111
5. Sulfatli xom-ashyo - gipstosh va tabiiy angidrid. Ular gipsli. bog‘lovchilar
ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo va portlandsement qotishi regulyatorlardir;
6. Toshqol va kullar - sementlarning xom-ashyoli shaxtasi hamda ohak, gips va
portlandsement asosida olinadigan qо‘shma sement tarkibiga kiradi.
Bog‘lovchi modda, keramika va shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
korxonalarga xom-ashyo tabiiy, texnogen yoki sintetik holatlarida karer, kon va
korxonalardan keltiriladi. Sintetik xom-ashyo - kalsinatsiya qilingan soda, bor
kislotasi, bura, potash, bariy karbonati, о‘ta toza oksidlar, karbidlar, nitridlar,
silitsidlar va boshqa bir qator kimyoviy birikmalar dastlabki ishlov berishni talab
etmaydi. Ular korxonalarga tayyor holda keltiriladi va shixtalar tarkibiga
dozirovkadan о‘tgach kiritiladi.
Tabiiy va texnogen xom-ashyolar - kremnezemli (kvars, kvars qumi,
kvarsit, diatomit, opoka, trepel), alyumosilikatli (lyoss, gil, olovbardosh gil, gilli
slanets, kaolin, dala shpati, chinni toshi, perlit, pemza, tuf, trass va boshqa),
karbonatli (ohaktosh, bо‘r, mergel, magnezit, dolomit), glinozemli (boksit va
nefelin), sulfatli (gipstosh, angidrid, natriy sulfati), fosforli (fosforit, apatit)
moddalar silikat massasi yoki shixtasi tarkibiga boyitilmagan holda kiritilishi
mumkin (qurilish keramikasi ishlab chiqarishda). Lekin kо‘p hollarda (chinni-
sopol, olovbardosh buyum ishlab chiqarishda) ularga dastlabki ishlov berish
zaruriyati tug‘iladi.
Dastlabki ishlov berish orqali ularning tarkibidagi temir va boshqa rang
beruvchi oksidlarning miqdori kamaytiriladi, yopishqoqligini ta’minlovchi
glinozyom miqdori oshiriladi va h.k.
Kvars qumlari yuvilgan vaqtda tuproqlardan tozalanadi, qumdagi erkin
temir
birikmalarning
miqdori
25-30
%ga
kamayadi.
Bu
jarayon
klassifikalashtiruvchi konus, gidromexanik klassifikator va gidrotsiklonlarda
bajariladi. Ishqalab yuvish maxsus aralashtirgichlarda 8-9 minut davomida amalga
oshiriladi. Bu vaqtda kvars zarrachalari yuzasidan gillar yuvilib ketadi, ishqalanish
tufayli yuzada joylashib qolgan 80-90% temir birikmalari yо‘qotiladi.
Flototozalash flotatsion mashinalar yordamida faol aralashtirish yо‘li bilan
amalga oshirildi. Pulpaga flotoreagentlar kiritilishi tufayli qum zarrachalari suvda
xо‘llanadi va chо‘kadi, qо‘shilmalar esa qо‘llanmaganligi tufayli kо‘pik holatida
yuzada qoladi. Bu usul yordamida temir oksidining miqdori 0,02-0,04% ga
kamayishi mumkin.
Elektromagnitli separatsiya induksion - rolikli magnit separatori yordamida
bajariladigan operatsiya bо‘lib, unda temir birikmalari va kvars zarrachalari turli
trayektoriyalar bо‘yicha harakat qiladi va yig‘iladi.
Boyitishning kimyoviy metodlari ham optik shishalari, qо‘rg‘oshinli billur
kabi mahsulotlar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Yuzani erituvchisi sifatida
suyultirilgan kislota yoki kuchsiz kislota tuzi eritmasi ishlatilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: