2-MAVZU: Xarakatlar strategiyasi – O`zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asosi
Reja:
O`zbekiston milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.
O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy asoslari.
Harakatlar strategiyasi – milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.
Tayanch so`zlar: fuqaro, fuqarolik jamiyati, davlat, davlat hokimiyati, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari.
1.O`zbekiston milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqqan O‘zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab olish maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o‘rganib, mamlakatimizning tarixiy-milliy xususiyatlari va geografik-demografik shart-sharoitlariga mos bo‘lgan o‘ziga xos modelni yaratish zarur edi. Sobiq totalitar to`zumdan juda ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy, muammolar meros bo‘lib, o‘tganligiga qaramasdan, respublika rahbariyati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz taraqqiyotining o‘ziga xos yo‘lini aniq belgilab oldi.
Bu yo‘ldagi dastlabki eng asosiy vazifa: «Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, unga muvofiq bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish, shuningdek, yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish»1 edi.
Mazkur vazifani sobitqadamlik bilan hal etish natijasida eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan, Sobiq Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo‘yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski tizimi tugatildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko‘lamli islohotlar mamlkatimiz taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi.
Mazkur islohotlar mamlakatimiz Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan yaratilgan beshta tamoyilga asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo‘lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo‘lishi lozim. Iqtisod o‘z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak;
Iqtisodni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqsodiyotiga o‘tilayotganda, davlat bosh islohotchi bo‘lib, uning boshqaruv tizimini qo‘ldan chiqarmaslik kerak;
Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya etishi kerak;
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng muhim vazifadir;
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog‘i lozim.2
Mazkur tamoyillar «O‘zbek modeli» sifatida jahonda e’tirof etilgan O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining g‘oyaviy-nazariy negizi bo‘lib xizmat qildi.
Shu nuqtai nazardan, 1991 yilning 31 avgust kunida O‘zbekiston Respublikasi mutloq mustaqilligining e’lon qilinishini unga qadar amalga oshirilgan o‘ziga xos siyosiy tayyorgarlik, umumxalq safarbarlikning qonuniy natijasi va keng miqyosli demokratik o‘zgarishlar uchun sharoit yaratgan buyuk tarixiy voqea deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi. Aynan shundan e’tiboran, O‘zbekistonning mustaqilligi, hududimizdagi barcha tarkibiy qismlarda; ya’ni davlat hokimiyatining quyidan yuqorigacha barcha bo‘g‘inlari, er osti va er usti resurslari, davlat boshqaruvi muassasalarining barcha tarmoqlari, millatning moddiy va intellektual salohiyati va tashqi aloqalarning barcha yo‘nalishlarida tanho hokimligi e’lon qilinganligi amalda to‘la milliy mustaqillikni bildirar edi. Uning xalqaro munosabatlarda sub’ektlar oladi.
Endilikda O‘zbekistonga nisbatan dunyodagi barcha davlatlari to‘laqonli mustaqil sub’ekti sifatida va tub manfaatlarining birdan bir rasmiy ifodachisi ekanligini tan olgan o‘zaro samarali munosabatlar o‘rnatishga munosib xalqaro siyosatning mustaqil, daxlsiz sub’ekti sifatida munosabat bildirishlari uchun zarur huquqiy-siyosiy asos yaratildi.
Mustaqil davlatimiz g‘oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini yaratish hamda uning shakllanishida – sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib, 1990 yil 24 martda (12-chaqiriq Oliy Sovetining birinchi sessiyasi) O‘zbekistonda Prezidentlik institutini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarori bo‘lgan edi.
Ma’lumki, o‘sha sessiyada I.A.Karimov O‘zbekiston SSRning Prezidenti etib saylangan edi. Mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi nafaqat davlatchiligimiz milliy g‘oyasini, balki xalqimizning bosqichma-bosqich siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurashning o‘ziga xos yo‘nalishining boshlanishi ham edi.
Prezidentlik institutining tashkil etilishi o`zoq yillar mobaynida Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolarni hal etishning birdan-bir to‘g‘ri echimi edi.
Ma’lumki, dunyo davlatchiligi tarixiy rivojlanishida boshqaruvning asosan ikki shakli – monarxiya va respublika usullari mavjud. Respublika boshqaruvio‘znavbatidaparlamentarvaprezidentlikrespublikalariko‘rinishlarigaega.
Do'stlaringiz bilan baham: |