2. Mil avv. VI asrda Eron hududida yashovchi xalqlar mil avv. 558 yilda podsho Kayxusrav II boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Bu davlat ikki asr mobaynida, ya‘ni, mil avv. 330 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan



Download 21,31 Kb.
Sana02.12.2019
Hajmi21,31 Kb.
#28036
Bog'liq
10p

2. Mil. avv. VI asrda Eron hududida yashovchi xalqlar mil. avv. 558 yilda podsho Kayxusrav II  boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Bu davlat ikki asr mobaynida, ya‘ni, mil. avv. 330 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli – G‘arbiy Hindistonga qadar cho‘zilgan edi. Axomaniylar (ko‘plab adabiyotlarda ahamoniylar) saltanatini Kir II (qad. eron – Kurush, grek. – Kyros) barpo etdi. Mil. avv. 558 – 530 yillarda esa Axomaniylar davlatini boshqargan. Axomaniylar davlati qisqa davr ichida Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O‘rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko‘radi. Kirning sharqiy hududlarga, xususan, O‘rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Uning birinchi bosqichi miloddan avvalgi 545 – 540  yillarga to‘g‘ri keladi. Kir II ning O‘rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan avvalgi 539 – 530 yillarni o‘z ichiga oladi. Harbiy yurishlarning birinchi bosqichida Parfiya, Baqtriya, Marg‘iyona hududlarini bosib oladi. Ammo O‘rta Osiyo xalqlari har doim erk, ozodlik va hurlikni hamma narsadan ustun qo‘yganlar. Shu bois ular bosqinchi Axomaniylar zulmiga qarshi muttasil kurash olib borganlar. Miloddan avvalgi 530 yilda massagetlar yo‘lboshchisi malika To‘marisning Kir II ustidan qozongan yorqin g‘alabasi bunga misol bo‘la oladi. Axomaniylar shohi Kir II ning tanadan judo etilgan  boshini  odamlar  qoni  bilan to‘ldirilgan mesh — qopga solar ekan, To‘maris shunday deydi: «Ey, Kir! Umr bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana, endi to‘yganingcha ich!».

Ammo Kir II ning o‘limi O‘rta Osiyo xalqlariga kutilgan ozodlikni olib kelmadi. Kir II o‘limi uchun uning avlodlari o‘ch oldilar. Xususan, o‘rta osiyoliklar axomaniylar podshosi Doro I davrida qattiq jafo chekdilar. Axomaniylar shohi Doro I (522 – 486) davrida O‘rta Osiyo hududlari bosib olinadi.  Tarixiy manbalarda yozilishicha, mil. avv. 522 yilda podsholik taxtini egallagan Doro I ga qarshi Marg‘iyonada Frada boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Doro I qo‘zg‘olonni bostirish uchun Baqtriya satrapi Dodarshishni yubordi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlik bilan bostirildi, 55 ming qo‘zg‘olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo‘lga olinib,  mil. avv. 521 yilda qiynab o‘ldiriladi. Ammo qo‘zgolonlar davom etavergan. Axomaniylar shohi Doro I ning shaxsan o‘zi mil. avv. 519 yilda parfiyonaliklar va sak qabilalari ustiga qo‘shin tortib borishga majbur bo‘lgan.

2. Taxtni Filipp II ning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr, Iskandar Maqduniy (mil. avv. 356, Pella — 323, Bobil) egalladi. U Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn (Zulqarnayn – Aleksandr Makedonskiyning laqabi. Sharqda shu laqab bilan atalgan. Bu laqab tojining ikki cheti shoxsimon bo‘lganligi sababli «ikki shohli» yoki «ikki tomon — ham G‘arb, ham Sharq hukmdori» degan ma‘nolarni anglatgan) nomi bilan mashhur edi.

Aleksandr otasi Filipp II yo‘lini davom ettirdi. Ammo u dastlab mamlakat ichki hayotini mustahkamladi. Davlat hokimiyatiga qarshi bo‘lgan amaldorlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rdi. U  Bolqon  yarim orolida o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Mil. avv. 334 – 330 yillarda o‘zining asosiy raqibi Doro III qo‘shinlariga bir necha harbiy zarbalar berib butun Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Finikiya, Misr yerlarini egallab axomaniylar davlati hududlariga kirib bordi. Doro III Midiyaga qochdi. Iskandar qo‘shinlari mil. avv. 330  –  329 yillarda Afg‘onistonning janubiy tomonlarini egallab Hindiqush tog‘lari orqali O‘rta Osiyoga yurish boshladi.

Tarixiy manbalarda Aleksandrga qarshi butun O‘rta Osiyo xalqlari oyoqqa turganligi hikoya qilinadi. Ayniqsa baqtriyaliklar, so‘g‘diyonaliklar xalq qasoskorlari Spitamen, Oksiard rahbarligida qahramonlik ko‘rsatgan. Iskandar hiyla  –  nayranglar va shafqatsiz qirg‘inlar evazigagina o‘z maqsadini ro‘yobga chiqara olgan. Jumladan, Samarqand (Marokand)da Spitamen boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni Aleksandr ikki yildan so‘nggina — mil. avv. 328 yil kuzida bostira oldi, xolos. Diodor bergan ma‘lumotlarga qaraganda, qo‘zg‘olonni bostirish chog‘ida so‘g‘dliklardan 120 ming kishi shafqatsizlarcha qirib tashlangan. Ustrushonada Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘idagi tog‘liklar bilan bo‘lgan jangda tub yerli 30 ming aholidan 22 minggi qilichdan o‘tkazilgan. Ammo vatanparvarlar taslim bo‘lmaganlar. Iskandar hiyla ishlatib mahalliy hukmdorlardan So‘g‘d qal‘asining hokimi Oksiardning qizi Roksana (Raxshona, Ravshanak)ga uylanadi, mahalliy xalqqa o‘zini yaqin tutib, uning milliy urf – odatlarini qabul qiladi, milliy kiyimlarini kiyib yuradi. Shundan so‘nggina mahalliy hukmdorlarning bir qismi uning tomoniga o‘tadi va Aleksandr o‘z niyatlarini ro‘yobga chiqaradi.

3. Davan (xitoycha Da – yuandan olingan) — Farg‘ona vodiysidagi qadimgi davlat. Mil. avv. II – I asrlardagi Xitoy manbalarida keng, obod, boy mamlakat — Davan haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug‘ hukmdor qarorgohi Gushan (hoz. O‘zgan shahar deb taxmin etiladi)da bo‘lgan. Podsho hokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo‘yilgan. Oliy kengash hukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto o‘lim jazosiga hukm qilishi mumkin bo‘lgan. Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. III asrgacha uchraydi. So‘ngra Davan o‘rniga «Boxan» va «Polona» (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qadimgi Davanga mos keladi deb qayd etib o‘tganlar. Ammo arxeolog olim akademik A. Asqarovning xulosasiga ko‘ra, Davan davlati mil. avv. II asrda emas, balki ancha ilgari – mil. avv. IV yoki III asrlarda ham bo‘lgan. U davrda bu davlatning nomi Parkana bo‘lgan. Davan nomini xitoylar berganlar. Xitoyshunos N. Ya. Bichurinning fikricha, Davan – Qo‘qondir, ham shahar va o‘lkadir. Xitoyliklar Davan deb nomi toxarlar bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.

Mil. avv. II asr Xitoy manbalari ma‘lumotlarida ta‘kidlanishicha, Davanda 300 ming aholi yashagan. Vohada 70 ta katta – kichik shahar bo‘lgan, poytaxti Ershi (hozirgi Marhamat) shahri edi. Davanliklar ko‘zlari kirtaygan, qalin soqolli xalq bo‘lib, savdo – sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin – qizlar izzat – ikrom qilingan. Davanda yetishtirilgan «samoviy tulporlari» — arg‘umoqlar (zotli chopqir otlarga Sharq xalqlari bergan umumiy nom) Sharqda mashhur bo‘lgan. Mil. avv. 104 – 101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar. Birinchi – hujum Xitoy askarlarining mag‘lubiyati bilan tamom bo‘lgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qo‘shin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda Ershi shahrini qamal etishgan 

4. Qang‘ davlati, Qanhxa (qad. xi­toy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o‘qilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o‘rta havzasida mavjud bo‘lgan davlat (mil. avv. III – mil. V asr o‘rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.

K. Shoniyozovning fikricha, Qang‘ davlati sharqda Farg‘ona (Davan, Dayyuan), shimoliy – sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shimoliy – g‘arbda Sarisu, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, Qang‘ davlatining janubiy hududiga hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on va Urganch tumanlari kirgan bo‘lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubda — Dayruzie (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang‘ davlatining janubiy chegarasi o‘zgargan. Shu tufayli mil. avv. II asrda Xitoy elchisi Chjan Tsyan farg‘onaliklar yordamida Qang‘ davlati orqali Dayru­zie (Dayuechji) davlatiga borgan. Qang‘ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushie bo‘lgan. Bityan Bin­kat shahri (boshqa manbalarga ko‘ra, Qanqa) o‘rnida, Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So‘qoq (Sukeeke) nomli joyga to‘g‘ri keladi. Qang‘ davlatining yozgi qarorgohlari Issiqko‘l bo‘ylab, hozirgi Qoraqo‘l (Prjevalsk) yonida bo‘lgan. Qang‘ davlatining qo‘shini 80 – 90 ming jangchini tashkil etgan. Qang‘ davlati aholisining urf – odatlari Ruzie (Yuetszi) davla­ti aholisi urf – odatidan farq qilmagan. O‘z navbatida, ruzieliklar urf – odatlari hunlarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘ davlati hukmdori va Hun xoqonligi o‘rtasida qudachilik munosabatlari o‘rnatilgan. Shu tufay­li xitoylar hunlar ustidan g‘olib chiqib, ularni o‘z joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni o‘z avlodi bilan Qang‘ davlatiga ko‘chib kelgan.

Qang‘lilarda madaniyat va san‘at ham yuksak darajada rivoj topgan. Milodiy II – III asrlarga oid xitoy manbalarida qang‘lilarning mohir sozanda, maqomchi va bastakor bo‘lganliklari, ularning mashhur raqqosalari to‘g‘risida ma‘lumotlar bor.

5.  Kushon podsholigi va uning yurtimiz davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni. Kushon podsholigi – o‘zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (milodiy I – III asrlar). Milodiy I asrning 1 – yarmi yoxud o‘rtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida – yuechji) mil. avv. 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon – Baqtriya podsholigi o‘rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo‘linib (Kushon, Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi) yashagan. Bulardan Kushon (Xitoy yilnomalarida Guyshuan) qabilasi jabg‘usi Kujula Kadfiz (Kadfiz I – mil. avv. I asr oxiri – milodiy I asr 1 – yarmi) mil. I asrda qolgan 4 qabilani bo‘ysundirib, o‘zini hukmdor deb e‘lon qilgan.

«Kushon» atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo‘lib, u ilk bor mil. avv. I asr oxiri  –  mil. I asr boshida hukmronlik qilgan podshoh «Geray» — Sanab zarb qildirgan tangalarda qo‘llangan. Mil. avv. I asrda Kosonsoy – Kushonlar saltanatining poytaxti bo‘lgan. Kushonlarninchqg dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda O‘zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubiy – sharqidagi yerlar) kirgan. Dastlab jabg‘u, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon davlatiga asos solgan bo‘lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg‘oniston bilan Pokistonning ko‘pchilik qismini bosib olgan.

Kushon davlati Kujula Kadfizning o‘g‘li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan, Kanishka I (23 yil podsho bo‘lgan) va uning o‘g‘li Vasishka (4 yil podsholik davrini surgan) davrida har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Buni milodning III asriga oid budda matnidagi «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo‘lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi. Kushon davlati O‘rta Osiyoning kattagina hududlari, Shimoliy Hindiston, Qashqar, Afg‘oniston va Sharqiy Turkiston yerlarini o‘z tarkibiga qamrab olgan edi. Kanishka podsholigi davrida mamlakatning iqtisodiy – siyosiy va harbiy qudrati har tomonlama rivoj topdi. Mamlakatda oltin, kumush va mis tangalar zarb kilindi. Bu davrda ayniqsa Termiz,  Samarqand,  Naqshab,  Buxoro, Choch, Dalvarzin, Peshovor va boshqa shaharlar rivojlandi. Xitoy, Rim va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari kengaydi. Bu borada «Ipak yo‘li»ning o‘rni va ahamiyati oshdi. Xitoy savdo – sotiqda o‘zining xom ipak va ipak matolari, oltin va terilari bilan mashhur bo‘lsa, O‘rta Osiyolik savdogarlar noyob va nafis shishalari, qimmatbaho toshlari, zeb – ziynat buyumlari bilan dong taratgan edilar.

Kushon davlatida siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo‘lida bo‘lib, unda podsho dunyoviy rahbar bo‘lish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satrapliklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning satraplari ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati bo‘lsa-da, unda qishloq jamoasi muhim o‘rin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng ko‘lamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmning mahayana mazhabiga e‘tiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko‘plab boshqa dinlar ham bo‘lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida ko‘proq oltin va mis tangalar qo‘llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarining ko‘pchilik turi ekilgan. Kushonlar saltanati o‘z davriga nisbatan yuksak madaniyatga ega bo‘lgan edi. Ammo u hakda ma‘lumotlar deyarli saqlanmagan. Kushon davlati Kanishka I (78 – 100 – 123) podsholigi davrida o‘z yozuviga ega bo‘lgan. 22 harfdan iborat bo‘lgan bu yozuv Kushon (Baqtriya) yozuvi deb atalgan. Bu yozuvlar Kushon davlati zarb etgan tangalarda aks etgan. 

6.O’zbekiston  tarixini yaratish va uni o`rganish ko`p jihatdan to`g’ri, nazariy va metodologik asoslarning ishlab chiqilishiga, ularning amaliy hayotga tadbiq etilishiga bog’liq. Tarixiy voqealarni o`rganishda puxta va chuqur ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta.

Afsuski, sovetlar davrida tarixni o`rganish va o`qitish ishlari marksistik metodologiyaga bo`ysundirildi. Har voqeani yoritishda komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazardan yondoshildi.  Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va  qullar, feodallar  va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va mulksizlar tarixiga  bo`lindi.  Boylar  va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari,  ruhoniylar qoralandi,  nomlari badnom qilindi.



Tarixiy voqealar  jamiyat  a‘zolarining  bir qismi  kambag’allar  va yo’qsillarni himoya qilgan holda,  ularning manfaatiga  bo`ysindirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi,  insonlarning diniy  e‘tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg’in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma‘rifatparvar shoiru - ulamolar,  yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo`lindi. Ulardan u yoki bu dinga e‘tiqod qilganlari  idealist  deb  ataldi  va  shuning uchungina ta‘qib etildi, ularning faoliyatini o`rganish ta‘qiqlandi, o`zlari taxqirlandilar, asarlari  xalqdan  yashirildi,  yo`qotib yuborildi. Oqibatda  ko`pgina tarixiy voqea- xodisalar soxtalashtirildi, o`tmish qoralandi, ma‘naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi.  Yosh  avlodga  ularni  jirkanch illat,  xurofot, eskilik sarqitlari,  deb o`rgatildi. Tarix faqat jangu-jadal, urushlardan iboratdek qilib ko`rsatildi. Xalqimiz tarixining  bu  qadar  soxtalashtirilishiga  faqat marksistik metodologiyaning  yaroqsizligini  aybdor  deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo`lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bldi. Tarix esa totalitar tuzum xizmatchilariga, targ’ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.  O’zbekiston  tarixini o`rganishning bir qator  ilmiy -  nazariy  va metodologik asoslar mavjud bo`lib, ular chuqr ilmiylik, rostguylik, tarixiylik, izchillik, xaqqoniylik va  boshqalardan iborat. Bu kabi nazariy-metodologik asoslar tarixiy tasavvurni, tushuncha va xulosalarning ilmiy-amaliy va uslubiy jihatdan to`g’ri hosil qilinishiga poydevor bo`lib xizmat qiladi, tarixni o`rganish va o`qitish jarayonida milliy istiqlol, vatanparvarlik, insonparvarlik, baynalmilallik kabi ulug’ fazilatlarni xalqimiz an‘analari, urf-odatlari, diniy e‘tiqodlari kabi milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularni e‘zozlash ustivor vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga moziyga hurmat bilan qarash,  milliy tiklanish tafakkuri, yondashuv  ruhini yoshlar dunyoqarashida shakllantirish lozimdir. Kishilik jamiyatining tarixini,tarixiy voqea va hodisalarni o`rganishning muhim nazariy-metodologik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi dialektik metoddir. Insoniyat hayoti,  jamiyat taraqqiyoti - dialektik jarayondir. Dialektika amalda  yagona va yaxlit,unda sodir bo`ladigan hodisalar, voqealar umumiy va bog’lanishda, ezluksiz  harakatda,   ziddiyatli taraqiyotda bo`ladi,  deb ta‘lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit,  Aristotel, Muso al- Xorazmiy , Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy,  Abu Ali Ibn Sino, Ulug’bek, Dekart, Spinoza, Gegel, Gertsen va boshqa olim va ma‘rifatparvarlarning xizmati kattadir.Ular tabiat, tarixiy va ma‘naviy dunyoni  bir jarayon shaklida,  ya‘ni ularni uzluksiz harakat qilib,  o`zgarib, rivojlanib boradigan holda,  taraqqiyotni ichki bog’lanishda  olib  o`rganish metodologiyasini yaratdilar.  Har qanday fanni o`rganishda  qo`llaniladigan yagona dialektik qonuniyatga asoslangan usul, ya‘ni dialektik metod,  O’zbekiston  tarixini o`qitish  va o`rganishda  ham asosiy nazariy metodologiya hisoblanadi.  O’zbekiston  tarixi fani, boshqa  ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi,  doimo harakatda bo`lib, o`zgarib, rivojlanib, boyib boradi. Bu fanning yana shunday o`ziga xos xususiyati borki, tarixiy fan bo`lganiuchun ham, avvalambor, boshqa fanlarga qaraganda u tez va ko`proq boyib boradi. Bir tomondan tariximizning ochilmagan "qurik"lari olimlarimizning ilmiy- tadqiqot ishlari natijasida ochilib, to`ldirilib borilaversa, ikkinchi tomonidan, mamlakatimizda, jamiyatimiz ijtimoiy, iqtisodiy,  ma‘naviy va madaniy sohalaridagi qo`lga kiritilayotgan yutuqlar tariximiz sahifalarini kun sayin boyitaveradi. Dialektik metodologiya har qanday  mamlakat  tarixini  jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o`rganishni taqozo etadi. Negaki har  bir  xalq  tarixida  milliylik, o`ziga  xos  betakror  xususiyatlari bilan  birga jahon tarixi,  butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir. Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O`rta Osiyo mintaqasidagi  ko`pgina  davlatlar  bilan - Afg’oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlakatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo`lib keldi.  Bu katta xududda yashovchi urug’, qabila, qavm,  elatlar  etnik  jihatdan  doimo o`zaro ta‘sir va aloqada bo`lganlar, qo`shilish jarayonini boshdan kechirganlar,  ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy hayoti bir-birlari bilan uzviybog’liq bo`lgan. Shu sababli  O’zbekiston   tarixini  qo`shni mamlakatlar tarixi  bilan  bog’lab o`rganish taqozo etiladi.  Qozoq qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors,afg’on, hind, arab va boshqa  xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak,  u O’zbekiston  xalqlari tarixini shunchalik chuqur,  har tomonlama o`rganishga imkon yaratadi, ko`maklashadi.
Download 21,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish