Sinf-dars tizimining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko’rsatib berdi.
Afzalliklari: yaxlit pedagogik jarayonning tartibli kechishini ta’minlovchi tashkiliy tizim shakllanishi; jarayonlarning oson boshqarilishi: mavzuning jamoa bo’lib muhokama qilinishi, birgalikda izlash jarayonida o’quvchilar o’rtasida o’zaro munosabatning shakllanishi; o’qituvchi tomonidan o’quvchilar tarbiyasiga hissiy ta’sir ko’rsatilishi; o’quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish imkoniyatining mavjudligi, bilimsizlikdan bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi. Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun mo’ljallanganligi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o’zlashtiruvchi o’quvchilar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o’qituvchi uchun o’qitish mazmuni va o’qitish sur’atlari hamda metodlari bo’yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish (tabaqalashtirilgan ta’lim) shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, Evropada Maingeyms tizimi).
Evropa va AQShda XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan individual ta’lim ta’lim tizimda eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. Uni ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o’quv faoliyatining samaradorligi har bir o’quvchining imkoniyati, qobiliyatiga bog’liq: ta’lim faoliyati ustun turadigan o’qishni an’anaviy tashkil etish o’quvchining mustaqil o’quv faoliyatining asosi hisoblanishi; o’qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi, sinf laboratoriyasining ustaxonalar bilan almashtirilishi; darslarning bekor qilinishi; o’qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, o’quvchining laboratoriya (ustaxona)larda o’qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug’ullanishlari va zarur bo’lgan paytda o’qituvchidan yordam so’rashlari. XX asr 20-yillarida ta’limning loyihali tizimi targ’ib qilindi. Tizimning mazmuni o’quvchilarning o’zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlarini ifodalaydi. Loyiha ishlari real hayot bilan bog’langan bo’lishi va o’quv guruhlari jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, xo’jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy-maishiy jihatlarini aks ettirish kerak bo’lgan.
O’tgan asrning 60-yillarida amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqanTramk rejasi ommalashdi. Ta’limning bu shakli mashg’ulotlarni katta (100-150 nafar kishilik) auditoriyada 10-15 kishidan iborat guruhlarda yoki va o’quvchilarning har biri bilan individual ishlarni olib borish g’oyasini ilgari suradi. Ma’ruzani tashkil etishga turli texnik vositalardan foydalangan holda o’quv vaqtining 40 foizi, seminarlarga 20 foizi va laboratoriyalarda individual ravishda mustaqil ishlarni bajarishga 20 foizi ajratiladi.
Evropada o’rta asrlarda dastlabki universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi asoslandi. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, maslahat va ixtisoslik bo’yicha amaliyot bugungi kunga qadar ma’ruza-seminar tizimda o’qishning asosiy shakllari bo’lib kelmoqda. Ushbu tizim odatda oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim amaliyotida faol qo’llaniladi. O’zbekistonda ma’ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari amaliyotida ham samarali foydalaniladi.