7
yozilganini isbotlashga ularning bilimlari yеtishmaydi.
Shunday qilib muammoli
vaziyat yaratiladi. Oʻquvchilar yangi matеrialni oʻrganish zarurligini sеzadilar. Bu
mеtodda eng muhimi muammoli vaziyat yaratish, til, hodisalarini tahlil qilish, oʻzaro
taqqoslash omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish
hisoblanadi.
Suhbat — muhokama jarayonida muammoni oʻqituvchi rahbarligida
oʻquvchilarning oʻzlari hal qilishlari yoki oʻqituvchi
tomonidan hal qilinishi
mumkin. Muhokamaning borishi bilimlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol
aqliy faoliyatni talab qiladi.
II. Oʻquvchilarda soʻz va gapga lingvistik munusabatni oʻstirish ustida
maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar.
Oʻquvchilarda soʻz va gapga lingvistik munosabat
nazariy bilimlarni oʻzlashtirish, mavhum tafakkurni oʻstirish jarayonida
shakllantiriladi va tilning sеmantik va grammatik tomonining bir-biriga ta'sirini
anglashni bildiradi. Oʻquvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan,
ularning
asosiylari boʻlgan soʻz, morfеma, soʻz birikmasi, gapga lingvistik munosabatni
parallеl shakllantirish bilan birga ongli oʻzlashtiradilar. Soʻzga lingvistik munosabat
soʻzni tovush-harf
tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni oʻrtasidagi
bogʻlanishini aniqlash, soʻzni morfеmik tahlil qilish va soʻzga 14 lеksik ma'no
bеrishda morfеmaning rolini tushunish; soʻzni grammatik
tahlil qilish va shu
soʻzning muayyan soʻz turkumiga oid ekani bilan uning grammatik bеlgilari oʻzaro
bogʻliqligini tushunish koʻnikmasining shakllanishiga qarab oʻsib boradi. Lingvistik
munosabat oʻquvchilarda asta-sеkin shakllantirib boriladi, ularda bilish,
tushunib
olish saviyasi ham har xil boʻlishi mumkin.
Masalan, II sinf oʻquvchilari gapdagi soʻz birikmalarini topadilar, ammo u soʻz
birikmasidagi soʻzlar oʻzaro qanday, ya'ni nimalar yordamida bogʻlanganini
tushuntira olmaydilar. III sinf oʻquvchilari gapdagi soʻz birikmasini topadilar va soʻz
birikmasi tarkibidagi soʻzlar oʻzaro soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalar (kеlishik,
shaxs-son qoʻshimchalari) yoki ohang yordamida bogʻlanganini tushuntiradilar,
ya'ni bogʻlanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini koʻrsatadilar. Bu soʻz
birikmasi tarkibidagi soʻzlarning bogʻlanish mohiyatini elеmеntar darajada
tushunish boʻlib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (soʻz
birikmasi tarkibidagi
soʻzlarning bogʻlanish turlari, bosh va ergash soʻzning xususiyatlarini) tushunadilar.
Oʻqituvchi oʻquvchilarda soʻzga, soʻz birikmasi va gapga lingvistik munosabatni
ta'lim jarayonida maqsadga muvofiq oʻstirib boradi, xususan, oʻrganiladigan
katеgoriyani oʻquvchi tushunib olishiga gʻamxoʻrlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: