tkazish, saqlash va ular bilan bog‘liq boshqa xatti-harakatlar, shuningdek ularni hisobga olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. Avtomototransport vositalarini va ko‘chmas mulkni davlat daromadiga o‘tkazish va hisobga olish xususiyatlari
41. Avtomototransport vositalarini olib qo‘yishda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan u majburiy tartibda ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokolda uning ma’lumotlari, holati va butligi aks ettiriladi.
42. Olib qo‘yilgan avtomototransport vositalari vakolatli organlarning, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining hamda ularni saqlashning tegishli sharoitlarini ta’minlovchi boshqa tashkilotlarning maxsus ajratilgan joylarida (saqlash joylari, omborlar, jarima maydonchalarida) saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda davlat ijrochisi avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishga va boshqacha foydalanishga cheklashni ta’minlashi shart (muhrlash).
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari ularning saqlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlariga saqlash uchun berilishi mumkin.
(42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
43. Avtomototransport vositasini olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo‘yish to‘g‘risida protokol tuzilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli notarial organlarga va ichki ishlar organlariga bildirishnoma jo‘natadi.
44. Olib qo‘yilgan avtomototransport vositasining texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari tomonidan hududiy moliya organi hamda avtomobillarga texnika xizmati ko‘rsatish ixtisoslashgan korxonalari vakillarining majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulkning holatini ko‘zdan kechirish hududiy moliya organining vakili majburiy tartibda qatnashgan holda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organi mutaxassisi ishtirokida amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha ko‘zdan kechirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi hamda ko‘zdan kechirishda qatnashgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organining mutaxassisi 20 va undan ko‘p yil muddat foydalanilgan avtomototransport vositasini ko‘zdan kechirish bilan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasining yaroqliligi to‘g‘risida xulosa tuzadi va ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin davlat ijrochisi ushbu Nizomda belgilangan tartibda avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni qabul qilish-topshirishni amalga oshiradi.
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisi davlat daromadiga o‘tkazilgan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni vakolatli organdan qabul qilib olishda barcha hujjatlar, shu jumladan ular ko‘zdan kechirilganligi va baholanganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
VII. Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
45
1. Utilizatsiyaga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilining majburiy ishtirokida utilizatsiyaga yoxud ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshiriladi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasida bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi.
Davlat ijrochisi avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror chiqaradi va uni avtomototransport vositasi hisobga olingan joydagi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ijro etish uchun yuboradi. Bir vaqtning o‘zida Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ushbu avtomototransport vositasining davlat ro‘yxatiga olingan raqam belgilari va ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnoma ham (mavjud bo‘lsa) topshiriladi.
(45
1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Davlat ijrochisi tegishli ijro hujjati olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishini qo‘zg‘aydi va ushbu Nizomning 47-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni mol-mulkni yo‘q qilib tashlash joyi va sanasi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda davlat ijrochisi ushbu vaqtdan boshlab o‘zining tasarrufiga o‘tadigan saqlashda bo‘lgan yo‘q qilib tashlanishi kerak bo‘lgan mol-mulk ro‘yxatini tuzadi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘q qilib tashlanishi kerak bo‘lgan mol-mulk ro‘yxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnoma davlat ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘yishni amalga oshirgan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi.
(46-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash ijro ishini qo‘zg‘ash to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab 7 kundan kechikmay davlat ijrochisi tomonidan, quyidagilardan:
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organining vakili;
(47-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
sanitariya-epidemiologiya
xizmati organining vakili;
olib qo‘yilgan mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul shaxs (tashkilot vakili);
kamida ikki nafar xolis guvohdan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaning majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uzrli sabablarsiz yo‘q qilib tashlash uchun kelmagan komissiya a’zolari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(47-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vakolatli organning mol-mulkni olib qo‘ygan va mol-mulkni yo‘q qilib tashlash joyi va sanasi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilingan mansabdor shaxslarining kelmasligi yo‘q qilib tashlash uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash tartib-qoidasi sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari bilan kelishilgan usullarda va joylarda amalga oshiriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
49. Mol-mulkning yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha besh nusxada dalolatnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk yo‘q qilib tashlangan kundan boshlab uch kundan kechikmay dalolatnomaning bir nusxasi — sudga yoki ularni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organga, ikkinchi nusxasi — mol-mulkni olib qo‘ygan organga, uchinchi nusxasi — xulosa bergan ekspertiza organiga yuboriladi, to‘rtinchi nusxasi mazkur tovarlarning saqlanishi uchun mas’ul shaxsga (tashkilotga) beriladi, beshinchi nusxasi esa ijro ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish uchun davlat ijrochisida qoladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
50. Yo‘q qilib tashlangan mol-mulkning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanilishi mumkin bo‘lgan chiqindilari va idishlari davlat daromadiga o‘tkaziladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ikkilamchi xomashyoni to‘plash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tegishli tashkilotlarga shartnoma asosida sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Yo‘q qilib tashlanadigan mol-mulkni, chiqindilar va idishlarni sotishdan tushgan pul mablag‘larini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan yuritiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
VIII. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
52. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari, savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlaridagi maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Mol-mulkni sotishdan tushgan summani o‘tkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun to‘lanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida Sud va adliya organlarining rivojlantirish jamg‘armasiga penya to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larini o‘tkazish uchun Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlari tomonidan bankda maxsus hisob raqami ochiladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan maxsus hisob raqamiga, shuningdek pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan maxsus depozit hisobvaraqlarida turgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari o‘tkaziladi. Bunda talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatadigan tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlari maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlari hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari uch bank kuni mobaynida quyidagi tartibda:
(53-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boyliklar bo‘yicha:
(53-band 1-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
76 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga;
LexUZ sharhi
53-bandning 1-kichik bandi ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organning maxsus hisob raqamiga;
(53-bandining 1-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
2) O‘zbekiston Respublikasining chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha:
(53-band 2-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga;
(53-band 2-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 315-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib o‘tilishini ta’minlovchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga;
(53-band 2-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 315-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son)
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
3) O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha;
(53-band 2-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
82 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga;
LexUZ sharhi
53-bandning 3-kichik bandi ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarining maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha:
(53-band 4-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
82 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga;
LexUZ sharhi
53-bandning 4-kichik bandi ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlarining maxsus hisob raqamiga;
(53-band 4-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
5) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan ov va baliq ovlash qurollari, shuningdek, noqonuniy ov mahsulotlari bo‘yicha:
(53-band 5-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
52 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga;
LexUZ sharhi
53-bandning 5-kichik bandi ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
(53-bandning 5-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
6) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan boshqa tovarlar va boyliklar bo‘yicha:
(53-band 6-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
84 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga;
LexUZ sharhi
53-bandning 6-kichik bandi ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
8 foizi — mol-mulkni davlat daromadiga olib qo‘ygan organning maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga taqsimlanadi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
LexUZ sharhi
53-bandning 1 — 6-kichik bandlari ikkinchi xatboshilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-fevraldagi PQ-2791-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Tuman (shahar) byurosiga:
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari rekvizitlari — tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
LexUZ sharhi
54-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-fevraldagi PQ-2791-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlarining maxsus hisob raqamlari rekvizitlari — Byuro tomonidan ushbu organlar bilan birgalikda yetkaziladi.
(54-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha har oyda keyingi oyning 7-kunigacha Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlari, prokuratura, soliq, bojxona va tergov organlari o‘rtasida solishtirish dalolatnomasi tuziladi.
(54-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
55. Saqlash, ekspertiza va baholashni o‘tkazish, transport xarajatlari va mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar tegishli ravishda:
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkni olib qo‘ygan organlar mablag‘lari hisobiga — mol-mulkni davlat ijrochilariga bergungacha;
(55-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga — mol-mulk davlat ijrochilariga o‘tkazilgandan keyin qoplanadi.
(55-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
56. Ushbu Nizomning 55-bandida ko‘rsatilgan xarajatlar davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobiga, ular ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangungacha, tegishli xarajatlar qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan summa doirasida qoplanadi.
Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash hamda tegishli tashkilotlarga tekin berilgan mol-mulkni saqlash, ekspertiza va baholashni o‘tkazish, transport xarajatlari va ushbu mol-mulklarni davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobiga ular mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangunga qadar qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan sarf-xarajatlar vakolatli organlar tomonidan davlat ijrochilariga amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qoplanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan sarf-xarajatlarni tasdiqlaydigan hujjatlar ushbu mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organlar tomonidan har bir ijro varaqasi bo‘yicha alohida taqdim etilishi kerak.
(56-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
IX. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni qaytarish va uni hisobga olish
57. Mol-mulk yoki uning qiymati:
mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi sud qarori yoki vakolatli organ qarori bekor qilinganda;
mol-mulkning bir qismini band qilib qo‘yishni bekor qilish (ro‘yxatdan chiqarish) to‘g‘risida sud qarori chiqarilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda qaytariladi.
(57-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Mol-mulk hali sotilmagan, yo‘q qilib tashlanmagan yoki qayta ishlashga topshirilmagan bo‘lsa, uni qaytarish vakolatli organ yoki davlat ijrochisi tomonidan, mol-mulkni qaytarish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi, bu mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha hisobga olinadi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Arizaga mazkur mulk davlat mulkiga tushganligiga asos bo‘lgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
59. Agar mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga topshirilgan bo‘lsa, mol-mulk qiymatini qaytarish moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablag‘laridan va davlat organlarining tegishli hisob raqamlaridan ilgari mablag‘lar taqsimlangan ayni bir foiz nisbatida mol-mulk qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Davlat organlarining tegishli hisob raqamlariga mablag‘lar yetishmagan taqdirda yetishmagan qismni qaytarish moliya organlari tomonidan keyinchalik ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar davlat organlarining maxsus hisob raqamidan undirib olingan holda tegishli budjet mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Yo‘q qilingan mol-mulk qiymatini qaytarish ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Tegishli budjetdan qaytarilishi kerak bo‘lgan qism bo‘yicha mol-mulk qiymatini qaytarish manbai sifatida davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan ushbu budjetga kelib tushgan joriy tushumlar summalari hisoblanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan joriy tushumlar yetishmagan taqdirda moliya organi rahbari pul mablag‘larining yetishmagan qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarining tegishli bo‘limlari va paragraflari bo‘yicha tushumlar hisobiga to‘lash haqida qaror qabul qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
61. Mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini to‘lash, agar qaytarish to‘g‘risidagi ariza mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar bekor qilingan kundan boshlab uch yildan kechikmay berilgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk qiymati qaytarilishi munosabati bilan davlatga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq teskari talab (regress) tartibida aybdor shaxslardan undirib olinishi mumkin.
(61-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
X. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar tushishi to‘g‘risida hisobot
Oldingi tahrirga qarang.
62. Tuman (shahar) byurosi bo‘limlari tegishli soliq organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha mol-mulkni sotishdan pul mablag‘lari tushishi va ularning taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobot shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda alohida satrda qimmatbaho metallar va toshlarni ajratgan holda tasdiqlanadi.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Soliq organlari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha moliya organlariga belgilangan shaklda qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda, ortib boruvchi yakun bilan, mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda)
64. Har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, boshqa ekspertiza organlari esa — “O‘zstandart” agentligiga davlat daromadiga o‘tkaziladigan yoki yo‘q qilib tashlanadigan, iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqliligini yoki yaroqsizligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza xulosalari berilgan mol-mulkning (turlari bo‘yicha) hajmlari va qiymati to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
XI. Yakuniy qoidalar
65. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida
tushishini nazorat qilish, shuningdek davlat organlariga tekin berilgan mol-mulkni hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
66. Mol-mulkni olib qo‘yish, davlat mulkiga o‘tkazish yoki ularni yo‘q qilib tashlash, baholash (qayta baholash) hamda sotish vakolati berilgan, olingan pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi, nazorat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar.
Ushbu Nizom talablari buzilishining har bir holati bo‘yicha prokuratura organlari jazoning muqarrarligini ta’minlaydilar hamda qonunda nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlik choralarini ko‘radilar.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Ushbu Nizomni qo‘llash bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ekspertiza qilinadigan, baholanadigan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulk harakatini hisobga olish
DAFTARI
T/r
|
Mol-mulkni olib qo‘yish
|
Mol-mulkni ekspertizadan o‘tkazish va baholash
|
Saqlash joyi
|
Materialni sudga topshirish
|
Sud yoki boshqa organ qarori
|
Tushgan mablag‘
|
Olib qo‘yish dalolatnomasi va №
|
Mol-mulkning nomi
|
O‘lchov birligi
|
Soni
|
Ekspertiza xulosasining sanasi va №
|
Baholash hisoboti sanasi va № (Baholash dalolatnomasi sanasi)
|
Bahosi
|
Summasi
|
Hujjatning sanasi va №
|
Tashkilotning nomi
|
Sanasi
|
Hujjat
|
Sanasi va №
|
egasiga qaytarildi
|
davlat daromadiga o‘tkazildi
|
yo‘q qilib tashlashga berildi
|
Hammasi
|
shu jumladan mahalliy budjetga
|
Soni
|
Summasi
|
Egasiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi
|
Soni
|
Summasi
|
Ijrochiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi
|
Soni
|
Summasi
|
Ijrochiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni hisobga olish
DAFTARI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r
|
Ijro ishi №, davlat ijrochisisining F.I.O.
|
Ijro hujjatining №, sanasi, ijro dalolatnomasi tuzilgan sana
|
Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ
|
Mol-mulkni olib qo‘ygan organ
|
Mol-mulkning nomi, soni, summasi
|
Olib qo‘yilgan mol-mulk davlat ijrochisiga berilgan sana
|
Saqlash joyi va uning o‘zgargani to‘g‘risida belgi
|
Olib qo‘yilgan mol-mulk sotish uchun berilgan sana va sotuvchi tashkilot
|
Sotishga berilgan mol-mulkning arzonlashtirilishi to‘g‘risida belgi
|
Sotish summasi va uning tushgan sanasi
|
Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash xarajatlarini qoplash summasi, yo‘q qilib tashlash dalolatnomasi № va sanasi
|
Qolgan summani taqsimlash
|
Alohida belgilar
|
budjetga
|
mol-mulkni olib qo‘ygan organga
|
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
| | | | | | | | | | | | | | | |
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-sentabrdagi 707-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 993-modda)
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.