2-mavzu: Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti. Sharq mamlakatlari xronologiyasi reja



Download 57,43 Kb.
bet6/8
Sana30.12.2021
Hajmi57,43 Kb.
#87593
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti 081120113647

1.Nisanu 30 7 Tashritu 30

2. Ayru 29 8. Araxsamna 29

3. Sivanu 30 9. Kislivu 30

4. Duuzu 29 10 Tebetu 29

5. Abu 30 11. Shaabatu 30

6. Ululu 29 12. Addaru 29

Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog‘liq edi. “Nisanu”-harakat qilmoq, qadam tashlamoq, “Ayru” - yorqin, yorug‘, “Abu” - adovat, “Tashritu” - boshlanish, “Tebetu” - loyqa, “Shabatu” - vayronagarchilik (yomg‘ir natijasida), “Addaru” - bulutli degan ma’nolarni bildirgan. Bobilliklar kalendardagi “baxtli” va "baxtsiz” kun tushunchasiga katta e’tibor bergan. Ularda dastlab besh, sо‘ngra yetti kunlik haftalar bо‘lgan. Besh kunlik hafta “hamushtu” deb atalgan.

Bobilliklar yarim kechani kunning boshlanishi deb hisoblaganlar. Shuning uchun Quyosh botgandan sо‘ng yangi Oy kо‘rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan. Yahudiylar va musulmonlarning ham kalendarlarida ham shu tamoyilga amal qilingan.

Bobilda Hammurapi hukmronligi davrida Oy kalendaridan Oy-Quyosh kalendariga о‘tildi. Xammurapi farmonlaridan birida “Kalendar yilimiz orqada qolib ketmoqda. Shuning uchun keyingi Oy ham eluli (ikkinchi ululi) Oyi hisoblansin. Tishritu Oyi bir Oy keyinga surilsin”,-deb buyruq beradi. Ular aniq hisob-kitoblarsiz qо‘shimcha oylarni joriy qildilar. Ular ikkinchi ululu oyini qо‘shadi. Bobilda bu usul miloddan avvalgi VI asrgacha qо‘llanilgan. Bobilda miloddan avvalgi VI asrga kelib Kleostat siklidan “oktaeterida”dan foydalangan. Unda sakkiz yilda uchta ikkinchi, beshinchi, sakkizinchi yillarda embolistik oylar joriy etiladi. Miloddan avvalgi IV asrga kelib Kleostat siklining о‘rnini Meton sikli egallaydi. Unda har 19 yilda 7 ta (3, 6, 8, 11, 14, 17, 19 yy.) embolistik oy joriy qilinadi. Bobilda Oy-Quyosh yili 22 mart 20 aprel oralig‘ida boshlangan. Keyinchalik Mesopotamiyada Bobil kalendari keng tarqalgan. Ushbu kalendarni miloddan avvalgi XII asrda Ossuriya, keyinroq Ahmoniylar, Salavkiylar, Parfiya davlati qabul qilgan.

Qadimda Bobilda astronomiya fani taraqqiy etgan bо‘lib osmon jismlari harakatini kuzatish maqsadida zikkuritlar bunyod etildi. Miloddan avvalgi 700 yillarda Bobilda astronomiya fanidan “Mulapin” deb nomlangan darslik yaratiladi. Bobilda dastlabki vaqtlar eradan foydalanmagan. Voqealar podsholarning hukmronligi davriga qarab hisoblangani bois noqulayliklarni tug‘dirgan. Bobilda qabul qilingan dastlabki eng qadimgi era sifatida Nabonassar erasini (mil. av. 747-743 yillarda hukmronlik qilgan) aytish mumkin. Nabonassar ajdodlaridan qolgan butun yodgorliklarni buzishga farmon berib, yangi erani boshlaydi (bu Yulian kalendari bо‘yicha miloddan avvalgi 747 yil 26 fevralga tо‘g‘ri keladi).


Download 57,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish