Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari sifatida qonun osti hujjatlari.
Mamlakatimizda shakllangan uzluksiz ta’lim tizimining yuqori bosqichi bo‘lmish oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, yuqori malakali mutaxassis va kadrlar tayѐrlash sifatini oshirish maqsadida ularning faoliyatini takomillashtirish ehtiyojini haѐtning o‘zi taqozo etmoqda. Shu borada ko‘zlangan rejalarni amalga oshirish va ularni moliyalashtirish uchun,
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 2017 yil 16 fevraldagi № 4958 - sonli Farmoni Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish samaradorligini oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. 2. 27.07.2017 yildagi ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish ―"Iste’dod" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi № PF-5121 Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish ―Iste’dod jamg‘armasining nomi ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etish ―Iste’dod jamg‘armasi deb o‘zgartirildi. Quyidagilar Jamg‘arma faoliyatining asosiy vazifalari va maqsadli yo‘nalishlari etib belgilandi: - ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, yuqori texnologiyalarning yangi yutuqlarida ishtirok etish, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yangi kasbga, ta’limga va amaliѐtga yo‘naltirilgan dasturlarni o‘zlashtirish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, ta’lim muassasalarining yuksak intellektual-ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan pedagog va ilmiy kadrlarini rivojlangan davlatlarning еtakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish; - iqtisodiyot tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining hozir va kelajakda yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiѐjini inobatga olgan holda ta’minlash uchun tanlov asosida saralab olingan oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini, shuningdek, respublika iqtisodiѐti tarmoqlarining malakali kadrlarini dunѐning rivojlangan mamlakatlaridagi еtakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha tayyorlashni tashkil etish; - chet ellardagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va izchillik bilan rivojlantirish orqali oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlarining o‘quv jaraѐnlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; - vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga ular tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga tavsiya qilinayotgan nomzodlarni Jamg‘arma bazasida dastlabki tayyorlashni tashkil qilishda ko‘maklashish; - iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalarining istiqbolli mutaxassislari, pedagoglari, ilmiy kadrlari va iqtidorli ѐshlarning ilmiy-pedagogik va intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni egallashlari uchun ularning nufuzli xalqaro simpoziumlar, anjumanlar, olimpiadalar va tanlovlarda ishtirokini tashkil etish; - chet elda malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan mutaxassislar, ilmiy pedagog kadrlar, shuningdek, magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olganlar (keyingi o‘rinlarda – stipendiatlar) hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida anjumanlar, seminarlar, mahorat darslari, trening va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali ilg‘or xorijiy tajriba hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish va ommalashtirishni ta’minlash; - kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, shuningdek, yangi, istiqbolli faoliyat sohalarida, shu jumladan, sifatli kadrlar va resurslar zaxirasini yaratish va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ta’lim jarayonlarini har tomonlama rag‘batlantirish orqali zamonaviy materiallar va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida eng yuqori darajada samarali faoliyat olib borishlarini ta’minlash maqsadida stipendiatlarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish; - iqtisodiyotning turli tarmoqlari, davlat va jamoat tuzilmalaridagi respublikaning istiqbolli mutaxassislari, pedagog va ilmiy kadrlarining xorijda malaka oshirish, stajirovka o‘tash va ta’lim olish natijasida egallagan zamonaviy ilg‘or bilim va ko‘nikmalarini ularning kelgusidagi mehnat, pedagogik va ilmiy faoliyatining tizimli monitoringini olib borish orqali amaliѐtga joriy etilishini ta’minlash; - stipendiatlarni respublika oliy ta’lim muassasalari, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayѐrlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv jarayonlariga izchil jalb etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2017 yil “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risidagi № PQ-3274 sonli Qarori qabul qilindi. Quyidagilar Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari etib belgilandi: - umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish; - o‘quvchilarda dasturlash asoslarini, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi ko‘nikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish; - yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan pedagoglarni jalb etgan holda o‘quvchilarning yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash; - o‘quvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro e’tirof etilgan sertifikatlar olishga tayyorlash; - o‘quv jarayonining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida 10–11-sinf o‘quvchilarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi еtakchi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashlarini tashkil etish. 4. ―Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va ―Astronomiya va aeronavtika bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi PQ-3275-son qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xalq ta’limi vazirligining Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti (keyingi o‘rinlarda – Astronomiya instituti) qoshida 200 o‘quvchi o‘rni va 150 o‘rinli turar joyiga ega bo‘lgan, matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini tashkil etish taklifiga rozilik berildi. 5. ―Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston ѐshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, №PF-5106, 5 iyul 2017 yil. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, elyurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari ѐsh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan holda, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga ―Temurbeklar maktabi nomi berildi. 6. Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalarini, ilm-fan va adabiѐtga bo‘lgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida:
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ―Turkiston va ―Molodyoj Uzbekistana gazetalari, ―Yosh kuch jurnali hamda boshqa yoshlar nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan ―Yoshlar nashriyoti uyi tashkil qilindi; - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda ―Qizlarjon jurnalini ta’sis etildi. Yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida ―Mard o‘g‘lon davlat mukofotini ta’sis etildi; - yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o‘qish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan ѐshlarni taqdirlash maqsadida ―Kelajak bunyodkori medalini ta’sis etildi. Jahon intellektual mulk tashkiloti va еtakchi xalqaro biznes-maktablardan biri — ―INSEAD‖ tomonidan inson kapitalining taraqqiѐt darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 141 mamlakat orasida 53-o‘rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha esa dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi. Ta’limni isloh qilishning ―o‘zbek modeli bugun olimlar tomonidan nazariy o‘rganilmoqda, nufuzli tashkilotlar tomonidan boshqa mamlakatlarga namuna sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu muhim maqsadlar yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va uning eng yaxshi yutuqlarini davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiѐt tarmoqlarida tatbiq etish asosida jiddiy qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish zaruratini taqozo etadi. Shuningdek ta’lim-tarbiya sohasini isloh qiish va takomillashtirish maqsadida 7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risidagi”gi PF-5466-sonli farmoni 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori. 9. «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son Farmoni. 10. «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538 sonli Farmoni. 12. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida». O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrdagi PF-5545-sonli Farmoni qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |