O’quv faoliyati natijalari:
1) talabalar O’zRning ta’lim sohasidagi siyosati tamoyillari to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtiradilar;
2) talabalarning uzluksiz ta’lim tizimi, ta’lim turlariga oid bilimlari boyiydi;
3) talabalar xorijiy mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Frantsiya) ta’lim tizimi bilan tanishadilar;
4) talabalarda ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik-psixologik asoslariga oid bilimlar mustahkamlanadi;
5) talabalar ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi hujjatlar mohiyati to’g’risidagi tushunchalarni o’zlashtiradilar;
6) talabalar ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillari, vazifalari va organlari faoliyati bilan tanishadilar;
7) talabalarda pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o’tkazish tartibiga oid tushunchalar hosil bo’ladi
Ta’lim metodlari
|
Ma’ruza, “Savol-javob”, “Raqamlar”, “Taqdimot” va “Zakovatli zukko” metodlari
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Ma’ruza, ommaviy
|
Didaktik
vositalar
|
Mavzuga doir adabiyotlar, plakatlar, ma’ruza matni, slayd-Taqdimot
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona
|
Nazorat
|
Joriy nazorat, savol-javob
|
Texnologik karta
14-mavzu: O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi (Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim muassasasi menejmenti)
Do'stlaringiz bilan baham: |