O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
“PSIXOLOGIYA KAFEDRASI”
“Ijtimoiy va oila psixologiyasi” fanidan
o’quv uslubiy tuzilma
Maktabgacha ta’lim, ta’lim yo’nalishi
talabalari uchun
Давлат таълим стандартига асосан _________ -
«Maktabgacha ta’lim, ta’lim yo’nalishi talabalari uchun»
таълим
йўналиши
бўйича
тахсил
олувчи
бакалаврларнинг
ўзлаштириши
лозим
бўлган
билимлар мазмунига зарурий талабалар мажмуаси
ишлаб чиқилган.
Ушбу дастур юзасидан талабаларга ижтимоий ва
оила
психологиясининг
долзарб
муаммолари
юзасидан амалий ва назарий билимлар мажмуасини
беришга қаратилган.
Тузувчи: Б.Э.Пармонов
АДУ психология кафедраси катта ўқитувчиси
Тақризчи: Т.Г.Сулейманова
АДУ психология кафедраси мудири, доцент
K i r i sh
Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro’y berayotgan
o’zgarishlar, ulardagi hayotda, uning qadriyatilariga, kasb-kori, oilasi va
yaqinlariga bo’lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining asosiy
mazmun va mohiyatlari mujassamlashmoqda. SHu ma’noda psixologiya fanining
muhim tarmog’i bo’lmish
ijtimoiy va oila psixologiyasi
oldida turgan vazifalar
ko’lami va salmog’i kattadir.
Biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha o’zgarishlarning ijtimoiy
psixologik mohiyatini ijtimoiy va oila psixologiyasining bugungi xolati va
istiqboli nuqtai nazaridan tahlil qilish orqali bu fanning jamiyatdagi o’rni va
imkoniyatlariga baho berishni niyat qildik.
O’quv uslubiy tuzilmada ko’tarilayotgan masalalar ijtimoiy hayot sirlarining
muxtasar bayoni bo’lsada, ma’lum ma’noda ijtimoiy va oila psixologiyasining
ilmiy amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to’g’risida tasavvur
beradi.
Ijtimoiy va oila psixologiyasining vazifalaridan kelib chiqib, talabalarga
dars jarayoni orqali hukmiga havola etilayotgan ushbu uslubiy tuzilmaning asosiy
maqsadi insonning jamiyat va oila bilan bo’ladigan ko’plab murakkab
munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishdir.
Ushbu o’quv uslubiy tuzilma yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini
bersada, umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho
berish, o’zi va o’zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo’lmaslik, o’z layoqatlarini
o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi.
Uslubiy tuzilma ijtimoiy psixologiya asoslari bo’yicha muxtasar bilimlarni
beradi, bunda albatta ijtimoiy va oila psixologiyasidagi tadbiqiy, amaliy sohalarga,
boshqaruv va rahbarlik masalalariga, muloqot va uni samarali ta’sir etish
yo’llariga, muloqotning shakllari, bosqichlari, vositalariga, shaxsning ijtimoiy
munosabatlardagi turli toifalardagi oilalarga e’tiborni qaratadi. Har bir mavzuda
avvalida ko’riladigan masalalar, mavzuning qisqacha mazmuni, mavzu yakunida
esa qisqacha xulosa, nazorat savollari, mavzu yuzasidan testlar hamda mustaqil
ishlar uchun mavzular berilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |