2. Modellarni amalga oshirishni ta’minlash uchun texnik, dasturiy, axborotlashtirilgan va boshqa vositalar



Download 303,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana24.06.2022
Hajmi303,94 Kb.
#698456
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5- mavzu. Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari(1)

asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
- vazifaviy majmuaning etarlicha kengligi;
- tizimning integratsiyalashuvi;
- konfiguratsiyalashishi;
- ochiqligi va moslanuvchanligi.
Bank tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning ro’yxatini ikki 
qismga: majburiy va qo’shimcha vazifalarga bo’lish mumkin. Birinchilariga, qoidaga 
ko’ra har qanday tijorat bankida bo’ladigan va tizimda u yoki bu ko’rinishda mavjud 
bo’lishi kerak bo’lgan faoliyat yo’nalishlari kiritiladi va ikkinchilarini tanlash esa 
bankning ixtisoslashuviga bog’liq. 
Bank tizimlarining funktsional masalalari

Banklararo hisob-kitoblarni 
avtomatlashtirish. Avtomatlashtirilgan bank tizimlarining (ABT) iste’mol (vazifaviy) 
xususiyatlarini kengaytirish mamlakatimiz bank ishini rivojlanishining xususiyalari 
bilan bog’liq. Agar bank xizmatlarining u yoki bu turlariga o’sib boruvchi so’rovlari 
ommaviy harakterga ega bo’lsa, unda ABT bozorida bank texnologiyalarining yangi 
sifatlari paydo bo’ladi.


193 
ABTlari o’z xizmatlarining keng, turli-tumanligi bo’yicha mijozlarga tez va 
sifatli xizmat ko’rsatuvchiga imkon beradi. Tizimning asosiy xizmat modullari 
quyidagilarni amalga oshiradi:
- yuridik shaxslarga hisoblash-kassa xizmatini ko’rsatish;
- bank-korrespondentlari schyotlari bo’yicha xizmat ko’rsatish;
- kredit, depozit, valyuta operatsiyalari;
- xususiy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular bo’yicha 
operatsiyalar;
- fond operatsiyalari;
- plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar;
- buxgalteriya vazifalari;
- tahlil, qarorlar qabul qilish, menejment, marketing va boshqalar. 
Oxirgi avlod ABT «Mijoz-server» arxitekturasidagi tarmoqli texnologiyalarga 
suyanadi. Keyingi vaqtda moliyaviy tahlilning vazifalari va biznesni boshqarishning 
maqsadlariga katta ahamiyat berilmoqda. Moliyaviy xavf-xatarni nazorat qilishda, 
resurslarni boshqarishda, operatsiyalarning foydaliligini, yangi bank xizmati 
(mahsulot)ning mijoz va bo’linmalar daromadliligini tahlil qilishga imkon beruvchi 
tizimlar ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmoqda.
Majmua shaxsiy sabablar bo’yicha (hujjatlarni rasmiylashtirilgan buxgalteriya 
yozuvlari bo’yicha) mablag’larning haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga 
oshiriradi. Hujjatlar bundan keyingi nazorat operatsiyasidan o’tadi, barcha 
parametrlar mos kelganda hujjatlarning ro’yxati tuziladi va hisoblash-kassa 
markaziga jo’natish uchun fayl shakllantiriladi. Korrespondentlik schyoti orqali 
o’tgan hujjatlar schyotlari bo’yicha tarqatiladi.
Bankning operatsiya kuni dasturi-texnologik majmua sifatida bank hisobining 
ko’p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarini avtomatlashtiradi. (14.2-rasm). 
Mijozlarning shaxsiy schyotlari bo’yicha operatsiyalar to’lov hujjatlari bo’yicha 
amalga oshiriladi. SHaxsiy schyotdan ko’chirma esa har bir buxgalteriya yozuvlarini 
aks ettiradi.
Bank biznesining rivojlanishi bunday qurollardan kundalik faoliyatda 
foydalanish zarurligiga olib keladi. «Imkomservis» firmasi misolida ABT ning asosiy 
vazifaviy tizimlarining qisqacha ta’rifi ustida to’xtaymiz.
Filiallar faoliyatining hisobi bo’yicha majmua filialning hisobxonasi va boshqa 
bo’limlardagi ish joylarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. «Bank filiallar» 
darajasida filiallardan olingan axborotlarni bilish, ishlab chiqish va tahlil qilish
barcha filiallar o’rtasidagi hisob-kitoblar avtomatlashtiriladi. Filiallar orasidagi o’zaro 
hamkorlik to’g’ridan-to’g’ri yoki bankning markaziy bo’limi orqali tashkil qilinishi 
mumkin. Filial doiralaridagi majmua o’z ichiga valyutali va so’mni kassa 
operatsiyalarini oladi, filial bo’yicha balansni ichki buxgalteriya yozuvlarini hisobga 
olish bilan hisoblab chiqadi. Korrespondentlik munosabatlari bo’yicha hisob-
kitoblarni bajaradi.
Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha ABT ning eng keng tarqalgan 
tizimchalari quyidagilardir: 
mijozbank, plastik kartochkalar bilan ishlash 
operatsiyalari. 


194 
14.2-rasm. Operatsion kun modelining tarkibi 
«Yuridik shaxslarga xizmat 
ko’rsatish» tizimi 
«Xususiy shaxslarga xizmat 
ko’rsatish» tizimi 
«Ma’muriy xujjat aylanishi va 
xodim hisobini olib borish» 
tizimi 
«Filiallarni boshqarish» tizimi 
«
Xo’jalik operatsiyalarini 
rejalashtirish va taxlili» tizimi
«Xorijiy valyuta bilan 
operatsiyalar» tizimi 
«Taxlil va rejalashtirish» 
tizimi 
«Korrespondent schetini olib 
borish» tizimi 
«Bankning 
operatsiya 
kuni
» 
kirishning telekommunikatsion muhiti 
Filial 
Bank- korrespondent 
Uzoq masofadagi mijoz 


195 

Download 303,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish