Mesopotamiya kalendarlari. Miloddan avvalgi 2500 yilda shumerlar Oy-Quyosh kalendarlaridan foydalanganlar. Bobil Xammurapi (mil. av. 1792-1750 y.) hukmronligi davrida nafaqat Mesopotamiyada, balki Old Osiyodagi yirik siyosiy, madaniy markazga aylandi. Xammurapi bir qancha islohotlar, jumladan kalendar islohotini ham о‘tkazib, Ikki daryo oralig‘idagi turli kalendarlarni bekor qilib, Ur shahri kalendarini butun Bobilda yagona rasmiy kalendar sifatida qabul qilindi. Bu kalendar dastlab Oy kalendari bо‘lib, har bir yildagi toq oylar о‘ttiz, juft oylar yigirma tо‘qqiz kunlik о‘n ikkita oydan iborat edi. Oylar shunday nomlangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |