O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi ―Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 187-son qarori qabul qilindi.
2. Umumiy o‘rta ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 15 mart kuni 140-sonli ―Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida‖gi nizomni tasdiqladi. Ushbu nizom 10 ta bob, 85 banddan iborat. 1-bob. Umumiy qoidalar 7 ta band (1-7) 2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari 3 ta band (8-10) 3-bob. Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish 13 ta band (11-23) 4-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni 15 ta band (2438) 5-bob. Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish 11 ta band (39-49) 6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish 5 ta band (50-54) 7-bob. Pedagog kadrlarni tayѐrlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta band (55-59) 8-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish 10 ta band (60-69) 9-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti 11 ta band (70-80) 10-bob. Yakuniy qoidalar 5 ta band (81-85). 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasasi) faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. 2. Umumiy o‘rta ta’limning muddati 9 yil bo‘lib, uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining ―Ta’lim to‘g‘risida‖gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi qonunlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2018 yil 8 dekabrdagi 997-sonli, 4. 2018 yil 10 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №349-sonli, 5. 2020 yil 6 iyuldagi "Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida "Tarbiya" fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish to’g’risida"gi №422 sonli Qarorlari qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining №422 sonli Qaroriga asosan "Tarbiya" fani Konsepsiyasi doirasida darslik va o’quv-metodik majmualar yaratish Respublika ta’lim markazi tomonidan muvofiqlashtirilishi, 2020-yil iyul oyi davomida 2020-2021-o’quv yiliga umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 1-9-sinflari uchun hamda 1-dekabrga qadar 2021-2022-o’quv yiliga 10-11-sinflar uchun mo’ljallangan "Tarbiya" fani bo’yicha darsliklar va o’quv-metodik majmulara yaratish vazifasi belgilab berildi.