Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining vazifalari: ta’lim muassasasida o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash; ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o’tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish; ta’lim muassasasi o’quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg’ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish; ta’lim muassasasidagi “Yosh etakchi”ning ishini nazorat qilish va unga yo’l-yo’riq ko’rsatish.
Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Zamonaviy o’qituvchining g’oyaviy-siyosiy, ilmiy-metodik va kasbiy saviyaga ega bo’lishi, fidokorlik ko’rsatishi ko’p jihatdan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni samarali tashkillashtirish, nazorat qilinishiga bog’liq.
Malaka oshirish tizimida pedagoglarni ijodiy izlanishga odatlantirish va ijodkorligini rag’batlantirish muhim ahamiyatga ega. Pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan bo’lib, ularni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish. Attestatsiya pedagoglarda kasbiy mahorat o’sishini rag’batlantirish, ta’lim-tarbiyada ilg’or PTni yaratish va qo’llash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa, lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o’tkaziladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi “Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi” va Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o’qituvchi, o’qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to’garak rahbarlari kiradi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: pedagog kadrlar o’z mutaxassisligi hamda me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlar bo’yicha test sinovidan, suhbatdan o’tkaziladilar; pedagog o’qitayotgan fan bo’yicha o’quvchilarning bilim va o’zlashtirish darajasi o’rganiladi; o’quvchilar o’rtasida sotsiologik so’rovlar o’tkaziladi.
Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, o’quvchilarning bilim darajasi, ilmiy, o’quv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan o’rganilgan kasbiy mahorati, rahbariyat tomonidan berilgan baho yig’indisidan iborat bo’ladi.
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat, sport, san’at sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o’z mutaxassisliklari bo’yicha suhbatdan o’tadilar.
Pedagoglar uchun me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlar bo’yicha test savollari to’plami O’zRning Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, DTS, milliy istiqlol g’oyasi, ma’naviyat asoslari, yangi PTga oid masalalardan tarkib topadi.
Bordi-yu, pedagog attestatsiyadan o’ta olmasa, shuningdek, tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmasa yoki qayta tayyorlash kurslaridan o’tmagan bo’lsa u holda o’z mutaxassisligiga ko’ra attestatsiyadan o’tish, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida ta’lim olish taklif etiladi. Bunday takliflarga rozi bo’lmagan o’qituvchilarning mehnat shartnomasi bekor qilinadi. “Attestatsiyadan o’tmadi” deb topilgan, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so’ng qayta attestatsiyadan o’tkaziladilar.
Nazorat uchun savollar:
Ta’lim sohasidagi O’zR davlat siyosati qanday tamoyillarga asoslanadi?
Ta’lim tizimi nima?
Uzluksiz ta’lim qanday bosqichlarda tashkil etiladi?
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining vazifalari nimalardan iborat?
Oliy ta’lim qanday vazifalarning hal qilinishini ta’minlaydi?
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimida qanday umumiy jihat va farqlar ko’zga tashlanadi?
Ta’lim muassasasini boshqarishda nimalarga e’tibor beriladi?
Ta’lim muassasasini qanday sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi?
Ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishda jamoatchilik boshqaruviga asoslanish qanday ahamiyatga ega?
Ta’lim muassasalarining Nizomlarida qanday g’oyalar yoritiladi?
Ta’lim muassasasining Ustavlari qanday maqsadlarga xizmat qiladi?
Ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillari nimalardan iborat?
Ta’lim muassasalari boshqaruv organlari tomonidan qanday vazifalar hal qilinadi?
Ta’lim muassasalari rahbari (direktor, o’quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari)ning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda yo’lga qo’yiladi?
Pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o’tkazishdan qanday maqsad ko’zlanadi?
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 1992.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni G’G’ Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” G’G’ Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.
Umumiy o’rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaqqat namunaviy Ustavi G’G’ Xalq ta’limi j. – Toshkent: 1999. № 1.
“O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi to’g’risida”gi Nizom G’G’ Xalq ta’limi j. – Toshkent: 1999. № 6.
“Umumiy o’rta ta’lim maktabi Pedagogika Kengashi to’g’risida”gi Nizom G’G’ Ta’lim taraqqiyoti j. – Toshkent: 2002. № 3.
Yo’ldoshev J.G’. Xorijda ta’lim. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1995.
“Umumiy o’rta ta’lim maktabi Metodika Kengashi to’g’risida”gi Nizom G’G’ Ta’lim taraqqiyoti j. – Toshkent: 2002. № 3.
“Umumiy o’rta ta’lim maktabi fan Metodika birlashmalari to’g’risida”gi Nizom G’G’ Ta’lim taraqqiyoti j. – Toshkent: 2002. № 3.
“O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari va o’quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari attestatsiyasi to’g’risida”gi Nizom G’G’ Ma’rifat g. – Toshkent: 2004 yil, 16 oktyabr.
“O merax po organizatsii srednego spetsialnogo professionalnogo obrazovaniya v Respublike Uzbekistane” (ot 13 maya 1998 goda) G’G’ Uchitel Uzbekistana. – Tashkent: 1998 god, 16 maya.
Ahliddinov R. Uzluksiz ta’limda pedagogik boshqaruv masalalari G’G’ Uzluksiz ta’lim j. – Toshkent: 2002. № 3.
Podlaso’y I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva: Vlados, 1999.
Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi G’ M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |